Mustaqil ta’lim -14. Qattiq jismning inertsiya momentini burilish tebranish usuli orqali aniqlash.
Bilardim.
Inersiya momenti barcha aylanma harakat qilayotgan jismlarni tavsiflashda ishlatiladi. Bu skalyar kattalik bizga biror aylanish oʻqidagi jismning burchak tezligini oʻzgartirish qanchalik qiyinligini bildiradi.
Bilishni hohlayman. Massa markazi aylanish oʻqidan uzoqlashgani sayin uning burchak tezligini oʻzgartirish qiyinlashib boradimi? Nima sababdan? Bilib oldim. Aylanma harakatda inersiya momenti xuddi toʻgʻri chiziqli harakatdagi massaga oʻxshaydi. Haqiqatan ham, inersiya momenti jismning massasiga proporsional. Shuningdek, u bu massa aylanish oʻqi atrofida qanday taqsimlanganiga ham bogʻliq.
Mustaqil ta’lim-15. Fundamental o‘zaro ta’sirlar turlari. Yagona maydon nazariyasi
Fundamental o‘zaro ta’sirlar turlari:
Gravitatsion o‘zaro ta’sir
Elektromagnit o‘zaro ta’sir
Kuchli o‘zaro ta’sir
Kuchsiz o‘zaro ta’sir
Yagona maydon nazariyasi:
Maydon kvant nazariyasi elementar zarralar va ularning o‘zaro ta’siri, umuman, cheksiz ko‘p erkinlik darajasiga ega (fizik maydonlar) kvant sistemalarni tadqiq qilish bilan shug‘ullanuvchi fizik nazariyalarning umumiy nomi.
Erkin Maydon kvant nazariyasi zarralar bilan bir qatorda antizarralar mavjudligini ko‘rsatib beradi va u bu fakt tajribada tastiqlangan.
Erkin Maydon kvant nazariyasi faqat kinematik xususiyatlarning to‘la tasavvurini berib, o‘zaro ta’sir natijasida hosil bo‘luvchi dinamik xususiyatlarni nazarga olmaydi.