103
keladigan e’tiqodini, mehnatga, ijtimoiy, shaxsiy mulkka munosabatini, jamoa va
uning a’zolariga bо‘lgan ijobiy munosabatlarini, badiiy didini, iqtisodiy, jismoniy,
axloqiy, milliy madaniyatini tarbiyalashdan iboratdir. Ta’lim berish bilan birga
tarbiyalashga katta ahamiyat berish kerakligini mutafakkirlar о‘z davrida aytib
о‘tganlar.
Abdulla Avloniyning 1913 yilda yozilgan, 1917 yilda ikkinchi bor nashr
etilgan “Turkiy guliston yohud ahloq” asari XX asr boshlarida pedagogik fikrlar
taraqqiyotini о‘rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. “Turkiy guliston
yohud ahloq” asari ahloqiy va ta’limiy asardir. Bu asarda Abdulla Avloniy о‘z
ijtimoiy va ahloqiy-ta’limiy qarashlarini bayon etadi.
Kaykavusning “Qobusnoma”, Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilik”, Nosir
Xusravning “Soadatnoma”, Sa’diyning “Guliston va Bо‘ston”, Jomiyning
“Bahoriston”, Navoiyning “Mahbub-ul-qulub”, Ahmad Donishning “О‘g‘illarga
nasihat” kabi asarlari maktabda va boshqa ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya
ishlarida qо‘llanilmoqda.
A.Avloniy odamlarni xulq, xatti-harakat nuqtai nazaridan ikki guruhga
bо‘ladi, biri yaxshi xulqli kishilar, ikkinchisi yomon xulqli kishilardir. Haqiqiy
insoniy ahloqni о‘zida barqaror qilgan yaxshi kishilar yoshlarga yaxshi ta’sir
kо‘rsatadi va ularni mehr-shavqatli, sofdil va maqbul bо‘lib tarbiyalanishi uchun
zamin hozirlaydi. Ahloq tarbiyasi: insonlarga eng muhim, ziyoda, sharaf, baland
daraja beruvchi tarbiyadir. Shu bois dars jarayonida о‘qituvchi avvalo о‘zi shaxsiy
namuna bо‘lishi, kiyinishi, sо‘zlashishi, о‘zini tutishi bilan о‘quvchilarga о‘rnak
bо‘lishi kerak. Dars jarayonida mehnat topshiriqlarini bajarishda shaxsning
javobgarlik, vijdonlilik kabi xislatlarini, mehnat intizomiga amal qilgan holda
jamoa bо‘lib mehnat qilish malakasini, ijtimoiy mulkka g‘amhо‘rlik munosabatini
tarbiyalashdan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: