tashkiliy tuzilmasini yaratish Ishdan maqsad: Axborot kutubxona muassasalarini o’rganish va ular uchun avtomatlashtirish holatini aniqlash. Chet el mamlakatlari axborot-kutubxona muassalarini o’rganish va tahlil qilish. Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona uchun tashkiliy tuzilma yaratish.
Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy tuzilishi, bo„lim turlari Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy tuzilishi deyilganda undagi bo„linmalar yig„indisi, ularning birgalikdagi tobeligi va o„zaro munosabatlari, ular o„rtasidagi vazifalarni taqsimlanishi tushuniladi. Tashkiliy tuzilish kutubxona va axborot muassasasining turi va uning vazifalari, kitob fondining xajmi, xarakteri va boshqa omillarga bog„liq. Kutubxona boTimlarim turli maqsadda -
kitobxonlarning turli guruxlariga xizmat ko„rsatish maqsadida, bosma va boshqa turdagi materiallarni har xil turlari bilan ishlash yoki adabiyotlarning ayrim soxasini targ„ib qilish va boshqa maqsadlarda tashkil qilish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi va rivojlangan chet el mamlakatlarida elektron kutubxonalarning tashkiliy ta’minotini yaratishga qaratilgan ishlar tahlili 1991 yili Buyuk Britaniyada "Elektron kutubxona" dasturining ishga tushirilishi munosabati bilan unga dastlab "Kutubxona, elektron kutubxona deyiladi, agarda uning fondidagi hujjatlaming katta qismi elektron shaklga o’tkazilgan bo'lsa" degan ta'rif berilgan. Bu ta'rifdan ko'rinadiki, to'liq avtomatlashtirilgan kutubxona "Elektron kutubxona" bo'lishi mumkin ekan.
AQSh Massachuset universitetidan Vil'yam Adams o"zining kitobida EKga "Servislarga mos axborotlarning boshqariladigan kolleksiyasi, bunda axborot raqamli shaklda saqlanadi va unga kirish tarmoq orqali amalga oshiriladi" deb ta'rif bergan.
Bugungi kunga kelib, bir qancha rivojlangan mamlakatlarda milliy kutubxonalar zamonaviy tashkiliy ta’mmotmmg holati uchun optimal elektron kutubxona tashkiliy ta’mmot modellarini yaratish yoTga qo’yilgan. Jumladan, Britaniya milliy kutubxonasi, Germaniya milliy kutubxonasi, Rossiya davlat kutubxonasi va Rossiya milliy kutubxonasi, AQSh Kongres kutubxonasi, Latviya milliy kutubxonasi o’zmmg elektron kutubxonasini yaratishda tashkiliy ta’mmotm, shakl va uslublarini ishlab chiqish va elektron kutubxonalarga uchun optimal tashkiliy ta’minotni qoTlash borasida quyidagi bosqichma bosqich ishlar amalga oshirilmoqda:
kutubxona elektron katalogiga kirishni va elektron axborot-resurslarini qidiruv tizimi orqali olishni mukammal darajada rivojlantirish;
kutubxona foydalanuvchilari uchun ko’pfunksiyali kutubxona xizmatlarim kengaytirish;
axborot texnologiyalarini qo’llagan holda elektron kutubxona fondiga kirishni ta’minlash;
Yuqorida keltirib o’tilgan tahlil natijalariga qo’shimcha tarzda, Kaliforniya elektron kutubxonasining tashkiliy ta’minotini shakl va uslublarini shakllantirish hamda yaratishda amalga oshirilgan ishlarni ko’rish mumkin.
Kaliforniya elektron kutubxonasining tashkiliy ta’minoti Kaliforniya elektron(raqamli) kutubxonasiga 1997 yil Kaliforniya universitetida yangi texnologiyalarni tadbiq etgan holda raqamli axborotlarga kirishni va ularni chop etishni ta’minlash maqsadida asos solingan[29].Boshqa Kaliforniya universitet kutubxonalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritish davomida jahondagi eng yirik ilmiy raqamli kutubxonalardan biriga aylandi vafakultetlar, talabalar hamda tadqiqotchilar uchun axborotga kirish imkoniyatini yaratdi.
Kaliforniya universitet kutubxonalari bilan hamkorlik natijasida Kaliforniya elektron kutubxonasi o’z foydalanuvchilariga bosma va onlayn axborot resurslarni taqdim etish yodida avtomatlashtrilgan axborot kutubxona tizimini ishlab chiqdi. Melvyl Catalog tizimi asosida mamlakatdagi eng katta hajmdagi onlayn katalogga ega bo’lgan elektron kutubxona tashkil etildi. Bu orqali Kaliforniya universitet kutubxonalari o’rtasida axborotlar va xizmatlarni ayirboshlash uchun sarlanadigan million dollarlik harajatlarni saqlab qolishga erishildi. Kaliforniya elektron kutubxonasi keng miqyosdagi madaniy boyliklarni, muzey va kutubxonalar xazinasini butun dunyoga taqdim etish maqsadida bir qancha kampuslar bilan birgalikda faoliyat yuritib kelmoqda.