Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni Mustaqil ta’lim mazmuni ma’ruza va laboratoriya mashg’ulotlari mavzulari asosida shakllantiriladi. Biroq mustаqil ta’lim ko’proq ma’ruza va laboratoriya mashg’ulotlarida o’rganilmagan masalalarni o’z ichiga qamrab oladi. Mustaqil ta’lim asosida o’qib-o’rganilgan masalalar fan bo’yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari savollarida o’z aksini topadi.
Mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o’quv qo’llanmalar boyicha mavzularni konspektlashtirish;
adabiyotlar asosida referat yozish;
kitob va maqolalarga annotatsiya yozish;
Internet tarmog’idan azborotlar izlash va tahlil etish.
Tavsiya etiladigan mustaqil ta’limning mavzulari:
1. Hamkorlik pedagogikasi va uning tarkibiy qismlari.
4. Shaxsiy-insonparvarlik yondashuvi texnologiyasi.
5. O’yin texnologiyalari va ularning o’ziga xosliklari.
7. Tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasi
8. Modulli ta’lim texnologiyasi.
9. Keys-stadi ta’lim texnologiyasi.
10. Loyiha ta’lim texnologiyasi.
11. Pedagogik fikrlar va maktablar tarixida o’qituvchi mahorati masalalari.
12. O’qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat.
13. O’qituvchining kommunikativ qobiliyati.
14. O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi.
15. Pedagogik nizolar va ularning oldini olish texnologiyasi
16. O’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro muloqoti
17. Pedagogik takt va pedagogik etika
18. Pedagogik texnika. Nutq texnikasi va madaniyati.
19. O’qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati
20. O’z-o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash.
Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan:
ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentasion va elektron-didaktik texnologiyalaridan;
amaliy mashgulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan- aqliy hujum, guruhli fikrlash, klaster va keys stadi kabi usul va texnikalardan keng foydalaniladi.