MUSTAQIL ISH HIMOYASI. Mustaqil ishlar himoyasi uchun o’quv muassasasi komissiya tarkibini tasdiqlaydi.
Mustaqil ishlar himoyasi tartibi. O’quvchi 10-15 daqiqa davomida komissiyaga mustaqil ishning maqsadi, vazifalari, mazmuni hamda o’z tavsiyalari va takliflari to’g’risida axborot beradi. Shundan so’ng o’quvchi mustaqil ishi mavzusiga va u bilan bog’liq bo’lgan komissiya a’zolari savollariga javob beradi.
Mustaqil ishlar himoyasi o’quvchi tomonidan multimediya va boshqa zamonaviy axborot texnologiyalari, taqdimotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Agar o’quvchi ushbu vositalardan foydalansa unga qo’shimcha ball qo’shiladi.
Agar o’quvchi o’z mustaqil ishini chet tilida yozib himoya qilsa unga tegishli ravishda ball qo’shib beriladi. Lekin mustaqil ishlarni chet tilida yozish va himoya qilish majburiy emas.(agar fan chet tilida o’qitilsa mustaqil ish chet tilida yozib himoya qilinadi)
Mustaqil ishlar bahosi komissiya tomonidan ilmiy rahbar taqrizi va o’quvchi javoblari asosida belgilanadi.
Mustaqil ishlar himoya qilingandan so’ng o’quv muassasasida kamida 3-yil saqlanish tavsiya etiladi. Ularni qabul qilish, yig’ish hamda bajarilishini nazorat qilish maqsadida maxsus monitoring papkasi ajratiladi. Uning taxminiy namunasi 4-ilovada berilgan.
Ilova-1 Titul varaqasi namunasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT PEDAGOGIKA KOLLEJI TABIIY FANLARI KAFEDRASI
“AMALIY Gеоgrаfiya”
FANIDAN
MUSTAQIL ISHI MAVZU: “GEOSIYOSAT”
Ilmiy rahbar:
O’qituvchi
__________ N. Rasulova Ish “ ” ballga himoya qilindi.
“____” _____________2022 y.
Kafedra mudiri, p.f.n,dots.
_____________U. Abirova
Toshkеnt – 2022
Ilova-2 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini tuzish tartibi. Mustaqil ishda adabiyotlar quyidagi tartibda keltirilish lozim:
– Rasmiy materiallar: qonunlar, Prezident qarorlari.
– Davlat boshlig’i asarlari;
– Monografiyalar, risolalar (alfavit tartibda) ;
– Jurnallar va gazetalardagi maqolalar;
– Dissertatsiyayalar va avtoreferatlar;
– Statistik ma’lumotnomalar va hisobiy ma’lumotlar;
– Xorijiy tillarda nashr etilgan adabiyotlar;
Ilova-3