359
IX –BOB. GIDROKREKING VA GIDROTOZALASH JARAYONINING
SANOTDAGI QURILMALARI
9.1. Dizel yoqilg‗isi distillyatini gidrotozalash qurilmasi
Qurilma dizel yoqilg‗isi distellyatini gidrotozaalsh uchun mo‗ljallangan,
uning texnologik sxemasi 9.1-rasmda keltirilgan. Qurilmaning tarkibiga: reaktor
bloki, pech va bir reaktordan tashkil topgan, gidrotozalangan mahsulotni
barqarorlashtirish tizimlari, sirkulyatsiya gazidan vodorod sul‘fidni
chiqarish
hamda distillyatni vodorod sul‘fiddan yuvish bloklari kiradi. Jarayon barqaror
alyumin-kobal‘t-molibden katalizatorining qatlamida olib boriladi.
Nasos (1) yordamida beriladigan xomashyo vodorod tarkibli gaz bilan
aralashadi, kompressor (16) yordamida haydaladi. Issiqlik almashtirgichlarda (6
va 4) qizdirilgandan keyin va zmeyevikda quvurli pechda (2) aralashma 380-
425°Сda reaktorga (3) kirib keladi. Reaktorga kirishdagi va undan chiqishdagi
harorat farqi 10°С dan oshmasligi kerak.
Reaksiya mahsulotlari issiqlik almashtirgichlarda (4,5 va 6) 160°Сgacha
sovitiladi, xom gaz aralashmasi va barqarorlashtirish kolonnasini xomashyosi
bilan bir vaqtda qizdiriladi. Gaz mahsulotlarini aralashmasini sovutishni davom
ettirish havoli sovutish apparatida (7)
amalga oshiriladi, juda sovutish esa
(taxminan 380S gacha) - suvli sovutgichda (8) bajariladi.
Nobarqaror gidrogenizat sirkulyatsiya gazidan yuqori bosimli ajratgichda
(9) ajratiladi. Ajratgichdan gidrogenizat pastga olib chiqiladi, issiqlik
almashtirgichdan (10) o‗tadi, u yerda taxminan 240°Сgacha
qizdiriladi, undan
keyin – issiqlik almashtirgichga (5) va barqarorlashtirish kolonnasiga (11) kirib
keladi.
Ba‘zi bir gaz mahsulotlarini aralashmasini ajratish yuqori haroratli
qurilmalarda olib boriladi. Bunday sharoitda aralashma 210-230°С haroratda
yuqori bosimli
qaynoq ajratgichda ajratiladi; ajratgichdan chiqib
ketadigan
suyuqlik barqarorlashtirish kolonnasiga kirib keladi, gazlar va bug‗lar esa-havoli
sovutish apparatlarida sovitiladi. Hosil bo‗lgan kondensat gazdan sovuq
ajratgichda ajratiladi va barqarorlashtirish kolonnasiga yo‗naltiriladi [4].
361
Sirkulyatsiya vodorod tarkibli gaz absorberda (18) vodorod sul‘fiddan
monoetanaminni suvli eritmasi bilan tozalangandan keyin kompressor (16)
yordamida tizimga qaytariladi.
Kolonnaning (11) pastki qismidan suv bug‗i kiritiladi. Benzin bug‗lari,
gaz va suv bug‗i kolonnadan chiqishda 135°С ga yaqin haroratda havoli
sovutish apparatiga (12) kirib keladi va gaz-suyuqlik
aralashmasi ajratgichda
(13) ajralishni davom ettiradi. Benzin ajratgichdan (13) nasos (15) yordamida
kolonnaning yuqori qismiga sug‗orish sifatida beriladi, uning balans miqdori esa
qurilmadan chiqariladi. Uglevodorod gazlari absorberda (22) vodorod
oltingugurtdan tozalanadi. Kolonnaning pastki qismiga (11) ketadigan
gidrotozalangan mahsulot issiqlik almashtirgichda (10), havoli sovutish
apparatida (14) ketma-ket sovitiladi va 50
о
С haroratda qurilmadan chiqariladi.
Qurilmada gaz - havo aralashma katalizatorini 2-4 MPa bosimda va 400-
550°С haroratda regeneratsiya qilish uchun tizim mavjuddir. Katalizator
regeneratsiya qilingandan keyin 550°С haroratda va gaz-havo aralashmasi 2
MPa bosimda chug‗ qilib qizdiriladi, keyin esa tizim inert gazi bilan tozalanadi.
Dostları ilə paylaş: