Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə5/8
tarix09.12.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#73356
1   2   3   4   5   6   7   8
behruz asosiy1

19-rasm. Kokslash distillyatini yetkazib berish hajmiy tezligining uning oltingugurtsizlanishi va yod soniga ta`siri:
1-alyumonikel’ molibdenli katalizatorda хom ashyoni oltingugurtsizlantirish chuqurligi.
2-alyumokobal’tmolibdenli katalizatorda хom ashyoni oltingugurtsizlantirish chuqurligi;
3-ikkala katalizator-larda yod soni.
Хom ashyoni oltingugurtsizlantirish chuqurligi deganda хom ashyo va gidrogenizatda oltingugurt miqdori farqining хom ashyodagi oltingugurt miqdori nisbatining % dagi ifodasi tushiniladi.
Riforming qurilmasidan ortiqcha vodorodsaqlagan gazning chiqishi va tarkibi qayta ishlanadigan хom ashyoning turiga, jarayonni olib borish sharoitiga, qo’llaniladigan katalizatorlarga bog’liq bo’ladi. Riforming jarayonida hosil bo’ladigan vodorod saqlagangaz motor yoqilg’isini gidrotozalash jarayonida bevosta ishlatilishi mumkin, shu bilan birga uning tannarхi maхsus ishlab chiqarishning (masalan, katalitik konversiya usuli bilan olinadigan) vodorodiga qaraganda 10-15 marta kamdir. Dizel yoqilg’isini gidrotozalash jarayonida ancha miqdorda parchalanish gazlari ajralib chiqadi. 28 % (mas.) gacha, shuning uchun vodorodning miqdori vodorodsaqlagan gazda 50,0 % (hajm) bo’lgan holda qo’llanganda gaz puflab olish zaruriyati tug’iladi. Parsial bosim reaktorga yetkazib berilayotgan vodorodsaqlagan gazning tarkibi bilan bog’liq bo’ladi.
Texnologik Qisim
Jarayonning vazifasi hozirgi zamon talablarining darajasiga javob beradigan geteroatomli birikmalar (ayniqsa, oltingugurtli) dan tozalashni o’tkazish. Distillyatlarni gidrotozalash qurilmasi quyidagi bloklarni o’z ichiga oladi, ular quyidagilar: reaktorli, VSG ni ajratish bilan gaz mahsulotli aralashmani separasiyalash, VSG ni vodorod sul’fiddan tozalash, kompressorli, gidrogenizatni barqarorlashtirish4.
Mazkur bobda misol tariqasida dizelfraksiyalar, vakuumli distillyat va parafinni gidrotozalash qurilmalarining tavsifi berilgan. Gidrotozalashning boshqa qurilmalari ko’rib chiqilmaydi, chunki ular asosan ko’rib chiqilganlar bilan bir хil.
Dizel yoqilg’isi distillyatini gidrotozalash texnologik tizimini quyida ko’rib chiqamiz (20-rasm).
Jarayon qo’zg’almas qatlamdagi alyumokobaltmolibdenli katalizatorlar ishtirokida o’tkaziladi.
Xom ashyo 1-nasos yordamida berilib, 16-kompressordan kelayotgan vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtiriladi. Aralashma 6-chi va 4-chi issiqlik almashtirgichlarda isitilgandan, so’ng 2-quvurli pechga va aralashma 380 – 4250C temperaturada 3-reaktorga tushadi. Aralashmani reaktorga kirish va chiqishdagi temperaturalar farqi 100C dan oshmasligi kerak.
Reaksiya mahsulotlari 4, 5 va 6-chi issiqlik almashtirgichlarda 1600C gacha sovitiladi, bir vaqtda gaz xom ashyo aralashmasi, shuningdek, barqarorlashtirish kolonnasi xom ashyosi isitiladi. Gaz mahsulotli aralashmani keyingi sovutish 7havoli sovutish jihozida, soviguncha (taxminan 380C gacha) 8-suvli sovutgichda amalga oshiriladi.
Beqaror gidrogenizat yuqori bosimli 9-seperatorda sirkulyalanuvchi gazdan ajratiladi. Gidrogenizat seperator pastidan chiqariladi, 10-issiqlik almashtirgichdan o’tishda 2400C gacha isitiladi, so’ngra 5-issiqlik almashtirgichga va 11-barqarorlashtiruvchi kolonnaga kiritiladi.
Ayrim qurilmalarda gaz mahsulotli aralashmalar uchun yuqori temperaturali separaciyalash o’tkaziladi. Bunday hollarda aralashma 210 – 2300C temperaturada yuqori bosimlda qizdiriluvchi seperatorda ajratiladi, ya`ni separatorda ajratiladigan suyuqlik barqarorlashtirish kolonnasiga yuboriladi.
Sirkulyatsiyalanuvchi vodorod saqlovchi gaz 18-absorberda vodorod sulfiddan monoetanolaminning suvli eritmasi yordamida tozalanib, 16- kompressor orqali tizimga qaytariladi.
Suv bug’i 11-kolonna pastiki qismidan kiritiladi. Benzin bug’lari, gaz va suv bug’lari 1350C temperatura atrofida kolonna yuqorisidan chiqib, havoli sovutkich 12 ga tushadi, so’ngra 13-separatorda gazning suyuq aralashma qismi ajratiladi. Separatorda ajralgan benzinning bir qismi 15-nasos yordamida 11kolonna yuqorisiga «to’yintirish» sifatida qaytariladi. Balans miqdori esa qurilmadan chiqariladi. Uglevodorod gazlari 22- absorberda vodorod sulfiddan tozalanadi.
Gidrogenizat 11-kolonna pastidan chiqariladi va 10-issiqlik almashtirgichda, 14-havoli sovitkichda sovitilib, 500C temperaturada qurilmadan chiqariladi.

Qurilmada katalizatorni qayta tiklash uchun 400 – 5500C va 2 MPa da toblantiriladi, so’ngra tizim orqali inert gaz o’tkaziladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin