tipologikmetoddir.
Tipologik metodlarning barchasini o’z ichiga olgan lingvistik tipologiya umumiy tipologiya hisoblanadi. Umumiy tipologiya xususiy tipologik metodlar erishgan natijalarni umumlashtiradi. Dunyodagi barcha tillar sistemalari umumiy tipologik nuqtai-nazardan yagona bir strukturaning turli panxronik variantlari hisoblanadi. Shu sababli ham tipologiya tillar umumiy strukturasining turli elementlari o’rtasidagi aloqasini, umumiy qonunlarini o’rganadi. Umumiy tipologiya barcha tillardagi tipologik qonuniyatlarni bayon etadi, til universiyalarini yaratadi, ma’lum tillar sistemalari asosida universal qonunlarni boshqa tillar sistemasiga induktiv ravishda tadbiqqiladi.
Tipologiya. (yunoncha typos-nusha, andoza, shakl, iz va logos-so’z, ta‘limot) – tillar o‘rtasida genetik munosabatlardan qat’iy nazar ularning tuzilmaviy va funksional xususiyatlarini qiyosiy o’rganuvchi tilshunoslik sohasi. Ilmiy jihatdan Tipologiya tillardagi farqli va o’hshash alomatlarni guruhlarga, andozalarga va tiplarga ajratish yo’li bilan tadqiq etish metodi hisoblanadi. Vazifasiga ko’ra, funksional (ijtimoiy tilshunoslik) va struktural (tilning ichki qurilishi va tarkibi) tipologiya farqlanadi. Tillarning morfologik (tipologik tasnifi) amorf (affikslari bo‘lmagan), agglyutinativ, flektiv, polisintetik tillarni ularning grammatik schakli (tipi) asosida farqlaydi. Lingvistik tipologiya esa bu tillar guruhlaridagi alomatlarni kategoriyalar yoki turli tuzilmaviy belgilarning leksik-semantikfonologik, gramatik va stilistik sathlardagi ifodalanishi sifatida tadqiq etadi va binobarin, tilning har bir sthiga xos tipologiya farqlanadi. Til tiplarining rivojlanishi va tillarni rekonstruksiya qilish tarixiy tipologiyaning vazifasidir. Bu tipologiyaning (ba’zan unga ma’nodosh qo’llanuvchi) diaxronik tipologiya tillardagi tuzilmaviy o’zgarishlarni o’rganadi. Lingvistik tipologiya tillardagi xususiyatlarning struktural qonuniyatlarini topishga intilsa, til universaliyalari bu alomatlar jahondagi qaysi tillarda qanday tarqalganini o’rganadi. Alisher Navoiyning “Muhokamat-ul- lug’atayn” asari lingvistik tipologiyaga tegishli bo’lib, unda genetik jihatdan bir-biridan farqlanuvchi tillardagi semantika, qisman fonetika qiyoslangan. Hozirgi davrda ikki yoki undan ortiq tillarni o’rganuvchi, qiyosiy yoki chog’ishtirma tilshunoslik ham lingvistik tipologiyagaasoslanadi.
Lingvistik tipologiya yoki tillar tipologiysasi umumiy tilshunoslikning bo’limi hisoblanadi. Uning o’z predmeti, o’z bo’limlari hamda tarixi mavjudki, bu uning boshqa tilshunoslik bo’limlari orasida mustaqil ekanligini belgilaydi. Tilshunoslik bo’yicha zamonaviy ilmiy adabiyotlarda lingvistik tipologiyani turlicha tushuniladi. Tipologiyaning predmetini aniqlashda turli hil fikrlar mavjud.
Qiyosiy lingvistikaning nisbatan batafsil klassifikasiyasiga qaramasdan, Dj. Ellisning tadqiqotlari maqsadi, xarakteri va ko’rinishlari bir biridan aniq farqlanmagan. Tipologik tadqiqotlarda biz tipologiyaning ma’lum bo’limlariga shartli ravishda biriktirilgan atamalarni uchratamiz. Bular sirasiga “tipologiya”, “structural tipologiya”, “qiyosiy tipologiya”, “areal lingvistika”, “xarakterologiya”, “kontrastiv lingvistika”, “konfrontativ lingvistika”, “til universaliyalari”, “translyasion grammatika”, “qiyosiy tipologik tilshunoslik” kabi bir qator atamalarni kiritishmumkin.
Tillarni qiyosiy o’rganish haqidagi fan rivoji bilan, tilshunoslar bu atamalarga farqli ravishda munosbatda bo’la boshladilar.
So’z- istalgan boshqa tizimning birligi sifatida alohida bir tizimni tashkil etadi. Bunga lingvistik va ekstralingvistik sabablar mavjud. Ekstralingvistik sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Fizik va aqliy faktorlar. Butun tirik mavjudotlar hususan insonlarning ehtiyojlari bir hilligidan kelib chiqib o’zbek va nemis tillarida umumiy tushunchalarni uchratishimiz mumkin: o’zbekcha- yashamoq, yemoq, uhlamoq, yurmoq, yugurmoq; nemischa- leben, essen schlafen, gehen, laufen. Barcha insonlarning faoliyatlari bir hil yo’nalishda olib borilganligi uchun, o’zbekchada-gapirmoq, o’ylamoq, savol bermoq, javob bermoq, tushunmoq; nemis tilida- sprechen, denken, fragen, antworten, verstehen kabi so’zlarni uchratish mumkin.
Atrof-muhit faktori- turli xalqlarda tabiiy shart sharoitlar o’hshash bo’lganligi sababli, sodir bo’layotgan voqealar va mavjud tabiat jinslari haqidagi so’zlarni uchratishimiz mumkin: o’zbekchada- quyosh, oy, yulduzlar, momoqaldiroq, chaqmoq, yomg’ir; omon tilida- die Sonne, der Mond, der Stern, der Donner, der Blitz, derRegen.
Ijtimoiy faktorlar- inson jamiyatda yashaydi shunga ko’ra uning hatti harakatlari, o’zini tutishi, kundalik munosabatlari o’zi yashayotgan jamiyat tomonidan belgilanadi. Shunday qilib ijtimoiy muhitning ham leksik tizimning shakllanishiga beqiyos roli mavjud. Birinchi navbatda bu oilaviy hayot tizimi barcha jamiyatlarda bir hilligidan kelib chiqqadi, shunga ko’ra o’zbek tilida – ota, ona, aka, uka, opa , singil, hola, tog’a, omon tilida esa der Vater, die Mutter, der Bruder , die Schwester, der, Onkel, die Tante, kabi so’zlarni uchratishimizmumkin.
O’zbek va nemis tillari uchun umumiy bo‘lgan xususiytlardan biri - bu omonimiya hodisasi bo‘lib, tilda til birliklarining ifoda planida to‘liq yoki qisman mos tushishi (to‘liq (sof) yoki funksional omonimlar) bilan izohlanadi.
Tillardagi omonimik hususiyatlarni hosil bo’lishi uchun quyidagi bir necha sabablar mavjud:
Tasodifiy fonetik o’hshashlik orqali: Saite- Seite, Weise-Waise,
Konversiya oqibatida: brennen-das Brennen , leben – dasLeben
O’zlashma so’zlar orqali: Montage(bir necha dushanba kunlari) Montage(montaj)
So’zlardagi semantik ma’no siljishi orqali: Fuss(oyoq)- Fuss (tog’ning oyog’i)
Dostları ilə paylaş: |