Nemis tilidagi grammatik tarjima metodikasi yoki usuli



Yüklə 25,49 Kb.
səhifə7/8
tarix03.02.2023
ölçüsü25,49 Kb.
#82548
1   2   3   4   5   6   7   8
Nemis tilidagi grammatik tarjima metodikasi yoki usuli

3 manbaga

asoslanadi:





    1. Qadim Hind- Yevropa leksik qatlamlaridan tashkil topgan so’zlar;

    2. Umumgerman tillari leksik qatlamlaridan tashkil topganso’zlar;




    1. Boshqa chet tillaridan o’zlashgan so’zlarqatlamlari.

Nemis olimi A. Shmidtning yozishicha, hozirgi zamon nemis tili lug’at tarkibining to’rtdan bir qismi ( ein Vieryel der Grundwörter des heutigen Wortbestandes ) Hind- Yevropa leksik qatlamidan tashkil topgan. Bu asosan inson va uning tana a’zolari nomlari, atrof- muhit, uy hayvonlari, daraxtlar, qarindosh- urug’chilikni ifodalovchi so’zlar qatlamidir. Masalan: Tag, Nacht, Wind, Ernte, Sommer, Gans, Kuh; Blume, Erbse; Neffe, Vater; bauen, beissen; arm,tot.


Barcha asos so’zlarning o’ttiz foizini umumgerman leksik qatlami tashkil qiladi. Bular asosan dehqonchilik, chorvachilik, dengizchilik, baliqchilik, uy-ro’zg’or buyumlari, qurol aslaha nomlaridir. Masalan: Brot, Fleish; Weiden, Herbst, Krippe, Lamm, Esse, Hof; Waffe,Schwert.
An’anaga ko’ra o’zlashtirma so’zlar ikki guruhga bo’linadi. Bular nemis tiliga to’la “ o’zlashib ” ketgan so’zlar ( Lehnwörter ) hamda “ chet til ” so’zlaridir ( Fremdwörter).
To’la “ o’zlashib ” ketgan so’zlar asosan qadimgi, o’rta hamda yangi davr nemis adabiy tili ( althochdeutsche,mittelhochdeutsche und frühneuhochdeutsche Sprachperioden ) davrlarida kirib kelgan hamda to’la “ nemischalashib ” ketgan so’zlar bo’lib, bularni hozir hech kim chet tilidan kirib kelgan so’zlar sifatida idrok etmaydi. Masalan: Fenster, Mauer, Mönch, tanzen, schreiben, feinu.a.
„ Chet so’zlar “ ( Fremdwörter ) nemis tilida keng qo’llaniladigan so’zlar bo’lib, ularning o’zlashgan so’z ekanligi yaqqol ko’rinib tursada, xorijiy so’z sifatida ko’rilmaydi hamda nemischa ekvivalenti bilan almashtirilib ishlatilmaydi. Masalan: Politik, Sport, interessant, Interview, Courage, Exchange, demonstrieren vab.
Nemis tiligaasosanquyidagi yo’llar bilan so’zlaro’zlashtiriladi:



  1. chet tilidagi so’zni ham shakli, ham ma’nosi bilan birga to’la o’zlashtirish, ya’ni eng oddiy usul ( einfache Entlehnung ). Masalan: Kolchos, Sputnik, Perestojka, hi!O’key!

  2. So’zlarni kalkalash orqali tarjima qilib o’zlashtirish ( Lehnübersetzung ). Masalan: ing. Football- Fuball, useless - nuzlos, frans. De couvrir- entdecken: rus. Герой труда – Held der Arbeit. Bunday usulda so’zlar o’zlashishi o’zbek tilida ham kuzatiladi. Masalan: Futbol, Voleybol va h.k. Ushbu usul asosan diniy asarlarni lotin tilidan nemis tiliga tarjima qilish keng qo’llangan. Shunday holni arab tilidan diniy matnlarni o’zbek tiliga o’girish jarayonida ham kuzatishimiz mumkin. O’zlashtirilgan internatsionol so’zlar ( Internationalismen). Bular turli tillarda bir hil shakl va ma’noda ishlatiladigan so’zlar bo’lib, ular asosan turli soha terminlaridan iboratdir.Masalan:

Nemis. Der Student Ingliz. Student.
Fansuz. Le tudiant Rus.Student
O’zbekcha.Student.

International so’zlar qatoriga xalqlarning o’ziga xos madaniyati, xususiyatlarini ifodalaydigan hamda ko’p tillarga o’zlashtirilgan tillar ham kiradi. Masalan: Turban, Rikscha, Kuli, Samowar, Pilav, Kurash, Halol.


Internatsional so’zlarning aksariyati lotin hamda grek tillari asosida yaratilgan. Masalan: lot. Minimum, Provisor, Produkt, Republik, Medizin: grek. Demokratie, Epik, Mime, Telephon, Turbine va hk.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, so’nggi paytlarga kelib so’z yasalish tipologiyasi ya’ni leksik tipologiya masalalari ishlab chiqilmoqda. Lеksik tipologiyaning asosiy masalalari qatoriga masalan, lеksik tipologiyaining lingvistik tipologiyada tutgan o’rnini, uning prеdmеtini, lеksik univеrsaliyani ajratishini asosiy printsiplarini, umuminsoniy tillarning lug’at tarkibini aniqlash va bir qator boshqa masalalarni kiritishimiz mumkin. Shuningdek, har qanday til rivojida so’z o’zlashtirish jarayoni katta ahamiyatga ega bo’lgani kabi, nemis tili tarixida ham bu qatlam sezilarli iz qoldirgan. Albatta o’zlashtirma so’zlar salmog’i har bir davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy taraqqiyot darajasi bilan uzviv bog’liq. Demak, o’zlashtirma so’zlar adadi, xususiyatlari, o’zlashtirish darajasi turli davrlarda turlicha bo’lish tabiiy.

Yüklə 25,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin