Nazariy qism: Jismoniy harakatning yurak va qon tomir tizimiga taʼsirini oʻrganish



Yüklə 274,17 Kb.
səhifə4/5
tarix14.05.2023
ölçüsü274,17 Kb.
#113455
1   2   3   4   5
2-Amaliy

Koʻrish maydonini aniqlash
Koʻz bir nuqtaga qarab turganda, atrofdagi koʻzga koʻrinayotgan maydoni, koʻrish maydoni deb ataladi. Odamlarda koʻrish maydoni har xil boʻlib, bu koʻz formasiga, uning joylanish chuqurligiga, qosh va burunning shakliga hamda toʻr qavatning funksional holatiga bogʻliq. Rangli (xromatik) va rangsiz (axromatik) koʻrish maydoni farqlanadi. Axromatik koʻrish xromatik koʻrish maydonidan katta boʻladi, chunki axromatik koʻrish toʻr qavatning asosan chet (periferik) joylashgan tayoqchalarning faoliyati bilan bogʻlangan. Har xil ranglar uchun koʻrish maydoni bir xil boʻlmay, balki sariq rang uchun eng katta, yashil rang uchun esa eng tor.
Axromatik koʻrish maydonining chegarasi quyidagicha: tashqaridan - 100° gacha, ichki va yuqoridan — 60° va pastdan - 65°.



Axromatik va xromatik koʻrish maydonining penmetrik surati. Shartli belgilar: 1) oq-qorani koʻrish maydoni; 2) sariq rang uchun koʻrish maydoni; 3) koʻk rang uchun koʻrish maydoni; 4) qizil rang uchun koʻrish maydoni; 5) yashil rang uchun koʻrish maydoni.

Koʻrish maydoni Forster perimetri yordamida aniqlanadi. Perimetr yorugʻlik qarshisiga oʻrnatiladi. Tekshiriluvchi yorugʻlikka nisbatan orqa tomoni bilan oʻtirgach, perimetr shtativining oʻyilgan joyiga iyagini qoʻyadi. Agar chap koʻzning koʻrish maydoni aniqlanadigan boʻlsa, iyak taglik (podstavka) ning oʻng qismiga qoʻyiladi. Taglikning balandligi shunday boshqariladiki, bunda koʻz kosasining pastki chegarasi shtativning yuqori chegarasiga toʻgʻri keladi. Tekshiriluvchi nigohi perimetr markazidagi oq nuqtaga qaratilgani holda, ikkinchi koʻz qoʻl bilan yopilishi kerak.


Perimetr yoyi gorizontal holatga qoʻyilib, oʻlchash boshlanadi. Buning uchun oq marka yoyning ichki yuzasi boʻylab 90° dan 0° ga tomon sekin olib kelinadi va tekshiriluvchi oq nuqtaga qarab turgani holda markani koʻrayotganini aytishi kerak. Tekshiruvchi toʻgʻri kelgan burchakni aniqlab, ikkinchi marta yana tekshiradi. Koʻzning qancha koʻp meridiani boʻyicha koʻrish maydoni aniqlansa, shuncha u aniq boʻladi.
Bu usulni egallab olish uchun 2 ta asosiy meridian: gorizontal (tashqi, ichki) va vertikal (yuqori, pastki) boʻyicha aniqlash bilan chegaralanish mumkin.
Oq marka rangli markaga almashtirilib, yuqoridagi usulga asosan rang koʻrish maydoni aniqlanadi va tekshiriluvchi faqat markani koʻrmasdan, balki uning rangini ham aniq bilishi kerak. Koʻrish maydonini koʻk yoki bir necha ranglarda aniqlash mumkin.
Koʻrish maydonining chegaralari:

Yoʻnalishi

Koʻrish maydonining oq rangga

Gradusdagi kattaligi yashil rangga

Yuqoridan







Pastdan







Tashqaridan







Ichkaridan







Olingan natijalarga asoslanib, 2 ta rang uchun koʻrish maydonini chizing, oq va yashil ranglar uchun koʻrish maydonini taqqoslang va ular oʻrtasidagi farqlar sababini tushuntiring.



Yüklə 274,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin