Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
“Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
pedagogik texnologiya tushunchasining ilmiy asoslari;
pedagogik texnologiya kategoriya va tamoyillari;
pedagogik mahorat va uning tarkibiy qismlari;
o’quv jarayonini tashkil etishga qo’yiladigan zamonaviy talablar;
ta’lim oluvchi shaxsi, ta’lim jarayonida shaxs sifatlarining namoyon bo’lishi;
pedagogik texnologiyalarning tasnifi va asosiy jihatlari;
ta’lim jarayonini texnologizatsiyalash haqida tasavvurga ega bo’lishi lozim;
shaxsning ma’naviy-axloqiy sifatlarining faol shakllanishi;
pedagogik texnologiyalarning tamoyillari bilan bog’liqlikda keyingi amaliy faoliyatda ta’lim jarayonini pedagogik jihatdan yaxlit tarzda tashkil etish va amalga oshirish;
ta’limga texnologik yondashuv, o’quv maqsadlarini aniqlashtirish, pedagogik faoliyatni oqilona rejalashtirish va tashkil etish;
ta’lim oluvchi shaxsining har tomonlama barkamol rivojlanishi, ta’lim jarayonining “jonli”, ijodiy tashkil etishga yordam beruvchi ta’limning interfaol metodlarini;
pedagogning kreativ funksiyasini;
pedagogik artiztizmni bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;
auditoriyani boshqara olish, diqqatni to’g’ri taqsimlash, nafas olish va ovoz tembrini moslash;
innovatsion faoliyatni tashkil etish;
ilg’or tajribalardan foydalanish;
pedagogik jarayonda muloqot uslublarini to’g’ri qo’llay olish;
pedagogik nizolarni bartaraf etish;
o’z-o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash;
ilg’or pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo’llay olish ko’nikmalariga ega bo’lishikerak.