Nazariy mashgulotlar mazmuni


Boshqaruvda ilmiylik printsipi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə14/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

Boshqaruvda ilmiylik printsipi - boshqaruvning barcha tizimini keyingi yillarda boshqaruv, axborot va kutubxonashunoslik fanida erishilgan yutuqlar asosida tashkil etishni bildiradi. Ilmiy boshqarishda kutubxona-axborot faoliyatini rivojlanish qonuniyatlarini, jamiyatni rivojlanishini ob’ektiv tendentsiyalarini xisobga olish va ob’ektiv ravishda paydo bo„lgan xolatga ko„ra va istiqbolni e’tiborga olgan xolda qaror qabul qilish talb etiladi.
Boshqaruvchilar va boshqariluvchilar tizimining o„zaro mutanosibligi printsipida muxim omil boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimning o„zaro mutanosibligi boshqaruv mexnatini texnika vositalari bilan ta’minlanganligidadir. Xozirgi vaqtda kutubxonalarni kompyuterlashtirish jarayoni, ularni elektron vositalar bilan ta’minlanayotganligi ketayotgan bir vaqtda, boshqaruv mexnatini kutubxona-axborot faoliyatini texnika vositalari bilan ta^minlanganligidan orqada qolib ketmasligi juda muxim axamiyat kasb etadi.Shunga erishish kerakki, kutubxona-axborot faoliyati va boshqaruv mexnatini texnika bilan ta’minlanganlik darajasi o„zaro mutanosib bo„lishi kerak.
Axborot-kutubxona faoliyatini boshqarishda siyosiy yondoshuv printsipi boshqaruvda O„zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida qayd etilgan, axborot-kutubxona muassasalari fondlarida to„plangan axborot va madaniy boyliklardan barcha fuqorolarni foydalanishi uchun sharoit yaratishda o„z aksini topadi. Siyosiy yondoshuv ayniksa kutubxona fondlarida iste’molchilarni siyosiy, iktisodiy reforma, bozor munosabatlariga o„tishga oid adabiyotlar bilan komplektlashda juda ham zarur. Siyosiy yondoshuv printsipi, davlat siyosatiga oid adabiyotlarni targib qilishda ham namoyon bo„ladi.
Axborot-kutubxona faoliyatini mintaqaviy va soxaviy boshqaruvini bir- biriga optimal mosligi printsipi. Kutubxona va axborot muassasalarining tarixiy taraqqiyoti mintaqaviy printsip asosida rivojlangan. Shu bilan birga, mintaqada turli korxonalarni, ilmiy muassasalarni yaratilishi soha kutubxonalarini va ilmiy- axborot organlarini ochilishini talab qila boshladi. Shunday qilib, mamlakatda ommaviy kutubxonalar bilan bir qatorda halk hujaligini turli soxalariga xizmat ko„rsatuvchi maxsus kutubxonalar ham paydo bo„la boshladi. Lekin hayot axolini talablari va qiziqishlarini qondirish uchun mavjud kutubxona resurlaridan maksimal darajada foydalanish talabini kuydi. Bu yerda qarama- qarshiliklar paydo bo„la boshladi: idoralar o„z sohalari mutaxassislari va xizmatchilariga yaxshi xizmat ko„rsatish tarafdori bo„lsalar, mintaqaviy boshqaruv organlari regionda mavjud bo„lgan kutubxonachilik resurslaridan axolini axborotga va kitobga bo„lgan talablarini maksimal darajada qondirish tarafdoridirlar.
Mintakaviy va soxaviy boshqaruvning bir- biriga optimal mosligi- bu qarama- qarshiliklarni hal qilishning yagona yo„lidir.Bu ob’ektiv ravishda paydo bo„lgan va kutubxonachilik ishini boshqarishning aktual muammolaridan biridir. Muammoni hal etishning yagona yo„li, mintaqada soxa xodimlari va barcha axolini adabiyotga va axborotga bo„lgan talablarini qondirishni ko„zda tutuvchi kutubxona-axborot faoliyatini rivojlantirishning kompleks rejasini ishlab chikishdir.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin