Nazariy mashgulotlar mazmuni


Tashkilot - menejment ob’ekti sifatida



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə8/56
tarix28.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#168653
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Axborot-kutubxona menejmnti uslubiy qo`llanma

Tashkilot - menejment ob’ekti sifatida.

Menejment inglizcha so‘z bo‘lib, boshqaruv ma’nosim anglatadi. U har qanday tashkilotlarda band bo‘lgan kishilarga rahbarlik qilish, ularni boshqarish faoliyatidir. Menejment deganda ma’lum maqsadlarga erishish yo‘lida odamlarni hatti - harakatini tashkil qilish va tartibga solish faoliyati tushuniladi. Oddiy qilib aytganda, menejment - tashkilot oldiga qo‘yilgan maqsadlarga boshqa odamlarni mehnatini, qobiliyatlarini, intellektini, xarakat motivlarini qo‘llagan xolda erishish demakdir. Menejment shuningdek boshqaruv borasidagi vazifalarni amalga oshirishga yordam beruvchi insoniy bilimlar doirasidir. Va nixoyat, menejment boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi alohida kishilar toifasi - menejerlar majmuasi sifatida ham tushunish mumkin.
Boshqarnv ijtimoiy rivojlamshnmg ob’ektiv zarur elementidir. Har qanday jamoa faoliyati boshqaruvsiz, tartib belgilash, faoliyatini tashkil qilish, kishilar orasida ma’lum munosabatlarni yuzaga keltirishsiz, hamda turli tashkilotlarni ishini kelishtirishsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Demak, boshqaruv tashkiliy, ma’muriy, ijtimoiy- psixologik jixatlarga ega bo„lib, korxona, alohida tashkilot, tarmoq, tizimlarni maqsadga muvofiq tarzda funktsiya qilishini ta’minlaydigan alohida faoliyat.
Har qanday boshqaruvning ob’ekti bu biron- bir tashkilotdir. Har qanday tashkilotga uning xajmi, qanday doirada faoliyat ko„rsatishi va qanday vazifalarni hal qilishidan qat’iy nazar, umumiy xos jixatlar mavjud. Har qanday tashkilotning asosini tashkil qiluvchi elementlar: tashkilot faoliyatini amalga oshiruvchi
odamlar, tashkilot hal qilishi lozim bo„lgan maqsadlar va shuning uchun yaratilgan metodlar, hamda ushbu qo„yilgan maqsadlarga erishish uchun tashkilotni xarakatga keltiruvchi va jamlovchi boshqaruvchilar mavjud. Tashkilotni ushbu umumiy tashkil etuvchilaridan kelib chiqib quyidagicha ta’rifini berish mumkin.
Tashkilot - bu bir umumiy maqsadni ko„zlab xarakat qiluvchi kishilar xarakatini sistemalashgan, ongli ravishdagi birlashuvidir.
Tashkilotlar rasmiy, norasmiy, oddiy va murakkab bo„lishi mumkin. Rasmiy tashkilotlar o„zini rasmiy hukukiy statusiga ega. Norasmiy tashkilotlar esa o„z doirasiga kishilarni qiziqishlari, diniy, madaniy va boshqa extiyojlari bo„yicha birlashtirib turadi. Norasmiy tashkilotlar ijtimoiy, diniy va x.k jixatlarga ega bo„lib rasmiy tashkilot doirasida ham bo„lishi yoki bir necha rasmiy tashkilotlar a’zolarim birlashtirishi ham mumkin.
Murakkab tashkilotlar o„z oldilariga bir emas, balki bir necha maqsadlarni qo„yishlari, murakkab strukturaga ega bo„lishi va bir vaqtni o„zida juda ko„p xil maxsulot va xizmatlar bo„yicha bir necha bozorlarga qarata ish olib borishlari mumkin.
Oddiy tashkilotlar bir yoki aniq chegaralangan maksadlar doirasini tanlab, bir- ikki maxsulot turi va bir bozorga moslashib nisbatan uncha murakkab bo„lmagan tuzilmaga ( strukturaga) ega bo„lishi mumkin.
Hamma tashkilotlarga xos umumiy tavsiflar mavjud bo„lib, bular:
-resurslar, ya’ni odamlar, kapital, materiallar, texnologiya, axborot;
-tashqi muhitga bog„liqligi;
-har xil funktsiyalar, ya’ni o„ziga xos faoliyat turi bilan farqlanib turadigan, bloklar, bo„limlar, qismlardan iboratligi;

  • vertikal mehnat taqsimoti;

  • boshqaruvning zarurligi.

Tashkilotni boshqarish- tashkilotni doimiy ravishda o„zgarib boradigan ichki va tashqi sharoitga moslashib borishidir. Bu fikr zamonaviy menejment metodologiyasining asosini tashkil etadi.
Menejmentdagi barcha funktsiyalami moxiyati jihatidan to‘rta umumiy funktsiyaga keltirish mumkin. Bular rejalashtirish, tashkil qilish, motivatsiya va nazorat. Birgalikda bu funktsiyalarni uzluksiz ketma- ketligi menejment tsiklini tashkil qiladi. O„z navbatida har bir funktsiya uni tashkil qiluvchi bosqichlar, xarakatlar majmuidan iborat.


  1. Yüklə 0,91 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin