Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo


II BOB. ILMIY TADQIQOTLARNI TASHKIL ETISHDA MUSTAQIL ISHLAR VA ILMIY MAQOLALARNI FOYDALANISH METODIKASI



Yüklə 104,23 Kb.
səhifə5/13
tarix22.12.2023
ölçüsü104,23 Kb.
#189249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistr-hozir.org

II BOB. ILMIY TADQIQOTLARNI TASHKIL ETISHDA MUSTAQIL ISHLAR VA ILMIY MAQOLALARNI FOYDALANISH METODIKASI.
2.1. Mustaqil ishning bajarish tartibi, mazmuni, mustaqil ishga qo’yiladigan talablar va ularning turlari
Hozirgi kunda ilmiy va o‘quv adabiyotlarda “mustaqil ish”, “mustaqil ta’lim olish”, “o‘zini tarbiyalash”, “mustaqil o‘qish” kabi tushunchalardan sinonimlar sifatida foydalanilmoqda. “Pedagogika fanidan izohli lug‘at”da “mustaqil ta’lim”, “mustaqil ish” tushunchalari bir xil ma’noni anglatib, olingan bilim, ko‘nikma va malakani mustahkamlash, qo‘shimcha materiallni o‘rganish maqsadidagi o‘quv shakli deb qaraladi.
Mustaqil ish – nazariy bilim va amaliy faoliyat kо‘nikmalarini о‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan omil sifatida oliy pedagogik ta’lim muassasalari talabalarining mehnat ta’limi о‘qituvchilarini tayyorlash ijobiy yakunlanishini ta’minlaydi.
Mustaqil ta’limni 3 ta turga ajratish mumkin: mustaqil ish, mustaqil ta’lim (o‘rganish) va ochiq hamda distant kurslarda shug‘ullanish. Mustaqil ish sinf xonasi yoki auditoriyada bajarilib, unda o‘tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar o‘qituvchi rahbarligida bajariladi. Shuningdek, o‘quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va tajriba ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va boshqalar ham mustaqil ish tarzida bajarilishi mumkin.
Mustaqil ta’lim (o‘rganish) auditoriya va sinfdan tashqarida bajariladi. Unda ijodiy va ilmiy tadqiqot tavsifidagi ishlarni bajarish hamda bilim egallash uchun axborot izlash, yig‘ish, tahlil qilish, taqqoslash hamda xulosalash kabi faoliyatlar mustaqil amalga oshiriladi. Mustaqil bilim olish ma’lum maqsadga yo‘naltiriladi va oliy o‘quv yurtlari talabalari amalga oshirishi lozim bo‘lgan o‘quv faoliyatidir.
Ochiq va distant kurslarda shug‘ullanish esa masofaviy bo‘lib, undan rivojlangan g‘arb mamlakatlarida Keng qo‘llanilmoqda. Mazkur tur ta’lim oluvchi qiziqishi va intellektual salohiyatini hisobga olingan individuallashgan ta’lim berishdir.
Maktabda o‘quvchilar mustaqil o‘quv faoliyatini samarali amalga oshirish uchun quyidagi mezon va talablarga rioya etish talab qilinadi:
- mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil qilishga tizimli yondashish;
- uning barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
- topshiriqlarning bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
-mustaqil faoliyatning o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratish va takomillashtirib borish.
Biz ushbu bitiruv-malakaviy ishda maktab geografiya ta’limida o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishning usul va vositalarini o‘rganishga harakat qildik.
Mustaqil ish, avvalo, o‘qituvchidan, shuningdek, o‘quvchilardan muayyan tayyorgarlikni talab etadi. Mustaqil ishga o‘quvchilarni dars jarayonida oddiy, elementar ishlardan asta-sekin murakkablashtirib o‘rgatib borilishi lozim.
Geografiya fani o‘qituvchisi o‘quvchilarni dastlab darslikda berilgan matn, savol va topshiriqlar, diagramma va jadvallar, chizmalar bilan ishlashga, xaritani o‘qiy olish va undan mustaqil foydalana olishga, rasm va chizmalar bilan ishlashga, qo‘shimcha ma’lumotnoma va lug‘atlar, geografik atlaslar oxiridagi nomlar ko‘rsatkichidan foydalanishga o‘rgatishi lozim. Yuqorida sanab o‘tilgan ko‘nikma va malakalar shakllantirilgach, mustaqil ish topshiriqlarini murakkablashtirib, tabiat hodisalarini kuzatish, kuzatish natijalarini ishlab chiqish, muayyan geografik ob’ektga reja asosida tavsif berish, darsliklar asosida konspekt tuzish ko‘nikmalariga o‘rgatib boriladi va yanada murakkabroq mustaqil ish topshiriqlarini tavsiya etish mumkin.
Agar o‘quvchilar mustaqil ishlarni bajarishga oid yetarli tayyorgarlikka, bilim, ko‘nikma va tajribalarga ega bo‘lmasalar, ular mustaqil ishlarni bajarishda qiynaladilar, natijada kutilgan samaraga erishish qiyin bo‘ladi.
O‘quvchilar bajaradigan mustaqil ishlarga quyidagi uslubiy talablar qo‘yiladi:
  1. Mustaqil ish o‘quvchilar qobiliyati va tayyorgarligiga mos, ular bajara oladigan, ayni vaqtda ularni fikrlash qobiliyatini, ijodiy tashabbusini rivojlantiradigan bo‘lishi kerak.


  2. O‘quvchilarning mustaqil ishlari ilgari egallangan bilim, ko‘nikma, shuningdek, tajribadan foydalanishni taqozo etadigan hamda ularni yanada rivojlantiradigan bo‘lishi lozim.


  3. Mustaqil ishlarning mazmuni va turini tanlashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, ularning tayyorgarligiga va individual xususiyatlariga mos kelishi shart.


  4. Mustaqil ishlarning mazmuni xilma-xil va qiziqarli bo‘lishi nazarda tutilishi kerak. Ishning natijasi o‘quvchilarga yangilik berishi shart.


  5. Har bir mustaqil ish natijasi o‘z vaqtida tahlil qilinishi, muhokama qilib, baholanishi, mustaqil ish natijalari esa ta’lim jarayonida foydalanilishi maqsadga muvofiq.


O‘quvchilarning geografiya darslarida mustaqil ish bajarishdagi faolligi, ishning samarasi ko‘p jihatdan boriladigan topshiriqqa ham bog‘liq. O‘quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirish va masalalarni mustaqil bajarishga o‘rgatishda geografiya kurslari bo‘yicha bajariladigan mustaqil ish topshiriqlariga muayyan talablar qo‘yiladi. Ular quyidagilardan iborat:


  1. Muhim tushuncha, sabab-oqibat, bog‘lanishlar, dunyoqarash g‘oyalarini aks ettirishga, ya’ni fan oldiga qo‘yilgan vazifalarni, ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarini bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.


  2. Topshiriqlar bilimlarning barcha komponentlari (umumiy va xususiy tushunchalar, sabab-oqibat bog‘lanishlar, qonuniyatlar, faktlar, tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’sir masalalari, ta’lim va aqliy faoliyat usullari)ni qamrab olgan bo‘lishi lozim.


  3. Ta’limning turli bilim manbalari va vositalari - turli mazmundagi kartalar, darsliklar, raqamli ma’lumotlar, qo‘shimcha adabiyotlar (gazeta va jurnallar, ilmiy-ommabop adabiyotlar) bilan birga, rasmlar, fotosuratlar, kompyuter va ekranli qo‘llanmalar, foydali qazilma namunalari, gerbariylar, statistik ma’lumotlar va boshqalar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishni ta’minlashi lozim.


  4. O‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini rivojlantirishi, mustaqil va ijodiy fikrlashiga imkon berishi lozim.


  5. O‘quvchilarning geografiya faniga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish lozim.


Mustaqil ishlarni bilim tarkibi (komponentlari) bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda ishlab chiqiladi:


    1. Umumiy tushunchalarni shakllantirish;


    2. Xususiy tushunchalarni shakllantirish;


    3. Geografik bilimlarni shakllantirish;


    4. Geografik ko‘nikmalarni shakllantirish;


    5. Geografik faktlar bilan ishlashga o‘rgatish;


    6. Sabab-oqibat bog‘lanishlarni aniqlashga o‘rgatish.


    7. Geografik qonuniyatlarni shakllantirish;


    8. O‘quv faoliyati (ish) usullarini shakllantirish.


Geografiya ta’limida tashkil etiladigan mustaqil ishlar quyidagi didaktik maqsadlarni amalga oshirishi lozim:


  1. Tayanch bilim va ko‘nikmalarni tiklash;


  2. O‘rganilgan o‘quv materillarini mustahkamlash;


  3. Yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash;


  4. Bilim va ko‘nikmalarni tizimga solish.


Xulosa qilib aytganda, mustaqil ishlar katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mustaqil ish o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantiradi, o‘rganilgan masalani chuqurroq o‘ylashga, uning eng muhim qismini izlashga, yakun yasab, xulosalar chiqarishga imkon beradi. Pedagog va psixologlarning fikricha, mustaqil ishlarsiz ongli va mustahkam bilim berish, tegishli ko‘nikma va malakalarni hosil qilish hamda mustaqil bilim olishni ta’minlab bo‘lmaydi. Jamiyat taraqqiyoti, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda, maktabda egallangan bilimlar ko‘p o‘tmay eskirib qolishi hech gap emas. Binobarin, mehnat faoliyati davomida o‘z bilimlarini muttasil to‘ldirib, boyitib borish taqozo etiladi. Bunga muttasil ravishda o‘z bilimlarini to‘ldirib, boyitib borish, o‘z ustida mustaqil ishlash bilangina erishish mumkin.


Sinab o‘tilgan o‘quv tarbiya shakllarining hech biri umumiy emas. Biri ikkinchisini o‘rnini bosa olmaydi. Ularning har birini o‘z o‘rni bor, o‘ziga xos ahamiyatga ega. Shu bilan birga ular bir – biriga bog‘liq, biri ikkinchisini mantiqiy ketma – ketligini taqozo etadi.
Mustaqil ishlar o‘quvchilarning o‘quv faoliyatida turli didaktik masalalarni hal etishda, nazariy bilimlarni shakllantirishda, geografik qonuniyatlarni aniqlashda, bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda amalda tadbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil ishlarning samarasi o‘quvchilarning tayyorgarligiga, o‘qituvchining ijodiy faoliyati, pedagogik mahorati, tajribasi va bilim darajasiga bog‘liqO’quvchi tomonidan mustaqil ishini muvaffaqiyatli bajarish ko’p jihatdan mavzuni ijodiy ishlab chiqish va tanlab olishga bog’liqdir. O’quvchi o’z ilmiy va amaliy qiziqishlarini hisobga olgan holda mustaqil ishi mavzusini kafedra tomonidan tuzilgan va tasdiqlangan mustaqil ishi mavzularining ro’yxati ichidan mustaqil ravishda tanlab olishi kerak.

Yüklə 104,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin