BOSH MIYA
Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha. Bosh miya tabiat yaratgan ajoyib mo'jizadir.
Odamning bosh miyasi uning aql idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim ruhiy
xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit ta'sirini analiz-sintez qilib,
ularga javob qaytaradi. Tananing barcha to'qima va a'zolari ish faoliyatini bir-biriga bog'lab
boshqaradi, organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta'minlab, uni muhit sharoitiga
moslashtiradi.
Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi. Bosh miya kalla suyagining ichida joylashgan bo'lib,
og'irligi katta odamda 1020-1970 g gacha bo'ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bosh miyaning katta-
kichikligi odamning aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi.Odamning aqliy faoliyati bosh miya yarim
sharlarining po'stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik, biokimyoviy va
biofizik xususiyatlariga bog'liq. Shuningdek, odam aqliy faoliyatining rivojlanishi uning yoshlikdan
tarbiyasi, bilim olishi, mashq qilishiga bog'liq.
Bosh miya ikki qismdan iborat: bosh miyaning stvol (ustun) qismi va bosh miya yarim sharlari.
Bosh miyaning stvol qismiga uzunchoq miya, Varoliev ko'prigi (miya ko'prigi), o'rta miya, oraliq
miya hamda miyacha kiradi.
Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastki qismi bo'lib, uning quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi
esa miya ko'prigiga tutashgan. Uning uzunligi 3-3,5 sm, massasi o'rtacha 7 g bo'ladi. Uzunchoq
miyaning tashqi qismi oq rangda bo'lib, unda nerv tolalari joylashgan, ichki qismi kulrang
moddadan iborat bo'lib, unda
nerv hujayralari bo'ladi.
Uzunchoq miya reflektor va o'tkazuvchanlik funksiyalarini bajaradi. Reflektorlik funksiyasi
shundan iboratki, unda nafas olish, yurak ishini boshqarish markazlari joylashgan. Binobarin,
uzunchoq miyaning shikastlanishi nafas olishning va yurak ishining to'xtab qolishiga sabab bo'ladi.
Bundan tashqari, uzunchoq miyadagi nerv markazlarida ko'zni ochib-yumish, ko'z yoshi, aksa urish,
yo'talish, oshqozon-ichakda shira ajralishi kabi funksiyalarni ta'minlaydigan reflekslarning
markazlari joylashgan.
Uzunchoq miyaning o'tkazuvchanlik funksiyasi shundan iboratki, u orqa miyadan kelgan
impulslarni qabul qilib, bosh miyaning yuqori qismlarida joylashgan nerv markazlariga va ulardagi
qo'zg'alish impulsini orqa miyaga o'tkazadi. Uzunchoq miyaning shikastlanishi uning
o'tkazuvchanlik funksiyasi buzilishiga, ya'ni orqa va bosh miya o'rtasidagi aloqa uzilishiga olib
keladi.
Miya ko'prigi uzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomondan o'rta miya, yon
tomondan miyacha bilan tutashib turadi. Miya ko'prigining tashqi qismi kulrang moddadan
iborat bo'lib, nerv hujayralaridan tashkil topgan, ichki qismida oq modda bo'lib, unda nerv tolalari
joylashgan. Miya ko'prigida uchlik, ko'z soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi
nervlaming markazlari joylashgan. Bu nervlar orqali miya ko'prigi reflektor funksiyani bajaradi.
Bundan tashqari, xuddi uzunchoq miyaga o'xshab, miya ko'prigi o'tkazuvchilik funksiyasini ham
bajaradi, ya`ni u orqali orqa, uzunchoq miya nerv impulslaribosh miyaning yuqori qismidagi nerv
markazlariga o'tkaziladi. Bu markazlardagi qo'zg'alish impulslari miya ko'prigi orqali uzunchoq va
orqa miyaga o'tkaziladi.
O'rta miya Varoliy ko'prigining yuqorisida joylashgan bo'lib, unda
to'rt tepalik, miya oyoqchalari va miya qorinchalarining suv yo'li
bo'ladi. To'rt tepalikning oldingi 2 tasida po'stloq osti ko'rish
markazlari, orqadagi 2 ta tepalikda esa po'stloq osti eshitish markazlari
joylashgan.
O'rta miyadagi qoramtir moddadan tashkil topgan nerv markazi
ovqatni chaynash va yutish reflekslarini, qo'l barmoqlarining nozik
harakatlarini boshqaradi. Undagi qizil !ana muskullar
tarangligini ta'minlaydi. O'rta miyada ko'z soqqasini harakatlantiruvchi
va bloksimon nerv markazlari joylashgan.
O'rta miya shikastlansa yoki kasallansa, uning yuqorida ko'rsa¬tilgan
funksiyalari buziladi. Buning natijasida odamning ko'rish, eshitish,
ko'z soqqasini harakatlantirish qobiliyati yo'qoladi. O'rta miyadagi
qizil tana shikastlansa, tana muskullarining tarangligi ortadi, uning
harakatlari qiyinlashadi.
Oraliq miya o'rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo'lib, bosh
miya yarim sharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miyaning tarkibiy
qismlariga ko'rish do'mboqlari (talamus), do'mboq osti soha (gi
potalamus) kiradi.
Ko'rish do 'mbog 'i tuxumsimon shakldagi bir juft kulrang modda,
ya'ni nerv hujayralari to'plamidan iborat. U po'stloq osti sezgi markazi
hisoblanadi. Odam tanasining sezgi a'zolari orqali qabul qilingan
barcha tashqi va ichki ta'sir (ko'rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish,
taktil, og'riq, issiq, sovuq va hokazolar) oldin ko'rish do'mbog'i orqali
qabul qilinib, bosh miya yarim sharlari po'stlog'idagi sezgi
markazlariga o'tkaziladi.Do'mboq osti sohasi (Gipotalamus) ko'rish
do'mbog'ining ostki sohasida joylashgan nerv hujayralari to'plamidan
iborat. Gipotalamusdavegetativ nerv sistemasining markazi joylashgan
bo'lib, u orqali ichki a'zolar funksiyasi, moddalar almashinuvi, tana
haroratining doimiyligi ta'minlanadi, och qolish va to'yish, uyqu,
hayajonlanish, kayfiyatning o'zgarishi kabilar boshqariladi.
Gipofiz bezi ham gipotalamus
ohasidajoylashgan.
Gipotalamusning nerv
hujayralaridan maxsus
neyrogormonlar ajralib, ular
gipofiz ishining boshqarilishiga
ta'sir ko'rsatadi (bu haqda ichki
sekretsiya bezlari mavzusida
aytilgan). Yuqoridagilardan
ko'rinib turibdiki, oraliq miyaning
tarkibiy qismi bo'lgan talamus va
gipotalamus odam hayotida
muhim fiziologik jarayonlaming
boshqarilishida ishtirok etadi. Bu
nerv markazlari shikastlansa yoki
kasallansa, tashqi va ichki ta'simi
sezish, ya'ni og'riq, issiq, sovuqni
sezish, ko'rish, eshitish qobiliyati
pasayadi. Moddalar almashinuvi
buzilishi natijasida semirish yoki
ozish, qandsiz diabet kasalligi va
odamning kayfiyati buzilishi kabi
noxush holatlar sodir bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |