II.Bob.Nemis va o'zbek tillaridagi tarjima tizimi usullari
2.1.Grammatik tarjima metodikasidagi o`zlashma so`zlar O’zlashtirma so’zlar ( ENTLEHNUNGEN).
Dunyoda boshqa xalqlar bilan aloqada bo’lmaydigan, alohida ajralib yashaydigan xajqlar yo’q. Xattoki, Janubiy Amerika changalzorlarining odam oyog’I yetmagan joylarida yashovchi qabilalar ham qandaydir yo’l bilan tashqi dunyo bilan aloqada bo’lishlari isbotlangan. Ularning tillarida ham o’zga tillardan o’zlashgan so’zlar kuzatilgan.Albatta, qadimda xalqlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, bosqinchilik urushlari, savdo- sotiq, diniy muloqotlari tufayli o’zaro aloqalar yo’lga qo’yilgan. Ayniqsa urushlar tufayli g’olib xalq tilining mag’lub xalq tiliga, yoki aksincha, mag’lub xalq tilining g’olib xalq tliga o’ta faol ta’siri natijasida tillarga yangi so’zlar o’zlashishi jarayoni kuzatilgan. Xozirgi zamon o’zbek tili lug’at tarkibini 1980- yili chop etilgan ikki jildli “ O’zbek tilining izohli lug’ati ” asosida tahlil qilganimizda arab, fors, rus tilidan o’zlashgan so’zlar ko’pchilikni tashkil qilishi aniqlandi. Misol uchun, arab tilidan o’zlashgan muallim, muhandis, muharrir, mudarris, mo’tabar, muqaddas, muhokama, munozara: fors- tojik tilidan o’zlashgan sartaroshxona, sartarosh, darbadar, dasturxon, xona, dutor, xo’randa, pazanda, sardor, mardikor, ro’zg’or, yakshanba, dushanba, navbahor, badavlat, ziyokor kabi so’zlarni keltirishimiz mumkin. Ushbu holatdan kelib chiqib, mustaqillik yillari mobaynida “ o’zlikni anglash”, “ til sofligini saqlash ” uchun amalgam oshirilgan ishlar ustida ham jiddiy bosh qotirib ko’rish kerak.Chunki vazir ( minster ), hokim, jarroh ( xirurg ), talaba ( student ), dastur ( programma ) kabi leksemalar tarixiy- etimologik jihatdan sof o’zbekcha emas, arabcha yoki forscha- tojikcha qatlamga mansub leksik birliklardir. Nemis tili ham bu borada istesno emas. Chunki xozirgi Germaniya hududida istiqomat qilgan qadimiy qabilalar lotinlar, fransuzlar, slavyanlar va boshqa xalqlar bilan doimo o’zaro aloqada bo’lganlar.Alohida ta’kidlash lozimki,nemistili lug’attarkibi rivoji tarixan
Dostları ilə paylaş: |