1.2.Grammatik tarjima metodikasidagi so`zning ma’no munosabatlari
O‘zbek va nemis tillari leksikasi, eng avvalo, bu tillarning genetik jihatdan turli oilalarga mansubligi bilan farqlanadi. O‘zbek tili tipologik jihatdan ko‘plab olimlar tomonidan barcha agglutinativ tillar qatorida Oltoy tillari oilasi qamroviga kiritilgan bo‘lsa-da, genetik jihatdan u alohida bir oilani tashkil etgan Turkiy tillar guruhiga kiradi. Tilimiz lug‘aviy boyligining asosini umumturkiy va o‘zbekcha so‘zlar tashkilqiladi.
Nemis tili esa ham tipologik, ham genetik jihatdanhind-yevropa
tillari oilasining german guruhiga mansub, shuning uchun uning asosini umumgerman va qadimgi nemis so‘zlari tashkil etadi.
Har ikkala til leksikasi tarixiy taraqqiyoti davomida turli hodisalarga uchragan, ularning lug‘aviy tarkibini ham har xil tillardan o‘zlashgan so‘zlar tashkil qiladi. Masalan, o‘zbek tilida fors-tojikcha va arabcha so‘zlar ko‘p uchraydi, nemis tilida esa yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlar talaygina.
O‘zbek tili leksikasi asosan:
umumturkiy so‘zlar ( men, biz, bosh, tog‘, bir, ikki, ona,ota...)
o‘zbekcha so‘zlar (ishchi, ishla, tinchlik, yoshlik, jangchi,bilim...)
arabcha so‘zlar (axborot, maktab, madaniyat, adabiyot,haqiqat...)
fors-tojikcha so‘zlar (oftob, gul, dastro‘mol, dutor,daraxt...)
o‘zlashma so‘zlar (samolyot, kompyuter, roman, dizayner, avtobus, trolleybus,drama...) kabi qatlamlardan iborat.
Rus tilining leksik qatlamlari:
umumgerman so‘zlari: die Stadt, der Kopf, die Mutter, der Vater, der Bruder…
qadimgi nemis so‘zlari: die Dohle, der Schneefall, gut, dieDecke…
asl nemischa so‘zlar: Der Lehrer, der Fahrer, der Lohn, die Kleiderablage, dasFeuerzeug…
boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar: Admiral, Zucker, T-short va h.k.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida nemis tilidan va shu til orqali boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar so‘nggi statistik ma‘lumotlarga ko‘ra qariyb 5 % ni tashkil etadi. Tilimiz leksikasi tarkibidagi ruschabaynalminal so‘zlar ilmiytexnikaviy adabiyotlarda ham, og‘zaki nutqda ham qo‘llanadi. Ammo o‘zlashma so‘zlar bilan rus tilidagi aynan shu so‘zlar o‘rtasida ma’lum farqli jihatlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilarda o‘z aksini topadi:
Dostları ilə paylaş: |