Neftni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi


Kerosinni demerkaptanlash qurilmasi texnlolgik tizim yozuvi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə6/8
tarix09.12.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#73356
1   2   3   4   5   6   7   8
behruz asosiy1

Kerosinni demerkaptanlash qurilmasi texnlolgik tizim yozuvi


Kerosinni demerkaptanlash qurilmasi asosan kerosin tarkibidagi naften kislotalar va vodorod sul'fidlarni ajratish bilan bir vaqtda merkaptanlarni chiqarishga mo`ljallangan. Jarayon "Merichem" firmasi texnologiyasiga asoslangan bo`lib, MERICAT II qurilmasidir. Noo`rin komponentlarni ajratish asosan kaustik soda eritmasini oksidlanish katalizatori ishtirokida boradi.
Kerosinga ishlov berish texnologiyasi quyidagi pozitsiyalarni o`z ichiga oladi; naften kislotalar, vodorod sul'fidni ajratish va merkaptanlarni oksidlash; kerosinni suv bilan yuvish; tuzli quritish tizimi; gilmoyali fil'trlash tizimi. Demerkaptanlash jarayonning asosiy qismi tolasimon plyonkali kontaktorda boradi. Bundan tozalash kerosin tarkibidagi naften kislota soni merkaptanli oltingugurt miqdorini mahsulotga nisbatan qo`yiladigan texnik talablar bilan muvofiqligini ta'minlash imkonini beradi.
Kerosinga kaustik soda (NaOH) bilan ishlov berish vaqtida ikki tipdagi reaksiya kechadi:

  • vodorod sul'fid va naften kislotalarni ajralishi.

  • merkaptanlarni (RSH) ajratish va kaustik sodani qayta tiklash.

Kerosin tarkibidagi naften kislotalarni katta qismi quyidagi reaksiya bo`yicha ajratiladi;
R COON NaOH R COONaH 2O
Agarda kerosinda vodorod sul'fid ishtiroki bo`lsa, u tezda va jadal kaustik soda bilan regirlanadi.
NaOH  2H 2 S Na2 S  2H 2O
Merkaptanlarni ajratish va kaustik sodani qayta tiklash quyidagi reaktsiyalar bo`yicha boradi:

1 RSH NaOH NaSR


2NaSR H 2O O2 RSSR  2NaOH
Merkaptanli oltingugurt kaustik soda yordamida ajraladi va so`ngra kerosindagi erimaydigan ikkilamchi birikmalarga (disul'fidlar) muvofiq o`zgaradi va shundan keyin kaustik soda tezda kerosin ichiga qaytadi. Oxirida kaustik soda qayta tiklanadi va to`qnashuv (kontaktor) bo`yicha harakatlanishi davom etadi.
Kerosin demerkaptanlash qurilmasiga xom ashyo qurilmasidan temperaturasi va sarf bilan keladi. Tozalanmagan kerosin 3,9 bar bosimida ikki parallel 150-mikronli elaksimon filtrni bir tomonidan o`lchash 150 mikrondan katta bo`lgan mexanik qo`shimchalarni ushlab qolish uchun o`tkaziladè. Fil'trlarni tez-tez almashtirish va tozalash kerosin tarkibiga tushgan mexanik qo`shimchalar miqdoriãà boqliq bo`ladi. Kerosin keyin qavoli barometrga kiritiladi va u yerda uglevodorodlarga oksidlash uchuí qavo qo`shiladi. Kerosin oqimining normal sarfida (47,9 m3/soat ga teng) qavo oqimi hajmiy tezligi taxminan 7nm3/soat bo`lishi kerak. Havoning bu oqimi qo`lda moslashtiriluvchi sarf moslagich yordamida boshqariladi.
Tarkibi qavoli kerosin va oksidlash katalizatorli resikli kaustik soda eritmasi birgalikda bir vaqtda to`qnashuv jiqozi orqali pastga tomon o`tkaziladi va u yerda naften kislotalar, vodorod sul'fid va merkaptanlar suvli fazaga diffundirlash va natriy naftenat, natriy merkaptan hosil bo`lishi bilaí boruvchi natriy gidrooksidi bilan reaktsiyaga kirishadi. Kerosin va kaustik soda kontaktor jiqozining pastki qismidan chiqmaguncha va separator suvli suvli kaustik fazasiga kirmaguncha, kaustik soda metal tolalarga sochib turiladi.
Sirkulyatsiyalanuvchi kaustik soda sarfi kerosin sarfini 20% ga mo`ljallangan.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin