O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“YOQILG’I VA ORGANIK BIRIKMALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI” fakulteti
“NEFTNI QAYTA ISHLASH KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI
“Neft-gazni qayta ishlash jihozlari va uskunalari” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Yonilg’ini gidrodesulfirizatsiya qilish jarayoning quvvati 440 ming t/yil bo’lgan texnologiyasini loyhalash
BAJARDI: Sayfiyev.B
RAHBAR: Shapatov.F
TOSHKENT-2022
MUNDARIJA:
1. KIRISH 4
2. TEXNIK QISM (adabiy sharh): 8
3. TEXNOLOGIK QISM 13
4. HISOBLASH QISMI (moddiy balans) 19
5. XULOSA 21
6. ADABIYOTLAR RO’YXATI 23
KIRISH
Mustaqillik yillarida neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Jarqo‘rg‘on neftni qayta ishlash zavodi, SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi kabi yirik korxonalar tashqil etildi, mavjudlari modernizatsiya qilindi. Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSH, Malayziya va boshqa davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan bu boradagi islohotlar izchil davom ettirilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq sanoatni modernizatsiya qilish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlaming raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari Jizzax neftni qayta ishlash majmuasi qurilishida korxonaning ahamiyati, iqtisodiy samaradorligini tushuntirib berdi. Masalan, neftni transport orqali tashib kelish lcatta xarajat talab etadi. Bu benzin, kerosin, moy, bitum kabi iqtisodiyot uchun zarur mahsulotlar, bunga bog‘liq bo‘lgan tovar va xizmatlar narxining oshishiga sabab bo‘ladi.
Jizzax neftni qayta ishlash majmuasining afzalligi shundaki, unga xomashyo quvur bilan olib kelinadi. Ma’lumki, bugungi kunda Omsk-Pavlodar- Chimkent neft quvuri mavjud va uning bir tarmog‘i Jizzax viloyatiga yaqin yergacha kelgan. Shu joydan atigi 95 qilometr quvur tortish orqali yangi majmua arzon xomashyo bilan ta’minlanadi.
Yana bir ahamiyatli tomoni bu - korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar. Loyihaga ko‘ra, majmuada yiliga 5 million tonna xomashyoni qayta ishlash orqali Yevro-5 standartidagi 3 million 700 ming tonna motor yoqilg‘isi, 700 ming tonnadan ziyod aviatsiya kerosini, bundan tashqari, suyultirilgan gaz, mazut, bitum kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Avtomobil yoqilg‘isining har bir haydovchi, har bir oila yoki tashqilot uchun muhimligi haqida ortiqcha gapirishga hojat yo‘q. Bu majmua butun xalqimizga naf keltiradi.
Aviatsiya kerosini ham mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun juda foydali. Bu 0‘zbyokiston xavo kemalarining parvoz geografiyasini kengaytirish bilan birga xorijiy aviakompaniyalarga xizmat ko‘rsatish hajmini ham oshirishga asos bo‘ladi. Masalan, Janubiy Koreya yoki Xitoydan Yevropaga yuk tashiydigan samolyotlar yoqilg‘i o‘rniga ko‘proq mahsulot ortib, 0‘zbyokistondan yoqilg‘i quyib o‘tsa katta foyda ko‘radi. Yo‘lovchi va yuk samolyotlarimiz reyslari ko‘payishi savdo-iqtisodiy aloqalar, turizm rivojida muhim o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: |