6-7 yoshga kelib, bolalaming 20% gacha g ‘oyalarni
mustaqil
o'ylab topishga va ulami amalga oshirish rejasini tasavvur qilishga
qodir. Tasavvuming rivojlanishiga bolalar faoliyatining barcha turlari,
xususan, tasviriy, qurilish, o ‘yin, badiiy asarlarni idrok etish, multfilmlar
yaratish va tomosha qilish hamda bolaning bevosita hayotiy tajribasi
ta'sir ko ‘rsatadi.
Turli xil faoliyat jarayonida bola shaxsi va uning bilish jarayonlari
rivojlanadi. 0 ‘z xatti-harakatlarini oldindan belgilangan maqsadga
bo‘ysundirish, uni amalga oshirish y o ‘lida yuzaga keladigan to ‘siqlami
yengib o ‘tish qobiliyati, shu jumladan darhol paydo boladigan
istaklardan voz kechish - bulaming barchasi irodaviy xulq-atvorini
bolani maktabga borishga tayyorligining eng muhim sharti sifatida
ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: