60
II bob bo‘yicha xulosa
Tadqiqotimizning ta’kidlovchi bosqichini
amalga oshirish natijasida
maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda bir qator ikkilamchi nutq
kamchiliklari ko‘zga tashlandi. Ta’kidlovchi tadqiqot
natijalarini tahlil etish
asosida aqli zaif bolalarni nutqini shakllanishi orqada qolishi bilan birga nutqga
ehtiyoj tug‘diruvchi omillarni ham shakllanmaganligi ko‘zga tashlandi.
Jumladan, mo‘ljal olish xatti-harakatlarini shakllanmaganligi,
atrofdagilarga
qiziqishni va predmetli faoliyatni rivojlanmaganligi. Mazkur barcha muhim
omillar nutqni mazmuniy tomonini hamda grammatik
qurilishini rivojlanishiga
negiz bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, bolalarda kattalar nutqiga taqlid sust
tarzda namoyon bo‘lishi kuzatildi. Ko‘p hollarda bolalar vaziyatli
ko‘rsatmalarga javob reaksiyasini ko‘rsatmadilar,
qaratilgan nutqni ohangiga
e’tibor qaratib, mazmuniga diqqat qilmadilar.
Tadqiqotga jalb qilingan bolalar juda ham qo‘zg‘aluvchan va
tormozlanuvchi ekanligi, diqqatlarining tarqoqligi
va qiziqishlarining pastligi,
intilishning kuchsizligi aniqlandi. Bolalarda o‘yin davomida diqqatsizliklari,
xotira va kuzatuvchanlikni
sust rivojlangani, sabab-oqibat munosabatlarni
tushunishni qo‘pol buzilganligi kuzatildi. Bularning barchasi bizga maktabgacha
yoshdagi aqli zaif bolalarning nutqini didaktik o‘yinlar asosida rivojlantirishga
qaratilgan korreksion – rivojlantiruvchi ishlar
mazmunini ishlab chiqish
zarurligini ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: