Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


VI BOB. MEHNAT TA’LIMI O’QITISH METODIKASI, KASB



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

VI BOB. MEHNAT TA’LIMI O’QITISH METODIKASI, KASB 
TANLASHGA 
YО‘LLASH 
FANIDAN 
О‘QITUVCHINING 
TAYYORGARLIGI 
6.1. Mehnat ta’limi о‘qituvchisining 
о‘quv yiliga va darsga
 tayyorgarligi 
Reja: 
1.
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash о‘qituvchisining darsga va о‘quv 
yiliga tayyorgarligi
  
2.
Asbob-uskunalarni ishga sozlash, xom-ashyo, namuna, kо‘rgazmali 
qurollar va texnik vositalarni tayyorlash.
3.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisining lavozim vazifalari va shaxsiy fazilatlari
4. Mehnat ta`limi jarayonida amaliy mashg’ulotalarni tashkil etish 
bosqichlari. 
5. Mehnat ta`limi jarayonida innovatsion ta`lim texnologiyalari asosida 
mashg’ulotlarni tashkil etish.
 
Tayanch iboralar: 
Dars, asbob-uskuna, xom-ashyo, namuna, kо‘rgazmali 
qurollar, texnik vosita, lavozim vazifalari, shaxsiy fazilat. 
 
1.
 
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash о‘qituvchisining darsga va 
о‘quv yiliga tayyorgarligi. 
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi darslarga puxta 
tayyorgarlik kо‘rsagina, bu darslardagi ta’lim­tarbiya jarayoni muvaffaqiyatli 
amalga oshirilishi mumkin. О‘quv yili boshlanishi oldidan о‘qituvchi dasturdagi 
hamma mavzularni о‘rganish vaqtini taqsimlab chiqadi, о‘quv mashg‘ulotlarining 
jadvali va mazkur fanni о‘rganishga о‘quv rejasidan ajratilgan haftalik soatlarning 
miqdorini hisobga olgan holda unga muvofiq bо‘lgan taqvimiy muddatlarni 
о‘rnatadi. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash о‘qituvchisining о‘quv yiliga 
tayyorgarligi о‘quv rejasini, mehnat ta’limi va kasbga yо‘llash fanining о‘quv 
dasturini va taqvimiy mavzuli rejani о‘rganishdan boshlanadi. Mehnat ta’limi va 
kasbga yо‘llash о‘qituvchisi bu hujjatlar bilan tanishar ekan, tegishli sinf 
о‘quvchilarida umumiy mehnat bilimlari va amaliy kо‘nikmalarini qaysi mehnat 


189 
turlari bо‘yicha va qanday hajmda shakllantirish lozimligini aniq tasavvur qiladi. 
Buning uchun qanday asbob­uskunalar, moslamalar va ish qurollari kerakligi, 
о‘quvchilar mehnat ta’limi va kasbga yо‘llash dasturi talablarini tо‘liq bajarish 
uchun darslarda qanday buyumlarni tayyorlashlari kerakligini va shunga binoan 
ularni tayyorlash uchun qanday materiallar talab qilinishini bilib oladi. Mehnat 
о‘qituvchisi olingan ma’lumotlar asosida va mehnat ta’limi dasturidan foydalangan 
holda ancha batafsil rejalashtiruvchi hujjatlarni, ya’ni taqvimiy mavzuli rejani va 
о‘quv ishlab chiqarish ishlari rо‘yxatini tuzib chiqadi. Shunday tarzda belgilab 
chiqilgan dastur о‘qituvchi uchun fan yuzasidan ishlarning taqvimiy mavzuli rejasi 
sifatida xizmat qiladi. 
О‘quvchilar tayyorlashi uchun rejalashtirilgan buyumlarga mehnat ta’limi 
о‘qituvchisi texnikaviy hujjatlar ishlab chiqadi, zarur kо‘rgazmali qurollar 
tayyorlaydi, asbob­uskunalarning, о‘quvchilar ish joyi va ish qurollarining 
texnikaviy holatini, shuningdek, о‘quv ustaxonalari binosining va ulardagi 
jihozlarning xavfsizlik texnikasi, sanitariya­gigiyena talablariga muvofiq kelishi 
tekshirib chiqadi.
О‘qituvchi mehnat ta’limi dasturidagi mavzularga tayyorlanar ekan, har bir 
mavzuning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, ular bо‘yicha bilim va kо‘nikmalar 
mazmuni va darajasini aniqlaydi, о‘quvchilar bajarish lozim bо‘lgan amaliy 
ishlarning xarakteri va miqdorini belgilab chiqadi, mustaqil topshiriqlarning 
mazmuni va hajmini, ularning tobora murakkablashib borishini hisobga olgan 
holda о‘ylab kо‘radi, mavzuni muvaffaqiyatli о‘tish uchun moddiy asos 
tayyorlaydi.
Darsga tayyorlanish vaqtida о‘qituvchi о‘tgan mashg‘ulotning mazmuni va 
natijalarini tahlil qilishi, ularning izchil aloqasini belgilab chiqishi, kelgusi 
darsning ta’lim va tarbiya maqsadini tо‘g‘ri belgilashi, darsning tuzilishini va 
uning har bir elementiga ajratiladigan vaqtni aniqlashi, mavzuga oid savollar 
tuzishi va kirish yо‘riqnomasi mazmunini ishlab chiqishi, asosiy mehnat usullarini 
tanlashi va о‘ylab chiqishi kerak.


190 
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi mashg‘ulotga tayyorlanish jarayonida darsning 
tashkiliy tomonlariga ­ navbatchilarni tayinlash, о‘quvchilarga asbob va materiallar 
tarqatish, о‘quv ustaxonalarida tartib­intizomning qat’iy saqlanishiga, ishlarga 
baho qо‘yish va ularni tahlil qilishga alohida e’tibor berishi kerak.
Zamonaviy darsning tarkibiy tuzilishi о‘qituvchilarning boshqaruvchilik roli 
va о‘quvchilarning anglash faoliyatlarini tashkil etishning о‘ziga xosligini aks 
ettira turib, juda ham turli-tuman shakldaligi bilan farq qiladi. Darsning 
muvaffaqiyatli о‘tishi о‘qituvchi hamda о‘quvchilarning darsga tayyorlanishlariga 
bog‘liqdir. 
Darsga miridan-sirigacha tayyorlanish, xususan yetarli darajada pedagogik ish 
tajribasiga ega bо‘lmagan yosh о‘qituvchilar uchun juda zarur. 
О‘qituvchining darsga bevosita tayyorlanishi har bir darsda qо‘llaniladigan 
mavzuni rejalashtirishni konkretlashtiradi. Darsning rejasi har bir о‘qituvchi uchun 
zarurdir. Odatda faqat uning hajmi farq qiladi: endigina о‘zining о‘qituvchilik 
faoliyatini boshlayotganlar о‘zlarining hamma harakatlari va darsning borishini 
tasvirlash, kichik bо‘laklarigacha kо‘rsatilgan mukammal ishlanma yozadilar. 
Tajribali о‘qituvchilar esa qisqa, ixcham reja tuzadilar. 
Darsning rejasi ixtiyoriy shaklda tuziladi, ammo unda quyidagi tarkibiy 
qismlarning aks etishini ta’minlash zarur: darsning о‘tkazilish muddati va uning 
mavzuiy reja bо‘yicha tartib raqami; о‘tkaziladigan sinfning, dars mavzusining 
nomi; ta’limning vazifalari, shakllantiriladigan bilim, iqtidor va kо‘nikmalar; 
о‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish; dars bosqichlarining davomiyligi va 
ushbu bosqichlarda vaqtning taxminiy taqsimlanishini kо‘rsatgan holdagi tarkibiy 
tuzilishi; о‘quv materialiniig mazmuni; darsning har bir qismida о‘qituvchi va 
о‘quvchining ish usullari hamda metodlari; ta’limning kо‘rgazmali va texnik 
vositalarini qо‘shib hisoblaganda darsni о‘tkazish zarur bо‘lgan о‘quv qurollari; 
darsda bevosita о‘tkaziladigan test sinovlari; uy vazifalari, topshiriqlar. 
Darsning yutug‘i va uning natijalari nafaqat о‘qituvchining tayyorligiga, balki 
о‘quvchilarning tayyorgarliklariga ham bog‘liq bо‘ladi. О‘quvchilarning 
navbatdagi 
darsga 
(yoki 
darslarga) 
ma’lum maqsadga yо‘naltirilgan 


191 
tayyorlanishlari ularda ijobiy psixologik kayfiyatni vujudga keltiradi, anglashga, 
bilishga bо‘lgan yuqori darajadagi qiziqishni tug‘diradi. О‘quvchilarni oldinda 
turgan darslarga tayyorlashda quyidagilarni nazarda tutadi: ularni oldinda turgan 
darsning dasturiy о‘rganish rejasi bilan tanishtirish; (bu xususan yuqori sinflar 
bilan о‘quv ishlarida juda ham zarurdir) о‘quvchilarning tushunishi mumkin 
bо‘lgan darslarning ayrim bо‘limlari bilan tanishish; oldinda turgan darsda 
kо‘tariladigan masalalar yuzasidan ilmiy-ommabop adabiyotlarni о‘qish, yangi 
materialni о‘rganishga kо‘maklashadigan kuzatishlar va uncha murakkab 
bо‘lmagan tajribalarni о‘tkazish. 
Dars hozirgi zamon о‘quv tarbiya jarayonida tahsil maqsadlarini amalga 
oshirishda asosiy ta’limi shakli hisoblanadi. Bir necha asrlar davomida ta’limning 
dars shaklidan boshqa bir yangi shaklini pedagogika nazariyasi ham, amaliyoti 
ham taklif etgancha yо‘q. 
О‘tkaziladigan dars о‘quvchilarni ham, о‘qituvchilarni ham qanoatlantirish 
uchun ma’lum darajada umumiy talablarga javob berishi kerak. Ayrim olingan 
biron-bir dars fanning taqvimiy mavzuli rejasida о‘z о‘rniga ega bо‘lishi, maqsadi 
aniq belgilangan bо‘lishi kerak. Dars о‘tish jarayonida shakllantirilili lozim 
bо‘lgan bilim, iqtidor va kо‘nikmalar alohida aniqlanishi darkor. Shu bilan birga 
mazkur dars davomida bilim, iqtidor va kо‘nikmalarning erishiladigai darajasi ham 
belgilanishi ma’qul bо‘ladi. Darsda ishlatiladigan metodlar, vositalar turkumi aniq 
bо‘lishi oldindan belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Darsga qо‘yiladigan didaktik 
talablardan yana biri shuki, beriladigan о‘quv materiali sistemali ravishda osondan-
qiyinga, oddiydan- murakkabga, о‘quvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olgan 
holda amalga oshirilish kerak. 
О‘qituvchi darsga tayyorgarlik kо‘rar ekan, о‘quvchilar о‘quv faoliyatini 
aktivlashtiruvchi ijodiy fikrlash kо‘nikmalarini shakllantirishning muqobil 
rejalarini amalga oshirishni kо‘zda tutmog‘i lozim. Har bir dars ma’lum darajada 
g‘oyaviy yо‘nalgan aniq tarbiyaviy vazifalarni bajarishi, olingan ilmiy bnlimlar 
asosida dunyoqarashni, yuqori axloqiy fazilatlarni, estetik didni shakllantirib 
ta’limni xayot bilan mustaqil aloqalarini ta’minlashi zarur. О‘quvchilarda bilimga 


192 
qiziqishni, bilimlarni mustaqil egallash kо‘nikmalarini qaror toptirish, ijodiy 
tashabbuskorlikni qо‘llab-quvvatlash, ularning tasavvurlari chuqurligi, rivojlanish 
darajasini hisobga olish kerakligini о‘qituvchi darsga tayyorgarlik kо‘rish 
jarayonida hisobga olishi kerak.
Darsga tayyorgarlik kо‘rishda uni tashkil etishni aniq rejalashtirib olish kerak 
talablar: taqvimiy mavzuli reja asosida dars о‘tkazishning ishlab chiqilgan aniq 
rejasi mavjud bо‘lishi, dars о‘z vaqtida boshlanib, о‘z vaqtida tugashi kerak. 
Darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi va darsning boshidan to oxirigacha 
о‘quvchilar ongli intizomi ta’minlanmog‘i lozim. Darsni tashkil etishda turli-tuman 
vositalardan, о‘quv-texnik, kompyuter, statsionar va dinamik kо‘rgazmali 
qurollardan foydalanish kо‘zda tutiladi. 
Darsning tarkibiy tuzilishi о‘rganilayotgan materialning mazmuniga, darsda 
foydalaniladigan ta’limning usullari va metodlariga, о‘quvchilarning tayyorlanish 
hamda rivojlanish darajasiga, о‘quv jarayonida darsning о‘rniga bog‘liq bо‘ladi. 
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi darsga tayyorlanishida quyidagilarni hisobga 
olish zarur: 
­ Darsning maqsadi: 
a) darsning ta’limiy maqsadi: о‘quvchilarda yangi atamalarga oid 
tushunchalarni shakllantirish; 
b) darsning tarbiyaviy maqsadi: о‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni 
shakllantirish; 
v) darsning rivojlantiruvchi maqsadi: о‘quvchilarning tasavvuri, xotirasi, 
kuzatuvchanligi, tafakkuri, nutqi, о‘quv jarayonida kо‘nikma, о‘quv va 
malakalarini shakllantirish va ularni rivojlantirish. 
­ Dars materialining murakkablik darajasini aniqlash: dars materialining 
amaliyot bilan va oldingi о‘tilgan materiallari bilan bevosita bog‘lanishini 
aniqlash, о‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun vazifa berish dars jihozini 
tayyorlash, qо‘shimcha beriladigan topshiriqlar hajmini aniqlash; 
­ Darsning didiaktik vazifasini, ya’ni maqsadga olib keluvchi masalalarning 
ketma-ketligini aniqlash. 


193 
­ О‘qitish usullarining optimal variantlarni tanlash. 
­ Darsning tuzilishini aniqlash: darsni samarali boshlash va vaqtni tо‘g‘ri 
taqsimlash, darsning rejasi va yaxlitligini, о‘quvchi va о‘qituvchi faoliyatining 
о‘zaro uzviyligini ta’minlash. 
Darslar juda ham turli-tuman tarkibiy tuzilishlarga ega bо‘lib, darslarni bir 
marta doimiy ravishda mavjud bо‘ladigan kо‘rinish tarzida rejalashtirish va 
о‘zgarmaydigan qotib qolgan namuna asosida о‘tkazaverish mumkin emas. 
Darsning tarkibiy tuzilishiga yuqorida qayd etib о‘tilgan omillar qatorida mazkur 
sinfda ishlashning haqqoniy shart-sharoitlari, shuningdek, о‘qituvchi ish 
faoliyatining ijodiy xarakteri katta ta’sir kо‘rsatadi. Har bir dars boshqa darslardan 
hatto ular bitta fan, bitta mavzu yuzasidan teng, yonma-yon sinflarda о‘tkazilganda 
ham о‘zining о‘ziga xos jihatlariga kо‘ra farq qiladi. Darsda har doim 
о‘qituvchining maxsus «pedagogik yondoshuv tarzi»ni kо‘rish mumkin.
2.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin