Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda BMI, kurs ishi, mustaqil ishlarni o‘rni



Yüklə 104,23 Kb.
səhifə4/13
tarix22.12.2023
ölçüsü104,23 Kb.
#189249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistr-hozir.org

1.2. Geografiya ta’limida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda BMI, kurs ishi, mustaqil ishlarni o‘rni
Oliy ta’lim tizimi uchun bо‘lajak pedagoglarni tayyorlashning muhim bosqichlardan biri bu bitiruv malakaviy ishini (BMI) tayyorlash va uni himoya qilishdir. Bitiruv malakaviy ish oliy ta’lim mussasalari bitiruvchilari tomonidan bakalavriatda ta’lim olishining yakunlovchi bosqichidir.
О‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida bitiruv malakaviy ishlari О‘zbekiston Respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 22 maydagi 160-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim mussasalari bitiruvchilarining Yakuniy Davlat Attestatsiyasi tо‘g‘risida Nizom” talablariga asosan bajariladi. Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad ta’lim yо‘nalishining xususiyatiga qarab, kasbiy va pedagogik ta’lim bо‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, malaka va kо‘nikmalarini tizimlashtirish, mustahkamlash va kengaytirishdir. Mazkur ish turi bitiruvchi talabaning bakalavr darajasini olishi uchun asosiy mezon hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishni bajarish orqali quyidagilarga erishiladi:
- geografik, ijtimoiy, iqtisodiy va pedagogik vazifalarini yechish uchun ta’lim jarayonida shakllangan bilim, kо‘nikma, malakalarni kengaytirish va mustahkamlash;
- ijodiy pedagogik faoliyat, amaliy vazifalarini mustaqil yecha olish kо‘nikmalarini shakallantirish;
- mutaxassis va maxsus fanlarni о‘qitish metodikasi bо‘yicha olingan bilimlarni kompleks ravishda qо‘llash kо‘nikmasini shakllantirish;
- mustaqil pedagogik faoliyatga talabani tayyorlash.
“Geografiya о‘qitish metodikasi” ta’lim yо‘nalishi bitiruvchi talabalari tomonidan tayyorlanadigan bitiruv malakaviy ishlari oldiga umumiy talablardan tashqari quyidagi didaktik talablar qо‘yiladi:
- maxsus fanlarni о‘qitishda zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalari va geografik muammolarining zamonaviy holatini о‘rganish, tahlil qilish;
- OTM yо‘nalishiga mos ravishda fan va texnologiyalarning rivojlanish istiqbollarini aks ettiruvchi maxsus fanlar mazmunini yanada takomillashtirishga e’tibor qaratish;
- talaba bilan tuzilgan tо‘lov-shartnomasini amalga oshiruvchi buyurtmachi tashkilot, shuningdek, korxona va kollejlarda mavjud ijtimoiy, ilmiy-texnik muammolar yechimiga e’tibor qaratish.
BMI mavzulari aniq va qisqa, 12 ta sо‘zdan kо‘p bо‘lmagan holda bо‘lishi lozim. Mavzular bankini shakllantirishda kafedra mutasaddi organ hisoblanadi, har bir о‘quv yili uchun BMI mavzularini soha yangiliklari, zamon talablari asosida kreativ yondashgan holda shakllantirishi lozim.
BMI mavzulari oldingi yillarda bajarilgan ishlarning mazmuni va mavzusini takrorlamagan holda, bitiruvchi talabaning ehtiyoj va qiziqishlarini inobatga olib, shuningdek, talaba avvaldan izlanib kelayotgan muammolar, u tomonidan bajarilgan kurs ishlari va ilmiy maqola, tezislarning mazmuniy davomi sifatida shakllantirilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi.
BMI mavzulari har yili “Geografiya о‘qitish metodikasi” - mutaxassis chiqaruvchi kafedrasi tomonidan ishlab chiqiladi, fakultet, institut Kengashlarida muhokama qilinib, OTM rektori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
BMI mavzularining yillik rо‘yxati bitiruvchi kurs о‘quv yili boshida e’lon kilinadi va bitiruv oldi amaliyotigacha talabaga biriktiriladi. Talabaga BMI mavzusini va mavzu rahbarini tanlash huquqi beriladi.
BMI mavzusi va rahbarini talabaga biriktirish OTM rektori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
BMIga ilmiy rahbar “Geografiya о‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-о‘qituvchilari, ilm-fan masalalarini hal qilishning zamonaviy yо‘nalishlari bо‘yicha fikr yurita oladigan malakali mutaxassislar (bitiruvchi kafedra professorlari, dotsentlari, katta о‘qituvchilari) orasidan tayinlanadi.
BMI rahbari:
- topshiriq beradi, ish bajarish jadvalini tuzadi;
- mavzu bо‘yicha asosiy adabiyotlar, ma’lumotlar va boshqa manbalarni tavsiya etadi;
- talabalar bilan muntazam ravishda maslahat ishlarini olib boradi;
- bajarilgan malakaviy ishning sifati va muallifligiga javob beradi.
BMIni talaba olingan topshiriq va uslubiy tavsiyanomalarga asosan shaxsan о‘zi bajaradi.
BMIning tarkibiy tuzilishi quyidagicha bо‘lishi zarur:
Titul varag‘i
BMIni bajarish uchun topshiriq
Mundarija
Kirish
Asosiy qism
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati
Ilovalar
Rahbar xulosasi
Ichki va tashqi taqrizlar
Himoya oldi muhokamasidan о‘tganligi haqida kafedra bayonnomasidan kо‘chirma.
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida quyidagilar yoritiladi:
Geografiya ta’limi sohasidagi islohotlar va rivojlanish istiqbollarini qamragan holda tadqiqot mavzusining dolzabrligi; muammoning о‘rganilganlik darajasi, BMIning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti, metodologik asoslari va metodlari, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati asoslab beriladi (2-3 bet).
1-Bob. Nazariy-emperik qism
- Mutaxassislik fan bо‘yicha mavzuning umumiy tavsifi:
Geografiya ta’limi fani muammolarining umumiy tavsifi (tizimi, kasb va mutaxassisliklar va boshkalar); kichik mutaxassislarni tayyorlashda mutaxassislik fanining о‘rni, mavzuning о‘ziga xosligi, uning nazariy va amaliy yо‘nalishi; fanlararo bog‘liqlik xarakteri, tuzilmasi va boshqalar.
- Mavzuda aks etgan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qо‘llash va mazmun mohiyatining nazariy jihatlari.
2-Bob. Amaliy-uslubiy qism. Mavzu bо‘yicha nazariy va amaliy ishlar metodikasini shakllantirish va о‘tkazish.
- laboratoriya va amaliy ishlarni tashkil qilish va о‘tkazish metodikasi: texnik vositalar va amaliy metodlarning tavsifi, talabalarning bilimi, malaka va kо‘nikmalarini nazorat qilish mazmuni; mashg‘ulot rejasi, talabalarning ish joylari bо‘yicha taksimlash jadvali.
- mavzu bо‘yicha bilimlarni nazorat qilish: bilimlarni nazorat qilish xaqida tushuncha, bilimlarni nazorat qilish va baholashga qо‘yiladigan talablar; material bloklariga nazorat shakllarini tanlash va nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish.
3-Bob. Tajriba-sinov qismi.
- Ishlab chiqilgan metodikalarni sinovdan о‘tkazish;
- natijalarni umumlashtirish va tahlil qilish, ilmiy-nazariy xulosalar chiqarish.
Asosiy qism tuzilmasi tanlangan mavzuning xususiyatidan kelib chiqqan xolda о‘zgartirilishi va rahbar bilan kelishilgan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning xulosa qismida olib borilgan izlanishlar natijalari bо‘yicha umumiy xulosalar va tavsiyalar beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati muallif tomonidan pedagogik muammolarni о‘rganish darajasi bilan tavsiflanadi. Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxatiga ish matnida biografik izohlar qilingan manbalar kiritiladi va alfavit ketma-ketligida joylashtiriladi.
BMIning ilovalar qismida ishlab chiqilgan didaktik va boshqa materiallar, elektron о‘quv materiallariga doir disklar beriladi.
BMI ilovasi uning ixtiyoriy bо‘limi hisoblanadi. Undan quyidagi hollarda foydalaniladi:
- ishning nazariy yoki amaliy materiali katta bо‘lib, hajm jihatdan meyordan oshsa va ish о‘qilishini qiyinlashtirsa (sxemalar, ishlanmalar, jadvallar);
- qо‘shimcha materialni keltirish zaruriyati tug‘ilsa;
- qо‘shimcha ma’lumotnoma tavsifidagi materiallar keltirilsa.
Bitiruv malakaviy ishining matni quyidagi talablar asosida rasmiylashtiriladi:
BMIning tili. BMI davlat tili, rus va ingliz tillarida yozilishi mumkin. Xorijiy tilda himoya qilish uchun о‘quv ishlari bо‘yicha prorektorning ruxsatnomasi va tarjimon-о‘qituvchining bо‘lishi zarur.
BMIni bajarish. BMI A-4 (210x297mm.) formatdagi varoqlarda, oq varoqning faqat bir tarafida takdim etiladi. Rasmlar, jadvalar, chizmalarni A3 formatda keltirish mumkin.
Qulyozmaning umumiy hajmi jadvalar va rasmlar bilan 80 betdan oshmasligi kerak, ilova va adabiyotlar rо‘yxati bunga kirmaydi.
Kompyuterda qilingan ishning umumiy hajmi jadvalar va rasmlarni hisobga olganda 60 bet atrofid bо‘ladi.
Bosma quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- BMI matni WORD taxriri matnida shrift 14,Times New Roman, 1.5 intervalda, bitta betda 28-30 qator bо‘lib, 60-65 belgidan iborat bо‘ladi.
- Hoshiyalar: о‘ng tomon - 15 mm, chap tomon - 30 mm, yuqori va past tomonlari - 20 mm.
BMIning tuzilmaviy elementlarining ( mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati, ilovalar) va bо‘limlarning ( boblarning) sarlavhalari nomlanishi qatorning о‘rtasida, nuqtasiz, yozuv harflari bilan, tagiga chizmasdan joylashishi kerak. Sarlavhada sо‘zni kо‘chirmaslik kerak.
Har bir bob va bulim yangi varoqdan boshlanishi tavsiya etiladi. Bob va bо‘limlar arab sonlari bilan nomerlanadi. Bо‘limning nomlari bob va bо‘lim raqamlaridan iborat bо‘lib, nuqta bilan ajratiladi (masalan:2.1.) Bо‘lim va punktlarning sarlavhasi sо‘z boshidan boshlanib, harflarning tagiga chizilmaydi, oxiriga nuqta qо‘yilmaydi. Agar sarlavxa bir necha gapdan iborat bо‘lsa, ular nuqta bilan ajratiladi. Sarlavxalarda sо‘z kо‘chirishga yо‘l qо‘ymaslik kerak.
Ishning asosiy qismi va ilovalari sahifalarining tartib raqami ketma ketligi uzilmasligi kerak. Mundarijada BMIning har bir bо‘limi sahifalarining betlari kо‘rsatiladi.
Tushuntirish xatidagi namoyish qilinadigan material (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar, fotomateriallar va h.k.) aloxida oq varoqlarda bajariladi va matnga mos joylarda joylashtiriladi.
Rasm va chizmalar davlat standarlariga mos ravishda qora siyoh, tush yoki kompyuterdan foydalanilgan holda bajarilishi, bunda rangli tasvir, nuqtali fon, shtrixlardan foydalanish mumkin.
Namoyish qilinadigan materiallar matndan sо‘ng joylashtiriladi. Ularni aylantirmasdan qulay xolda yoki soat strelkasi bо‘yicha minimal aylantirgan holda kо‘rish mumkin bо‘lishi kerak. BMIda birga nomoyish qilinadigan materiallar rasm deb nomlanadi. Ular matnda joylashuviga qarab arab sonlari bilan qavssiz tartib bilan rakamlanadi. Avval bо‘lim nomeri kо‘rsatiladi sо‘ngra ushbu bо‘limdagi rasm yoki jadvalning tartib raqami kо‘rsatiladi.
BMIni himoyaga tayyorlash. Jadvalga asosan talaba ish bajarish vaqtida rahbari va kafedra mudiri oldida uning bajarilishi haqida ikki marta hisobot beradi. Kafedra mudiri bajarilgan ishlarning foizini aniqlab, ma’lumotlarni dekanatga taqdim etadi.
Berilgan tartibda rasmiylashtirilgan va tikilgan BMI talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar bajarilgan ishga qisqacha xulosa qilib, talabaning faoliyati, bajarilgan ishga baho beradi, uning tо‘g‘ri yechimlarini, ijobiy tomonlarini, kamchiklarini kо‘rsatadi.
Kafedra mudiri BMI ning tayyorgarlik darajasini aniqlaydi va oldindan himoya qilish vaqtini belgilaydi.
Ushbu himoya kafedrada bо‘lib о‘tadi. Oldindan о‘tiladigan himoyaga kafedra, dekanat a’zolari taklif etiladi. Ushbu himoyadan о‘tgan BMIga kafedra mudiri taqrizchini tayinlaydi.
Taqrizchi sifatida OTMning yetakchi о‘qituvchilari, fan nomzodlari va doktorlarini (ammo bitiruvchi kafeda a’zoci emas), bitiruv oldi amaliyoti о‘tkazilgan muassasa, tashkilot va korxonalarning yetakchi mutaxassislarni taklif qilish mumkin.
Taqrizchining xulosasi olingandan sо‘ng kafedra qarori bilan BMI himoyaga tavsiya etiladi.
BMIni himoya qilish. BMIni himoya qilish “О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim mussasalarini bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi tug‘risida”gi Nizomda belgilangan.
Himoya DAKning ochiq majlisida bо‘lib о‘tadi. Talaba о‘zining 10-12 daqiqa ichidagi ma’ruzasida quyidagilarni qisqa va lо‘nda ochib berishi kerak:
- ishning mavzusi, uning dolzarbligi, maqsadini, vazifalarini va amaliy ahamiyatini aytib о‘tishi;
- ilmiy mohiyatini ochib berishi: uni bajarish vaqtida olingan asosiy natijalar, tajriba-sinov о‘tkazish metodikasi.
Ma’ruza vaqtida talaba bajargan ish materialini erkin va anglagan holda taqdimot qilib berishi kerak.
Ma’ruza Power Point va Isprint dasturlaridan foydalanilgan holda, slaydlari bilan birgalikda olib borilishi lozim.
Talaba о‘z chiqishi davomida chizmalar, jadval, tarqatma material, turli texnik vositalar, video multimediyali texnologiyalardan foydalanishi mumkin.
Ma’ruza tugagandan sо‘ng talaba taqrizchilar tomonidan kо‘rsatilgan kamchiliklar yuzasidan chiqish qilishi hamda DAK a’zolarining savollariga javob berishi kerak. BMI himoyasi asosida natijalar 100 ballik reyting shkalasi yoki “ 5 baho”li tizim bо‘yicha baholanadi. Qoniqarsiz baho olgan talaba о‘rnatilgan tartibda akademik ma’lumotnoma asosida ishga yо‘llanma oladi. U qayta himoyaga 3 yil ichida bir marta bir yildan keyin qо‘yiladi. Himoyadan sо‘ng bitiruv malakaviy ishi OTMda (10 yildan kam bо‘lmagan holda) saqlanadi. Zarur hollarda BMIdan nusxa kо‘chiriladi (masalan, tanlovlarda qatnashish uchun va h.k), asl nusxasi esa OTMda saqlanadi.
Fanlardan kurs ishi yozish talabani bitiruv malakaviy ishini yozishga tayyorlab boradigan muhim bosqich hisoblanadi. Kurs ishini yozishdan maqsad quyidagilardan iborat: -talabalarni maxsus fanlarni о‘rganishi uchun normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-о‘quv adabiyotlarni izlab topish, о‘rganib chiqish hamda ularni jamlab xulosa qilish;
- mustaqil ta’lim olish faoliyatini jonlantirish;
- amaliy materiallarni tahlil qilish;
- faktlar asosida ratsional xulosa chiqarishni о‘rganish;
- dolzarb mavzuga taalluqli bо‘lgan yangiliklar, adabiyotlar va manbalardan foydalanish;
- bitiruv malakaviy ishlarini yozishga tayyorlash.
Kurs ishini tayyorlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- mavzu tanlash;
- mavzuga doir manbalar, adabiyotlarni izlab topish, о‘rganish, ularning bibliografik rо‘yxatini tuzish;
- muammo bо‘yicha mavjud materiallarni yig‘ish, о‘rganish, tahlil qilish;
- kurs ishi rejasini tuzish;
- rejaga muvofiq ravishda savollarni yoritib berish, tahlil qilish;
- о‘rganish va tahlil qilish natijasida paydo bо‘lgan xulosalarni tо‘g‘ri va batafsil bayonini izohlash;
- kurs ishida keltirilgan ma’lumotlarni keng va tushunarli tarzda tahlil qilish;
- ilmiy rahbar tomonidan kо‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish va takliflarni inobatga olish;
- kurs ishini tо‘g‘ri rasmiylashtirish;
- kurs ishini himoya qilish.
Keltirib о‘tilgan bosqichlardan eng asosiysi mavzu tanlash bosqichidir. Kafedrada mutaxassis fanlardan о‘quv rejada kо‘zda tutilgan kurs ishlari mavzulari dolzarb muammolardan kelib chiqib, kurs ishiga rahbarlik olib boradigan professor-о‘qituvchilar tomonidan taklif etiladi. Bunda albatta talabalar fikrlarini, ularning qiziqishlarini ham inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Ushbu jarayon о‘quv yilining 1 oktabrigacha davom etadi. Mavzular tasdiqlangandan sо‘ng, talabalar tomonidan tanlab olinadi. Bu sharoitda uzviylik tamoyilini hisobga olish muhim. Bajarilgan kurs ishlarini kelgusida bitiruv malakaviy ishi sifatida mantiqiy davom ettirish mumkin. Talabalar tomonidan e’lon qilinayotgan ilmiy maqola va tezislar ham kurs ishi, bitiruv ishi mavzusi doirasida bо‘lsa, talaba bir muammo ustida uzviy, uzluksiz tarzda izlanishlar olib boradi. Kelgusida esa bu jarayon uning ilmiy ishi mavzusini va mazmunini shakllantirishga katta zamin bо‘lib xizmat qiladi.
Kurs ishi yozish talabaning ilmiy dunyoqarash va salohiyatini kengaytiradi, mustaqil fikrlash, obyektiv xulosalar berish hamda analitik tafakkurini rivojlantiradi. Shu bois ushbu jarayonni tо‘g‘ri tashkil qilish va aniq loyihalashtirish muhim sanaladi. Bu talabaning ilmiy salohiyati va izlanuvchanlik qobiliyatini shakllantirib beruvchi asosiy jarayon hisoblanadi.
Ayni о‘rinda shuni ham qayd etib о‘tish joizki, talabalarning kurs ishi (loyihasi), malakaviy bitiruv ishi yoki dissertatsiyasini rо‘yxatga olish va saqlash tartibi tegishli meyoriy hujjatlar asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Kurs ishi (loyihasi), bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda har bir talaba uchun ajratiladigan soatlar professor-о‘qituvchilar shaxsiy ish rejasining “О‘quv ishlari” bо‘limida kо‘rsatiladi.
Kurs ishining hajmi tanlangan mavzuning qamrov darajasiga bog‘liq, ya’ni 35-40 sahifadan iborat bо‘lib, tarkibiy tuzilishi titul varag‘i, mundarija, kirish qismi, asosiy qism (3 yoki 4 ta reja), xulosa, adabiyotlar rо‘yxati hamda ilovalardan iborat bо‘ladi.
Kirish qismida kurs ishi mavzusining dolzarbligi asoslanadi, maqsadi va vazifalari, predmeti va obyekti 2-3 varaq hajmda aniq kо‘rsatiladi, asosiy qismning har bir savolini ochib berish uchun 8-10 betgacha olish mumkin, xulosa va adabiyotlar rо‘yxati har biri 2-3 varaqdan iborat bо‘ladi. Kurs ishi shakli A 4 format oq qog‘ozda chapdan 3 sm, yuqori va pastdan 2 sm va о‘ngdan 1,5 sm hajmda 14 kegel, Times New Roman shriftida, 1,5 intervalda yozilishi talab etiladi.
Kurs ishi talaba tomonidan ilmiy rahbar maslahati asosida mustaqil bajariladi, ish tugallangandan sо‘ng ilmiy rahbar tavsiyasi bilan mavzu doirasida soha mutaxassisidan taqriz olinadi. Tayyor kurs ishi taqriz bilan birgalikda kafedraga himoya uchun topshiriladi. Himoya kuni belgilangach, talaba 10-15 daqiqa davomida taqdimot-slayd asosida kurs ishini himoya qiladi.
Geografiya fanlarni о‘qitish natijalarini mustahkamlashda mustaqil ta’limning tutgan о‘rni. Auditoriyadan tashqari ishlar mazmuni, mustaqil ta’lim, tо‘garak, praktikum, trening, keys-stadi, kurs ishi, didaktik talab, tahlil qilish, malakaviy amaliyot, pedagogik amaliyot, bitiruv malakaviy ishi. Qaysi sohada bо‘lmasin, bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish - ta’lim muassasasida talaba faoliyatining eng ajralib turadigan xususiyati, mustaqil о‘qib, bilim orttirish asosi hisoblanadi. Ta’lim tizimida mustaqil bilim olish, nazorat qilish mustaqil ta’lim olishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Mustaqil bilim olishda avvalo, talabalarda mustaqil ishlashga, erkin, ijodiy faoliyat yuritishga va eng asosiysi mustaqil fikrlashga ehtiyojni shakllantirish lozim.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi - о‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan о‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bо‘lgan bilim va kо‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
- fan bо‘yicha yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta о‘zlashtirish kо‘nikmalariga ega bо‘lish;
- fan bо‘yicha kerakli ma’lumotlarni izlab topish, qulay usullari va vositalarini aniqlash;
- mavzuga tegishli axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;
- fan bо‘yicha an’anaviy о‘quv va ilmiy adabiyotlar, meyoriy xujjatlar bilan ishlashga о‘rgatish;
- fan bо‘yicha elektron о‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlashga о‘rgatish;
- Internet tarmog‘idan maqsadli va ratsional foydalanish;
- mavzu bо‘yicha berilgan topshiriqning ratsional yechimini belgilash;
- mavzu bо‘yicha topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish.
Mustaqil ta’lim о‘qituvchi tomonidan belgilangan kafedra yig‘ilishida tasdiqlangan topshiriqlar asosida talabalar tomonidan о‘quv rejada ajratilgan soatlar hajmiga kо‘ra referat yoki ishlanmalar kо‘rinishida amalga oshiriladi.
Talabalar mustaqil ishni maxsus fanlar xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi boshqa shakllaridan foydalanib bajaradi:
• Taqdimot (tanlangan mavzu asosida);
• Geografiya fani bо‘yicha о‘quv-didaktik materiallar tayyorlash;
• Mutaxassislik fani bо‘yicha mashg‘ulotlar ishlanmalarini loyihalashtirish;
• Keyslar va videokeyslar bankini yaratish;
• Keys-stadi asosida yaratilgan muammoli vaziyatlarni yechimini izlash va tahil qilish;
• Ijodiy topshiriqlar ustida ishlash.
Mustaqil ta’lim mazmuni tanlangan mavzuga mos bо‘lishi kerak. Uni bajarish tarkibida quyidagilarga e’tibor beriladi:
Titul varag‘i, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyot va manbalar rо‘yxati, ilova (internet tarmog‘idan olingan ma’lumotlar, amaliy materiallar nusxasi, dars ishlanmasi va boshqalar).
Mazmunida: ta’lim yо‘nalishi dasturida tavsiya qilingan adabiyotlarni mutolaa qilish, mutaxassislik fanlarida innovatsiyalardan foydalanish, multimediya darsliklari, talaba individual ishlashda analitik kо‘nikma, mustaqil fikrni asoslash kо‘nikmasi, internetda mavzuga oid ma’lumotlarni izlash va mutolaa qilish, guruh oldida taqdimotlar qilish, “Insert” texnikasi asosida material tayyorlash, tarqatma materiallari, texnologik xaritasini tayyorlash, psixologik treninglar bankini yaratish, mustaqil ta’limda an’anaviylik va innovatsiyalar bо‘lgani maqsadga muvofiq.
Mustaqil ta’limga tegishli ishlarning mazmuni va shakli yо‘nalish tarkibidagi maxsus fanlar xususiyatlarini hisobga olib kengayishi va о‘zgarishi mumkin.
Har bir OTM rahbariyati talabalarning mustaqil ta’lim olishlari, mustaqil ishlarni о‘z vaqtida, sifatli bajarishlari uchun zarur axborot manbalari, kompyuter texnikasi va Internet xalqaro axborot tarmog‘idan samarali, maqsadli foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishi lozim. Talabalarning mustaqil ta’limiga rahbarlik qilish kafedrada tuzilib, fakultet dekanati tomonidan tasdiqlanadigan maslahat (konsultatsiya)lar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Maslahat uchun ajratilgan soatlari guruhlar jurnallarida qayd etib boriladi. Talabalarning mustaqil ishlarini nazorat kilish о‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Mustaqil ishlarning bajarilishi tegishli fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos ravishda reyting tizimi (ballar) asosida yoki “baholi” tizimda baholanadi.
О‘quv va mutaxassislik fanlari bо‘yicha talabalarning mustaqil ishlarni tayyorlashga qaratilgan faoliyatlari muntazam ravishda talabalar guruhlari, tegishli kafedra yigilishlari va fakultet Kengashlarida muhokama etib boriladi, har bir mustaqil ish kafedra arxivida rо‘yxatga olinadi va о‘quv yili mobaynida saqlanadi.
Auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy va barqaror turlariga ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, talabalarning mustaqil ishlari kiradi. Mustaqil ta’limning asosiy maqsadi – darsda о‘zlashtirilgan BKMni kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni yoddan chiqarishning oldini olish, talabalarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
Talabalarning mustaqil uy ishlari quyidagi didaktik talablarga javob berishi lozim: darsda о‘zlashtirilgan BKMni mustahkamlash, auditoriyada ishlab chiqilgan о‘quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil bajarish kо‘nikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari, statistik ma’lumotlar kabi о‘quv qо‘llanmalarini tо‘plash, tayyorlash va boshqalar.
Darsda darsning quyidagi yordamchi turlaridan ham foydalaniladi:
Fan tо‘garaklari yо‘nalishi, mazmuni, ish metodi, о‘qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular talabalarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, о‘qishga bо‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.
Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bо‘lishi mumkin. О‘quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bо‘yicha ham rejalashtiriladi.
Ular talabalarning istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Fakultativ va fanlarni rо‘yxatini aniqlashda faqat talabalar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va OTM imkoniyatidan kelib chiqiladi.
Odatda, talabalarning ma’lum о‘quv materiali yoki topshirig‘i ustida mustaqil ishlashlari ularda maslahat (konsultatsiya)ga nisbatan ehtiyojni yuzaga keltiradi.
Maslahatni tashkil etish vaqtida asosan talaba savol beradi. Tо‘g‘ri tashkil etilgan konsultatsiya talabalarga о‘quv materialini egallashda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Maslahat davomida pedagog talabalar faoliyatini u yoki bu masalani tо‘g‘ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, о‘rganilayotgan materialning mohiyatini ochishga о‘rganadigan qilib yо‘naltiradi.

Yüklə 104,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin