Nazariy mashgulotlar mazmuni



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə16/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

statistikasi
Reja:

  1. Axborot-kutubxona muassasalari tashkiliy tuzilishi, bo’lim turlar

  2. Axborot-kutubxona faoliyatini rejalashtirish.

  3. Axborot-kutubxona faoliyatini statistikasi.

Tayanch iboralar: tashkiliy tuzilma, rejalashtirish, boshqarish, statistika, xizmat ko’rsatish, ishlov berish, nisbiy miqdor, axborot-kutubxona fondi, axborot-kutubxona xizmati.

  1. Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy tuzilishi, bo„lim

turlari
Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy tuzilishi deyilganda undagi bo„linmalar yig„indisi, ularning birgalikdagi tobeligi va o„zaro munosabatlari, ular o„rtasidagi vazifalarni taqsimlanishi tushuniladi. Tashkiliy tuzilish kutubxona va axborot muassasasining turi va uning vazifalari, kitob fondining xajmi, xarakteri va boshqa omillarga bog„liq. Kutubxona bo„limlarini turli maqsadda - kitobxonlarning turli guruxlariga xizmat ko„rsatish maqsadida, bosma va boshqa turdagi materiallarni har xil turlari bilan ishlash yoki adabiyotlarning ayrim soxasini targ„ib qilish va boshqa maqsadlarda tashkil qilish mumkin.
Yirik kutubxonalarda kutubxona bo„limlari to„rt turga bo„linadi:

  1. Kitobga ishlov berish yoki kitobxonlarga xizmat ko„rsatish jarayonida ayrim vazifalarni bajaradigan funktsional ( vazifali) bo„limlar.

  2. Bosma va boshqa turdagi materiallarning maxsus turlarini to„ldirish va ularga ishlov berish bilan bog„liq bo„lgan barcha vazifalarni bajaruvchi kompleks bo„limlar.

  3. Kitobxonlarga fan soxalar yoki san’atning ma’lum soxasi bo„yicha adabiyotlar bilan xizmat ko„rsatuvchi soxaviy bo„limlar.

  4. Kutubxonaning o„z shoxobchalariga xizmat ko„rsatuvchi tarmoq bo„limlar.

Shuningdek yirik kutubxonalarda ma’muriy- xo„jalik va yordamchi bo„limlar ham mavjud bo„ladi.
Funktsional bo„limlarga - komplektlash, ishlov berish, kitob saqlash, bibliografiya, xizmat ko‘rsatish, o„quv zali, abonement, ommaviy ishlar, kutubxonalararo abonement bo„limlari kiradi.
Kompleks bo„limlarga- noyob kitoblar, qo„lyozmalar, chet el adabiyotlari, musiqa-nota bo„limlari kiradi.
Soxaviy bo„limlarga - texnika va patent adabiyotlari, qishloq xo„jaligi, san’at bo„limlari kiradi.
Tarmoq bo„limlariga - ilmiy- uslubiy, ilmiy- tadqiqot, marketing , nashriyot, kitob almashuv fondi, madaniyat va san’at bo„yicha axborot bo„limlari kiradi.
Ma’muriy -xo„jalik bo„limlariga - kotibiyat, xisobxona, devonxona, kadrlar bo„limi kiradi.
Yordamchi bo„limlarga -bosmaxona, muqovalash ustaxonasi, durodgorlik ustaxonasi, fotolaboratoriya, kompyuter xonasi kiradi.
Amaliyotda turli xil kutubxona tuzilishlari uchraydi. Ularning asosiylari: guruxli, lingivistik ( til bo„yicha), shakliy, soxali, funktsional ( vazifali) va kombinatsiyalangan (qurama).

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin