―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


 Benzin ishlab chiqarishning har xil jarayonlari



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

2.10. Benzin ishlab chiqarishning har xil jarayonlari 
Benzin ishlab chiqarishning kreking va riforming jarayonlaridan boshqa 
muhim bo‗lgan jarayonlar ham mavjud. Sanoat miqyosida iqtisodiy jihatdan 
foydali bo‗lgan usullaridan birinchisi polimerlash usuli bo‗lib, olefinlardan 
suyuq benzin fraksiyalarini olishda gazlarda –vskreking usulini qo‗llanilishidir. 
Polimerlash. 
Propilen-olefinni polimerlashda tarkibida uch atom uglerod 
va to‗rt atomli butilen-olefin bo‗lganda molekulada suyuq mahsulot beradi
benzinni haroratida qaynaydi, oktan soni 80 dan 82 gacha bo‗ladi. Polimerlash 
jarayonidan foydalaniladigan neftni qayta ishlaydigan zavodlar gazlarni -
kreking fraksiyasida ishlaydi, olefinlarning tarkibida to‗rt atomli uglevodorodlar 
mavjud bo‗ladi.

Alkillashtirish. 
Bu 
jarayonda 
izobutan 
va 
gazsimon 
olefinlar 
katalizatorlarni ta‘siri ostida reaksiyalanadi va suyuq parafinlar paydo bo‗ladi, 
xuddi shu izooktanning soniga teng oktanli bo‗ladi. Izooktanda izobutilenni 
polimerlash o‗rniga va uni izooktanida uni gidrogenizatsiya qilish, shu 
jarayonda izobutan izobutilen bilan reaksiyalanadi va to‗g‗ridan-to‗g‗ri izooktan 
hosil bo‗ladi. Motor yoqilg‗isini ishlab chiqarishda alkillashtirishning hamma 
jarayonlari katalizator sifatida oltingugurt yoki ftor vodorod kislotasidan 
foydalanib boshlang‗ich harorati 0 - 15°C, keyin esa 20 - 40°С haroratda olib 
boriladi. 
Izomerlash.
Yuqori oktanli xomashyo olishning eng muhim boshqa 
yo‗llaridan biri motor yoqilg‗isiga qo‗shish uchun – izomerlash jarayonida 
alyuminiy xloriddan va boshqa shunga katalizatorlardan foydalaniladi. 
Izomerlashda oktan sonini oshirish uchun tabiiy benzinni va naftenlarni to‗g‗ri 
chiziqli zanjiridan foydalaniladi. Benzinni antidetanatsiya xossasini yaxshilash 
normal pentanni va geksanni izopentan va izogeksanga o‗tkazish natijasida 
olinadi. Izomerlash jarayonini eng muhim tomoni benzin kichik hajmda ishlab 


88 
chiqarilayotgan davlatlarda katalitik krekingdan foydalanilgan holda olib
borilmoqda. Qo‗shimcha etillashtirishda ya‘ni tetraetilqo‗rg‗oshin qo‗shilganda 
izomerlarning oktan soni 94 dan 107 gacha bo‗ladi. 
 
Gidrokreking. 
Ko‗mirni gadratlash orqali yuqori bosim ostida kuchli 
katalizatorlarni qo‗llab suyuq yoqilg‗ini olish Germaniya davlatida olib 
borilgan. Buning uchun quyidagi parametrlar zarur bo‗lgan: bosim 
280 atm.gacha, harorat. 450°С va katalizator. 
Zamonaviy 
gidrokrekinglash 
jarayonlarida xom neftni suyultirilgan neftli gazga aylantirish uchun bosim 
taxminan 70 atm. dan 175 atm.dan katta emas, qaysiki to‗liq kokslanishi hamda 
bug‗simon neftni benzinga va reaktiv yoqilg‗iga aylanishi sodir bo‗ladi. Jarayon 
qo‗zg‗almas katalizator qatlamida olib boriladi. Qaynovchi qatlamdagi jarayon 
– neftni qoldiqlarini ya‘ni mazut va gudronni ishlashda qo‗llaniladi. Boshqa 
jarayonlarda ham qoldiq yonilg‗ilardan foydalanilgan ya‘ni yuqori haroratda 
qaynaydigan neft fraksiyalari, bundan tashqari yengil qaynaydigan va o‗rtacha 
to‗g‗ri haydaladigan distillyatlardan foydalanilgan. Bu jarayonlarda katalizator 
sifatida sul‘fitlangan nikel‘-alyuminiy, kobal‘t – molibden-alyuminiy, vol‘fram 
materiallari va alyuminiy silikatli asosidagi yaxshi sifatli platina va palladiy 
metallari qo‗llanilgan.
Gidrokreking katalitik va kokslash bilan olib boriladi, 75-80% xomashyo 
benzinga va reaktiv yonilg‗iga aylanadi. Benzin va reaktiv yonilg‗ini ishlab 
chiqarish mavsumiy iste‘molga bog‗liq holda yengil o‗zgartiriladi. Vodrodning 
sarfi yuqori bo‗lganda qurilmaga beriladigan xomashyoning miqdoriga nisbatan 
olinadigan mahsulot 20-30% ko‗p chiqishi mumkin. Qurilma ba‘zi bir 
katalizatorlar bilan ikki yildan uch yilgacha regeneratsiyasiz samarali ishlaydi.
AQSh, G‗arbiy Yevropada va Yaponiyada sanoat shaharlarida havoni 
ifloslanishini kamaytirish maqsadida distillyatlarni va qoldiq yoqilg‗ilarni 
desul‘fatlash uchun gidratlash jarayoni katta ko‗rsatgichda oshirilgan [55]. 
Gidrokreking jarayoni mahsulotni chiqishiga yuqori bo‗lmagan talablarga
muvofiq oltingugurtdan tozalashda ―gidrotozalash‖ usuli kabi qo‗llaniladi. 
Gazsimon yengil fraksiyalash avvolam bor suyultirish uchun vakuumli 


89 
qurilmadan o‗tadi, keyin esa gazoyl desul‘fatlashtirish gidrotozalashdan o‗tadi. 
Buning uchun u vakuumli qoldiqlar va boshqa kam oltingugurtli xom neftning 
yengil fraksiyalari bilan aralashtiriladi. 
Yengil mahsulotlarni tozalash
. Gidrotozalash hozirgi vaqtda – olefinlarni 
gidrogenezatsiyalash va yengil mahsulotlarni sifatini oshirish uchun 
oltingugurtni va boshqa aralashmalarni tozalashda keng qo‗llaniladi. Iqtisodiy 
sabablarga hamda havo va suvdagi zarralar bog‗liq holda boshqa usullar 
qo‗llaniladi ya‘ni, katalizator sifatida regenerativ eritmalardagi qo‗rg‗oshin 
sul‘fidi va yuqori vol‘tli elektr pechkalari yordamida oldindan rafinatlashtirish 
natijasida olingan eng yaxshi tozalaydigan mahsulot qo‗llaniladi. 
Moylar va surkovlar
. Neft sanoati suyuqlikdan qovushqoqligi bilan farq 
qiladigan xuddi suvday moylar va surkovlar ishlab chiqariladi. Boshqa neft 
fraksiyalari va mahsulotlar kabi ularni ishlab chiqarishni yangi usullari – 
ekstraksiya va deasfaltlashtirilgan eritmalar va boshqalar ishlab chiqarilmoqda. 
 
Eritmalarning ekstraksiyasi.
Sanoat eritmalariga xloreks, furfurol 
(sheluxani qayta ishlash asosida olingan mahsulot), nitrobenzol, fenollar
metiletilketonlar va boshqalar. Eritmalarni ekstraksiyasi oqimga qarshi rejimda 
amalga oshiriladi (moy oqimi bir yo‗nalishda , eritgich esa boshqa qarshi 
oqimda), eng tanlanma eritma va eng chuqur tozalash olib boriladi. Eng 
tanlanma protsedurada kolonna g‗ovak muhit bilan to‗ldiriladi.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin