Yangi so‘zlarning uslubiy xususiyatlari Yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan, yangi narsa-hodisa va tushunchalarni ifodalash uchun hosil qilingan leksemalar neologizmlar deyiladi. «Neologizm tilga umuman mansub bo‘lishi yoki yakka shaxs nutqiga xos bo‘lishi mumkin.

Birinchisi umumtil neologizmi deb, ikkinchisi individual nutq neologizmi deb yuritiladi.» Adabiy til doimo yangi so‘zlar - neologizmlar bilan boyib boradi. Neologizmlar ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatda bo‘ladigan o‘zgarishlar, fan-texnika yangiliklari, san'at, adabiyot va publitsistikadagi yangicha tushunchalar - umuman, jamiyatning, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo bo‘lgan so‘zlardir.

Misol: novator, changlagich, purkagich, izchil, ziyokor, po‘lat quyuvchi, yer yo‘ldoshi, kosmodrom. Yangi so‘z tezda umumtil me'yoriga aylanishi yoki ko‘p vaqt qo‘llanmasdan iste'moldan chiqib eskirishi mumkin. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan eskirib qolgan, iste'moldan chiqqan shirkat, chipta, muhandis, hokim, vazir kabi atamalar qaytadan yangi so‘zlar qatoriga qo‘shilmoqda.