Rejani bajarilishi ko„rsatkichlari - kutubxona faoliyati natijalarini baholash uchun muxim mezon. Rejalari ilmiy asoslangan va me’yor bo„yicha xisoblangan, umumiy ish rejalari ketma-ketlikda, me’yor-soatlari xisoblab chiqilgan kutubxonalarnigina ob’ektiv aniqlikka ega deb xulosa qilish mumkin (monandligi va faktik bajarilgan ishlar hajmi).
Rejaning bajarilish foizlari(R.b.f.) bir soatda bajarilgan ishlar hajmini (B.s.b.i.x.) reja bo„yicha bir soatdagi ishlar hajmiga (R.b.b.s.i.x.) bo„lish orqali xisoblanadi:
B.s.b.i.x.
R.b.f=
R.b.b.s.i.x.
Kitob fondining o„rtacha ko„rsatkichlari Kitob fondlari statistikasining asosiy o„rtacha ko„rsatkichlari bu kitob aylanishi va kitob bilan ta’minlanishdir. Kitob fondini aylanishi ( Kfa), ya’ni fond birligiga to„g„ri keladigan o„rtacha kitob berilishi miqdori yil ichida berilgan kitoblar miqdorini (Bk) yil oxirida mavjud bo„lgan kitoblar, broshyuralar, jurnallar va boshka materiallar miqdoriga (F ) bo„lish orqali xisoblanadi:
Bk
Kfa=
F
Aylanish ko„rsatkichi kitob boyligidan foydalanganlik darajasini ko„rsatadi. Bu kitob fondining kitobxonlar qiziqishiga mos kelishi to‘g‘risda hamda kutubxonaning kitob bilan ishlash darajasi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin bo„lgan yetakchi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan biridir.
Yirik kutubxonalarda ularda kam so‘raladigan adabiyotlar mavjudligi tufayli, aylanish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lmaydi. Kitob fondining ayrim bo‘limlari aylanishini taxlil qilish uchun mazkur bo‘limdagi kitob berilish miqdorini kitoblar miqdoriga bo‘lish kerak.
Kitob bilan ta’minlanganlik(Kbt), ya’ni ro‘yxatdagi bir kitobxonga to‘g‘ri keladigan kitoblarning o‘rtacha miqdori, kutubxonada yilning oxirida mavjud bo‘lgan kitob fondi miqdorini (F) ro‘yxatdagi kitobxonlar (K) soniga bo‘lish bilan xisoblanadi:
F
Kbt=
K
Bu ko‘rsatkichni kitob o‘qilishi darajasini aylanish ko‘rsatkichlariga bo‘lish yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Kitob bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi kitob fondining kitobxonlar soniga nisbatan miqdorini, ya’ni uning yetarliligini ko‘rsatadi. Ana shu ko‘rsatkich bo‘yicha foydalanish uchun kitoblar yetarli yoki yetarli emasligini bilish mumkin. Shuni unuimaslik lozimki, kitob bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi aylanish ko‘rsatkichiga teskari proportsionaldir: ulardan biri qancha baland bo„lsa, boshqasi shuncha past bo„ladi. Demak, juda yuqori bo„lgan kitob bilan ta^minlanganlik ham aylanish pastligi kabi yaxshi xodisa emas. Quyidagi mulohazalarga ko„ra ommaviy kutubxonalar uchun bitta kitobxonga 10-12 dona kitobning to‘g‘ri kelishi kitob bilan normal ta^minlanganlikni tashkil qiladi: kitobxon abonementdan bir vaqtning o‘zida 5 tagacha kitob olish xuquqiga ega, ayni vaktda kitobxonlar tanlab olishi uchun kitob javonida doimo shuncha kitob bo‘lishi kerak.