birinchi, ya'ni miya po'stlog'ining eng ustki qavati nerv
hujayralarining kalta o'simtalaridan tashkil topgan;
- ikkinchi qavatida donasimon nerv hujayralari joylashgan;
- uchinchi qavatda piramidasimon hujayralar bo'ladi;
- to'rtinchi qavat yulduzsimon tuzilgan nerv hujayralaridan
iborat;
- beshinchi qavatni yirik piramidasimon hujayralar tashkil
qiIadi; - eng pastki, ya'ni oltinchi qavatda duksimon nerv
hujayralari
joylashgan.
Miya po'stlog'ining turli qismlarida joylashgan nerv
hujayralarining po'stloq sathi funksiyasiga ko'ra uchta zonaga
bo'linadi: sezish, harakat va assotsiativ zonalar.
Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to'plami odam
tanasining barcha sezgi a'zolarining oliy markazi hisoblanadi.
Bu markazlar teri, ko'rish, eshitish, hid va ta'm bilish kabi sezgi
a'zolari retseptorlaridan impuls qabul qiladi.
Miya po'stlog'ining harakat zonalaridagi nerv hujayralari
to'plami muskullar, paylar, bo'g'imlar, suyaklarning
retseptorlaridan impuls qabul qilib, odam tanasining barcha
qismlari harakatini boshqaruvchi oliy nerv markazi vazifasini
bajaradi.
Assotsiativ zonalarning nerv hujayralari odam tanasining
to'qima va a'zolari bilan nerv yo'liari orqali bog'lanmagan, ular
miya po'stlog'ining turli qismlaridagi nerv hujayralarini (nerv
markazlarini)
Dostları ilə paylaş: