nerv tolasining yurak,
me'da, ichak atrofidagi
tugunlari; 7- simpatik nerv
tolasining yurakka
tutashgan uchi.
Simpatik nerv sistemasi. Bu nerv sistemasining markazlari orqa miyaning birinchi ko'krak
segmentidan to uchinchi bel segmen¬tigacha bo'lgan sohada joylashgan. Simpatik nerv tolalari orqa
miyaning yuqorida ko'rsatilgan segmentlarining yon shoxlaridan chiqib, umurtqa pog'onasi atrofida
va
tananing turli qismlarida
joylashgan nerv tugunlariga, ulardan esa to'qima va a'zolarga 'boradi,
Simpatik nerv sistemasi yurak ishini tezlashtiradi va kuchay¬tiradi, arteriya qon tomirlarini
toraytirib, qon bosimini oshiradi, me'da va ichaklaming harakatini susaytiradi, siydik qopi
muskullarini bo'shashtirib, siydik yig'ilishiga
sharoit yaratadi, nafas yo'llarini (bronxlami)
kengaytirib, nafas olishni yengillashtiradi, ko'z qorachig'ini kengaytirib, ter ajralishini kuchaytiradi.
Parasimpatik nerv sistemasi. Buning markazlari bosh miya¬ning pastki qismida (o'rta va
uzunchoq miyada) hamda orqa miyaning dumg'aza segmentida joylashgan. O'rta va uzunchoq
miyadagi nerv markazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari odamning bosh va
yuz sohasidagi
a'zolarga boradi. Shuningdek parasimpatik nervning bitta tolasi (adashgan nerv) uzunchoq miyadan
chiqib, ichki a'zolarga boradi. Parasimpatik nervning orqa miyaning dumg'aza
segmentidan
chiquvchi tolalari qorin bo'shlig'ining pastki qismida va chanoq bo'shlig'ida joylashgan a'zolarga
boradi.
Parasimpatik nerv sistemasi yurak ishini sekinlashtiradi va kuchsizlantiradi, arteriya qon tomirlarini
kengaytirib, qon bosimni pasaytiradi, me'da va ichak harakatini kuchaytiradi, siydik qopi muskulini
qisqartirib, siydik ajralishini ta'minlaydi, bronx hamda ko'z qorachig'ini toraytiradi, ter
ajralishini
kamaytiradi.
Shunday qilib, yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, vegetativ nerv sistemasining simpatik va
parasimpatik qismlari barcha ichki a'zolar, qon tomirlari hamda bezlar ishini boshqaradi. Binobarin,
simpatik nervlar ba'zi a'zolaming ishini kuchaytirib, ba'zilarining ishini susaytiradi. Parasimpatik
nervlar esa simpatik nervlarga nisbatan teskari ta'sir ko'rsatadi. Bu degan so'z, simpatik va
parasimpatik nerv sistemasining ishi bir-biriga qarama-qarshi emas, balki ular to'qima va a'zolar
funksiyasini zaruriyatga qarab tartibga soladi. Vegetativ nerv sistemasining funksiyasi organizm
ning tashqi muhit sharoitiga moslashuvida muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: