362
foydalanishda
reaksion
tizimidagi
gidrotozalash,
gidrirovkalash
va
gidrokrekinglash birlashtiriladi. Xomashyoni gidrotozalash va gidrirovkalash
ikki pog‗onali jarayonda birinchi pog‗onasida olib boriladi,
gidrokreking esa -
ikkinchi pog‗onasida. Bunday holatda og‗ir xomashyoni boshqa mahsulotga
aylanishi juda chuqur olib boriladi.
Gidrokreking uchun alyumin-kobal‘t-molibdenli katalizatorlarni qo‗llash
keng tarqalgan hamda birinchi pog‗onada-oksidlar yoki nikel‘ sul‘fidi, kobal‘t,
vol‘fram va ikkinchi pog‗onada esa-seolit tarkibli platinali katalizatorlar.
Gidrokreking jarayoni-ekzotermik bo‗lib, reaktorning balandligi bo‗yicha
xomashyo
aralashmasini
haroratini
tenglashtirish
uchun
katalizator
qatlamlarining oraliq zonalariga sovuq vodorod tarkibli gazni kiritish oldindan
mo‗ljallanadi.
Gidrokreking texnologik qurilmasini odatda ikki o‗qli bloklardan
tuzilgan: bir yoki ikki reaktorni
birlashtirgan reaksiya bloki, har xil songa ega
bo‗lgan distillyatsiya kolonnasining-fraksiyalash bloki (barqarorlashtirish, suyuq
mahsulotlarni fraksiyalash, fraksiyalovchi absorber va bosh.) Bundan tashqari
gazlarni vodorod sul‘fiddan tozalash bloki mavjud. Qurilmaning quvvati 13000
m
3
/kun yetishi mumkin.
Bir pog‗onali gidrokrekingni barqaror
katalizator qatlamli vakuum
gazoyldan dizel yoqilg‗isini olishning texnologik sxemasi 9.2-rasmda
keltirilgan. Nasos (1) bilan beriladigan xomashyo yangi vodorod tarkibli gaz va
sirkulyatsiya gazlari bilan aralashadi, ya‘ni kompressor (8) bilan haydaladi. Gaz-
xomashyosini aralashmasi issiqlik almashtirgich (4) va zmeyevik pechidan (2)
o‗tadi, reaksiya haroratigacha qizdiriladi va reaktorga (3) yuqori qismidan
kiritiladi.
Gidrokreking jarayonida ko‗p issiqlik ajralib chiqishini hisobga olgan
holda reaktorga katalizator qatlamining oralig‗i zonasiga sovuq vodorod tarkibli
(sirkulyatsiyalanadigan) gaz kiritiladi va reaktorning balandligi bo‗yicha
haroratni tenglashtiriladi.
Reaktordan chiqadigan reaksiya mahsulotlarning
aralashmasi va
363
sirkulyatsiya gazi issiqlik almashtirgichda (4) sovutgichda (5) sovitiladi va
yuqori bosimli ajratgichga (6) kirib keladi. Bu yerda vodorod tarkibli gaz
ajratgichning pastki qismidan reduksion klapan (9) orqali suyuqlikdan ajratiladi,
keyin esa past bosimli ajratgichga (10) kirib keladi. Ajratgichda (10)
uglevodorod gazining bir qismi ajratiladi, suyuqlik
oqimi esa oraliqdagi
rektifikatsiya kolonnasidan (15) oldinda joylashtirilgan issiqlik almashtirgichga
(11) yo‗naltiriladi. Kolonnada katta bo‗lmagan bosimda uglevodorod gazlari va
yengil benzin ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: