Mustaqil ta’lim – 5. Atvud mashinasi yordamida dinamika qonunlarini o’rganish.
Atvud mashinasi yordamida dinamika qonunlarini o’rganish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
Atvud mashinasining tuzilishini va o‘lchash usulini o‘rganish.
Yo‘l qonunini tekshirish.
Tezlik qonunini tekshirish.
Nyutonning ikkinchi qonunini tekshirish.
O‘lchash natijalarining aniqligini tekshrish.
Bu jarayonda talaba ishni bajarish mobaynida «tezlik», «tezlanish» «massa» «kuch» «impuls» kabi fizik kattaliklarning ma’nosini Nyutonning uchta qonunining mazmunini bilishi hamda bog‘langan yuklar tizimi harakatini ifodalovchi oddiy o‘lchashlarni bajarib, ushbu harakatlarni tavsiflashda kinematika va dinamika qonunlarini tadbiq eta olishi kerak
Mustaqil ta’lim – 6. Ko’chish xodisalari. Diffuziya, issiqlik o‘tkazuvchanlik va qovushqoqlik
Mavzu bo’yicha test savollari:
Diffuziya nima?
a) Gaz molekulalarining o’z fizik xarakteristikalarini ko’chirish jarayoni
b) Yuqori konsentratsiyali maydonlardan past konsentratsiyali maydonlarga molekulalar o’tish jarayoni
c) Yuqori haroratli maydonlardan past haroratli maydonlarga issiqlik o’tish jarayoni
d) Gazning laminar oqimida uning oqim tezligi kamayayotgan bo’lsa, ko’chiriluvchi fizik xarakteristika molekulaning impul’si ekanligini qayd qiladi
Issiqlik o’tkazuvchanlik nima?