nozik
harakatlanishni
(motorikani)
rivojlantiradi va ijodiy qobiliyatni nam oyish etishga imkon beradi.
46
Tarbiyachilarning vazifasi -
bolalaming muloqotga kirishishga
bo‘lgan qiziquvchanligini rag‘bat-
lantiruvchi muhitni yaratish va
bolalaming o ‘zgaruvchan ehtiyoj-
lariga qarab, o ‘z vaqtida kerakli
sharoitlami moslashtirgan xamda
ulami kuzatishdan iborat.
Individual yoki kichik guruhlar
uchun topshiriqlar ota-onalar bilan
suhbatlashgandan so‘ng, qaysidir
ko‘nikmalarga
alohida
e’tibor
berish uchun ishlab chiqiladi. Ota-
onalar va oilaning boshqa a’zolari
faoliyatlarini
kuzatishga
kelar
ekanlar, ular o ‘z farzandlarida
ishtiyoqning ortib borayotganligini, intilishning o ‘sayotganligin his
etadilar va ta’lim jarayoni qanday ketayotganligini, kelajakda bilimli,
ijodkor kishilar bo‘lish uchun bolalar qanday o ‘zaro muloqot
qilayotganliklari, hamkorlikda hamfikr b o iib faoliyat olib borayotgani,
izlanishlari, erkin tanlov asosida faoliyatni amalga oshirishi bilim
hamda ko‘nikmalami egallab borishini guvohi boiadilar.
Syujetli-rolli o ‘yinlar va sahnalashtirish markazida mustaqil o ‘yin
faoliyati mobaynida tarbiyachi bolalarda mustaqil kommunikativ
faoliyatni shakllantiradi. Bolalarda so‘z boyligi va ta’limiy faoliyatlarda
olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. 0 ‘yinlarda tarbiya
chining ishtirok etishi kommunikativlikni, nutqiy muloqot madaniyatini
tarbiyalashga yordam beradi.
Qurish-yasash,
konstruksiyalash
va
matematika
markazida
qurilishga oid o ‘yinlami tashkil etish jarayonida tarbiyachi bolalar uchun
qiyin b oig an so‘zlaming (sifatni, miqdomi, hajmni va narsalaming
fazoda joylashuvini, necha qismdan iborat ekanligini belgilash va shu
kabilar) katta gumhini aniqlashtiradi, faollashtiradi.
Til va nutq markazida
so‘zli didaktik o ‘yinlar yordamida bolalarda
atrof-olam haqidagi bilimlar mustahkamlanadi, lug‘at mustahkamlanadi,
aniqlashtiriladi
va
faollashtiriladi.
Didaktik
o ‘yinlar
muloqot
ko‘nikmalarni mashq qilishda qoilaniladi.
Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan
imkoniyatlar yaratadi.
Maishiy faoliyat kommunikativ faollikni
47
rivojlantirish vositasi b o iib xizmat qilishi
uchun pedagog uni boshqarishi lozim.
To4g ‘ri tashkil etilgan maishiy faoliyat
jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnas-
tika, sayr va hokazo), ya’ni agar pedagog,
ayniqsa
kichik
guruhlar
tarbiyachisi
maishiy buyumlar nomlarini, ulaming
qismlari,
sifati,
xususiyati,
qo‘llanish
maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan
tegishli harakatlami amalg
a oshirsa va
buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa,
bolalaming muloqotchanligi rivojlanadi.
Dastur
asosida
tashkil
etiladigan
rivojlantiruvchi markazlarda bolalaming
quyidagi qobiliyatlari tarkib topadi:
- o ‘zgarishlarni qabul qilishi;
-tanqidiy dunyoqarashi va fikrlashi;
-erkin tanlashni amalga oshirish;
-muammolami hal eta olish;
- ijodiy tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish;
-odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-olam to‘g ‘risida g‘amxo‘rlik
qila olish malakasining shakllanishi;
- ilk bunyodkorlik qobiliyatlarini tarkib topishi;
-tabiiy-ilmiy tushunchalami anglashi;
-kichik tajribalar olib borishi va yangiliklami kashf etishlari;
- o ‘z xohish va istaklarini namoyon eta olishi imkoniyati yaratiladi.
Bunda tarbiyachilar
bola rivojlanishi qanday kechayotganligi
to‘g ‘risida uning erkin faoliyatini muntazam kuzatishlari, aniq
tasavvurga ega bo‘lishlari, buning uchun esa ulami doimiy ravishda
nazorat qilib borishlari juda muhimdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalaming kommunikativ
kompetensiyalarini shakllantirishda “Til va nutq markazi” eng asosiy,
mazmunli va serqirra markazlardan biridir. Ushbu markazda bolalar
dastur asosida berilgan mavzular bo‘yicha mustaqil faoliyat olib
boradi lar.
“Til va nutq markazi”da bolalar faoliyatini har bir yosh guruhlarda
shunday rejalashtirish kerakki, ular o‘z xohishlariga ko‘ra mustaqil
tanlash imkoniyatiga ega bo‘lsin. Ushbu markazda
bolalar kitoblar
haqida taassurotlarini boyitishi, uni eshitishi va tinglashi hamda yozish
48
uchun o ‘quv qurollari mavjud boiadi.
Bu tinch burchak ko‘rinishida bo‘lib,
markazda bolalar kitoblami birma-bir
ko‘rib chiqishlari, rasmlarga qarab
o ‘qib berishlari mumkin. Shuningdek,
bu yerda tarbiyachi yoki ko‘ngilli
yordamchi bolalarga kitobni ovoz
chiqarib o ‘qib berishi mumkin. Unda
bolalarga kitobchalami o ‘z qo‘llari
bilan yasash, mavzu(syujet)lami o ‘ylab topish, hikoyalar eshitish taklif
etiladi.
Shuningdek, “Til va nutq markazi”da tarbiyalanuvchilarga quyidagi
adabiyotlardan namunalar tavsiya etiladi:
- o ‘zbek bolalar adabiyoti
- jahon bolalar adabiyoti
- badiiy adabiyot namunalari
- ikkinchi til o ‘rganishga oid kitoblar
- rasmlar asosida yaratilgan kitoblar
- bolalar uchun suratli albomlar
- savodxonlikka chorlovchi kitoblar.
Shuningdek, “Til va nutq markazi”ga yuqoridagi adabiyotlar
namunalari
asosida mazmunli
va qiziqarli
bolalarbop
kitoblar
joylashtiriladi. Dastur mavzulariga mos tarzda ketma-ketlikda bolalar
kitoblar haqida ilk bilimlari va malakalarini boyitib boradilar.
M aktabgacha yoshdagi bolalar hali o ‘qish va yozishni bilmaydilar.
Lekin
ularda o ‘qish, yozishga bo‘lgan ishtiyoq kuchli. Chunki
maktabgacha yosh davri bolalaming qaynoq o ‘sish va rivojlanish
davridir.Ularda energiya zahirasi har daqiqada ko‘payadi. Shunday ekan,
bolalami aynan shu davrdanoq oilada va muassasada kitob haqida to ‘liq
tushuncha va tasavvurlarini hosil qilish, kitobga nisbatan mehr-
muhabbat uyg‘otish, uni asrab-avaylashga o ‘rgatish, eng muhimi, kitob
o ‘qishga ishtiyoqini, layoqatini tarbiyalashdan iboratdir.
“Til va nutq markazi”da bolalar o ‘qish va yozish ko‘nikmalarini
shakllantirib boradilar. Bolalarda o ‘qish va yozishga ishtiyoq kitoblami
varaqlab, undagi suratlami k o ‘rib chiqish, k o ‘rgan suratlari asosida
kichik hikoyalar tuzishi orqali rivojlanadi.
Bolalar “Til va nutq markazi”da mustaqil hikoya tuzishda va uni o ‘z
nutqida ayta olishi uchun quyidagi hikoya qilib berish turlarini keltirib
o ‘tish maqsadga muvofiqdir.
49
1. Tanish ertak va hikoyalami qayta hikoya qilib berish.
2. M ashg‘ulotlarda birinchi marta o ‘qib berilgan hikoya va aytib
berilgan qisqa hikoyalami qayta hikoya qilib berish.
3. K o‘rib turgan narsa buyumlar: o ‘yinchoqlar, mebel jihozlari,
kiyimlar, o ‘simliklar va hokazolar bo‘yicha tasviriy hikoya tuzish.
4. Syujetli-rolli, voqeaviy rasmlar bo ‘yicha tasviriy hikoya tuzish.
5. Bolalar o ‘z tajribalari asosida xotiradan hikoya qilib berish.
6. Bolalar mustaqil ijodiy hikoya to ‘qishga o ‘rganadi.
Yuqoridagi hikoya qilib berish turlari asosida maktabgacha
yoshdagi bolalar “Til va nutq markazi”da o ‘zlari mustaqil kichik
hikoyalar tuzishga, yaratishga, to ‘qishga o ‘rganadilar. Kichik jam oa
tarzida va yakka holda bolalar tuzgan hikoya va ertaklarini, yod olgan
she’rlarini
tarbiyachiga
aytib
beradilar.
Bundan
ko‘rinadiki,
maktabgacha yosh davridan bolalar nafaqat m ashg‘ulotlar davomida
balki “Til va nutq markazi”da mustaqil ravishda o ‘zining o g ‘zaki ravon
nutqini rivojlantirib boradi. Eng muhimi, kelgusida maktabda o ‘qish
faoliyatiga chin m a’noda tayyor bo‘lib boradi.
Dostları ilə paylaş: |