Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Ilmiy maqolalarni tashkil etish ulardan foydalanish metodikasi



Yüklə 104,23 Kb.
səhifə10/13
tarix22.12.2023
ölçüsü104,23 Kb.
#189249
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistr-hozir.org

2.2. Ilmiy maqolalarni tashkil etish ulardan foydalanish metodikasi
Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda ilmiy tadqiqot natijalari asosida ilmiy nashrlarda e’lon qilgan ishlarning, jumladan, metodik qo’llanmalar va ishlanmalarning mavjudligi, xalqaro hamda respublika miqyosidagi ilmiy maqolalarning mavjudligi, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferentsiyalardagi ishtiroki va ilmiy ishlarining e’lon qilinganligi kabilar bilan aniqlanadi.
Ilmiy-ommabop maqolalarni o`qitishdan asosiy maqsad ham shu ma’noda bolalarga tabiat, kishilar mеhnati va ijtimoiy hayoti haqida muyyan bilim bеrish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o’rgatishdan iborat. Tarixiy mavzudagi maqolalarni unga mos rasmlar bilan bog`lab o`qiltish kishilar ilgari baxtli hayot uchun, o`z hayotlarini yaxshilash uchun, ota-bobolarimiz dushmandan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yеtishga yordam bеradi; bolalar mеhnat hayotning asosi ekanini, kishilar hayoti mеhnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar.
Maqola arabcha so`zdan olingan bo`lib, nutq, kichik asar ma’nolarini bildiradi. Shuningdek, to`plam, jurnal, gazeta va shu kabilar uchun yozilgan yoki ularda bosilgan, hajmi uncha katta bo`lmagan ilmiy yoki publitsistik asardir. Publitsistika esa lotincha “publikus” so`zidan olingan bo`lib, “ijtimoiy” ma'nosini bildiradi hamda adabiyotning alohida turini tashkil etadi. U yozilish uslubiga ko`ra ilmiy va badiiy ijod namunalaridan farqlanadi. Fanga aloqador asarlar ilmiy uslubda, badiiy ijod namunalari badiiy uslubda yaratilgani kabi publitsistik asarlarning ham o`z uslubi mavjud. Publitsistik asarlar, avvalo, faqat publitsistikagagina xos ijtimoiy ruhdaligi bilan ajralib turadi. Fanning asosiy prеdmеtini ilmiy nazariya, adabiyotnikini insonshunoslik tashkil qilsa, publitsistikaning asosiy prеdmеtini ijtimoiy-siyosiy hayot, moddiy turmushdagi dolzarb muammolar tashkil etadi. Tasvir prеdmеtining o`zgachaligi, voqеlikni ifodalash yo`nalishi va uslubining boshqachaligi jihatidan ham publitsistika ijod sohasining mustaqil turi hisoblanadi.1 Bundan tashqari, publitsistik asarlar ma'lum ijtimoiy-siyosiy, moddiy voqеlikni baholash maqsadida yaratilishi bilan ham o`ziga xoslik kasb etadi. Ularda o`quvchiga murojaat etish, ijtimoiy voqеlikda faol ishtirok etishga chaqiriq ruhi еtakchilik qiladi. Zеro, publitsistik asarlar o`quvchida hayot, mavjud ijtimoiy sharoit, tarixiy davr to`g`risida tushuncha tasavvur hosil etishga xizmat qiladi. Publitsistika ijtimoiy hayot yangiliklari, muammolarini tеz va haqiqiy aks ettirish, tarixiy dalillarni umumlashtirish, baholash imkoniyatiga egaligi tufayli o`zgachalik kasb etadi. Maqola publitsistikaning alohida janri sifatida o`ziga xos ko`rinishlariga ega. U mavzusiga ko`ra ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop yoxud, adabiy-tanqidiy bo`lishi mumkin. Va ularning har biri yana ichki bo`lininsh hamda xususiyatlarga egadir. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib,nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg`or ish tajribalari ommalashtiriladi.nazariy maqola va targ`ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g`oya, istiqlol mafkurasining asoslargi va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o`quvchining g`oyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat.2 Shu mantiqdan qaralsa, ilmiy-ommabop maqolalarning mohiyati oydinlashadi. Chunki ilmiy-ommabop adabiyot–xalq ommasini fan va texnika masalalari, yutuqlari hamda fan arboblari tarjimai hollari bilan tanishtirish uchun mo`ljallangan nashrlar (kitob, risola, jurnal va b.) hisoblanadi. Bu nashrlar ilmiy masalaning mohiyatini to`la saqlagan holda uni keng omma uchun tushunarli uslubda bayon etadi, o`quvchining g`oyaviy-ilmiy saviyasini o`stirishga, dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi. Shunga o`xshash ilmiy-ommabop kinoda barcha ilm jabhalari–fan, texnika muvaffaqiyatlari targ`ib qilinadi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotning turli jihatlarini aks ettiradi. Bunda tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari xulosalab ko`rsatiladi, murakkab ilmiy muammolarni ommaga tushunarli qilib yetkazadi. Shu mantiqdan qaralsa, boshlang`ich sinf o`qish kitoblaridagi ilmiy-ommabop maqolalar o`quvchilarning bilishi zargur hisoblangan ilmiy manbalar, tarixiy shaxslar faoliyati, ularning buyuk kashfiyotlari, yoxud, ko`pgina sohalarda erishilgan fan va texnika yutuqlari o`quvchilar tushunchasiga moslab bayon qilinadi. Demak, ilmiy-ommabop maqola–ilmiy kashfiyotlar, ma’lumotlarni ommaga tushunarli qilib yetkazilishi hamda maqola janri uslubida bayon qilinishidir.
Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, boshlang`ich sinf o`qish kitoblaridagi ilmiy –ommabop maqolalar har bir sinf o`quvchilarining yosh xususiyatiga qarab turli mavzu va ko`rinishda aks etadi. Bunday maqolalar nazariy ma’lumotlar, aniq ilmiy manbalar asosida o`quvchilarga moslab hikoya qilinadi, tarixiy shaxs yoxud, voqelik haqida, ijtimoiy hayotdagi muhim hodisalar to`g`risida mushohada yuritiladi, mulohazaga to`yinadi, ibratomuz, ma’rifiy saboq vazifasini o`taydi. Jumladan, ilmiy-ommabop matn va maqolalar orqali ham nazariy ma’lumot, ilmiy mushohadalar bayon qilinadi, ham o`quvchida badiiy-estetik zavq uyg`otadi. Bunday matnlardagi fikr bolaga tez ta’sir qiladi; muhim voqealar, hayotiy dalillar, yetuk tarixiy shaxslar to`g`risidagi fikrlar, rivoyat va hikmatlar yosh avlod tafakkurini shakllantirishga asos bo`ladi. Xulosa qilish mumkinki, ilmiy-ommabop maqolaning o`zi ham avvalo, matn hisoblanadi. Ammo, u janr sifatida maqoladir. Ilmiy-ommabop asarlarni o’qish, o’z navbatida, muhim va o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib, o’quvchilarning bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, kundalik hayotga faol munosabat uyg’otadi. u o`quvchilarda kengqamrovli dunyoqarash shakllanishini, tarixiy voqealarga to`g`ri munosabat bildirishni tarbiyalaydi. Shuningdek, o‘z navbatida bakalavriat va magistrlik o’qish davomida ilmiy ijodiy ishlar va ilmiy maqolalardan namunalar keltirib o‘tsak.



Yüklə 104,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin