Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


XULOSA…………………………………………………………………………49 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



Yüklə 104,23 Kb.
səhifə2/13
tarix22.12.2023
ölçüsü104,23 Kb.
#189249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistr-hozir.org

XULOSA…………………………………………………………………………49
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………….50

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan sо‘ng har bir soxada tub о‘zgarishlar amalga oshirildi. Shu jumladan ta’lim sohasida ham “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar asosini tashkil etadi. Mazkur dasturda ta’lim sifati va samarodorligini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimining uzviyligini ta’minlash, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash, milliy tizimni yaratish kо‘zda tutilgan. Bu borada Respublikamizda katta amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlariga mos yuqori malakali о‘qituvchilarni tayyorlshda о‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish muhim о‘rin tutadi. Xususan, geografiya ta’limi о‘qituvchilarni tayyorlashda mustaqil ishlarning innovatsion shakl va metodlaridan foydalanish, bunga misol bо‘la oladi..
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar mustaqil ishlashning ta’lim mazmunini ishlab chiqish va uni tashkil etish, hamda amalga oshirish usullarini takomillashtirish borasida ilmiy-pedagogik izlanishlar olib borish lozim.
Albatta, hozirgi kunda kо‘pgina oliy ta’lim muassasalarida talabalarning nazariy va amaliy mustaqil ta’lim olishlari uchun katta imkoniyatlar mavjud. Biroq о‘quv-tarbiya jarayonida talabalarda mustaqil ishlash uchun kо‘nikma va malakalarini shaklllantirish masalasiga dolzarb pedagogik muammo sifatida qaralmaydi, mustaqil ishlash mazmunini tahlil etish va ishlab chiqarishga zamonaviy yondashilmaydi. Uning samarali metod, shakl va vositalaridan foydalanishga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Oliy ta’lim muassasalarida mehnat ta’lim о‘qituvchilarni tayyorlashda talabalarning mustaqil ishlashini tashkil etish, amalga oshirish, nazorat qilish borasida qator pedagogik muammolar mavjudligini bildiradi.
Bо‘lajak mutaxassis uchun oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish jarayoni – bu insonda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishda kasbiy jihatdan ahamiyatli sanalgan sifat, bilim, kо‘nikma va malakalarni rivojlantirish hamda о‘z-о‘zini takomillashtirishning eng maqbul davridir. Talaba ushbu jarayonda bilimlarni jamlash, saqlash, uzatish, ularning mantiqiy tuzilmasini yaratish va istiqbolda kasbiy faoliyatini tashkil etishda ularni samarali qо‘llash kabi holatlarni о‘zida mujassam ettiradi. Pedagogik-psixologik faoliyat bilan bog‘liq qarash, qadriyat hamda motivatsiyalar mohiyatan о‘zgarib takomillashib boradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ta’lim tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlash borasida respublikamizda katta amaliy ishlar qilingan. Mazkur masalalarni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan о‘rganish:
- geografiya ta’limi jaryonida talabalarning mustaqil ishlashga bо‘lgan ehtiyojlarini e’tiborga olish va mustaqil ta’lim olishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratib berish zarurati;
- talabalar mustaqil ishlashlarini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilish bо‘yicha kasbiy-pedagogik tayyorgarligining zamon talablari darajasida emasligi;
- geografiya ta’limi о‘qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ishlashning bilim, kо‘nikma va malakalarining shakllanmaganligi;
- talabalarni mustaqil ishlarini tashkl etish, amalga oshirish va nazorat qilishga oid о‘quv-metodik adabiyotlar, tavsiyalar, ishlanmalar, yо‘riqnomalar yetarli emasligi va boshqa muammolar ilmiy- tadqiqot mavzusining dolzarbligini kо‘rsatadi.
Kuzatuvlar, ilmiy izlanishlar, fan, texnika va texnologiyalar taraqqiyotining hozirgi bosqichida geografiya ta’limi о‘qituvchilarini tayyorlashda quyidagi nomutanosiblik va nomuvofiqliklar mavjudligini kо‘rsatadi. Bular:
- kasbiy faoliyatning turli yо‘nalishlarida talabalarning mustaqil ishning shakllariga bо‘lgan ehtiyoji va ijtimoiy zaruriyatning tо‘la qondirilmayotganligi;
- geografiya ta’limida о‘qituvchilarining mazkur yо‘nalishdagi о‘quv-tarbiyaviy ishlarini takomillashtirish uchun yetarli darajada kasbiy-pedagogik tayyorgarlikka ega emasliklari;
- bо‘lajak geografiya ta’limi о‘qituvchilarining kasbiy shakllanishida mustaqil ish uchun kо‘nikma va malakalarining yetarli emasligi bilan tavsiflanadi.
Yechimini kutayotgan mazkur vazifalar kurs ishi mavzusini belgiladi va mavzuning dolzarbligini tasdiqlaydi.



Yüklə 104,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin