53
tanlagan o‘yinchog‘ini guruhdagi bolalarga shunday tasvirlab borishi kerakki, u
tasvirlagan bolani qolganlar anglab olsin.
13. “Juft so‘zlar” o‘yin metodikasi
Maqsad:
og‘zaki bog‘langan nutq rivojlanganlik darajasini, ko‘rish idrokini,
diqqatini
rivojlanish
darajasini,
kuzatuvchanlik,
xotirasini
rivojlanish
darajalarini tekshirish.
Jihoz:
predmetli rasmlar to‘plami.
Ko‘rsatma:
Bolaga bir necha so‘zlarni
eslab qolishni taklif etiladi, (5-6
tadan boshlash mumkin) har birini boshqa so‘z bilan juft holda beriladi. Dastlab
so‘zlar predmetli rasmlar bilan mustahkamlangan tarzda va ma’nosi jihatdan
o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Masalan, siz bu kabi juftlarni aytasiz:
mushuk-sut,
mashina-g‘ildirak, stol-dasturxon va shu kabilar va boladan har bir juftning
ikkinchi so‘zini eslab qolish so‘raladi. Keyin juftning birinchi so‘zini
aytasiz
bola esa ikkinchi so‘zni eslashi va aytishi lozim. Topshiriqni sekin-asta rasmlar
bilan mustahkamlamasdan, juft so‘zlar miqdorini ko‘paytirish
va mazmunan
bog‘lanmagan juft so‘zlarni tanlab berish bilan qiyinlashtirib boriladi.
14. “Bekinmachoq” o‘yin metodikasi
Maqsad:
ko‘rish idrokini, diqqatini, kuzatuvchanlik, xotirasini rivojlanish
darajalarini, ko‘makchilarni tushunish darajasi,
nutqning grammatik tomonini
shakllanish darajasini tekshirish.
Dostları ilə paylaş: