Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Mehnat ta’limi о‘qituvchisining lavozim vazifalari va shaxsiy



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

3. Mehnat ta’limi о‘qituvchisining lavozim vazifalari va shaxsiy 
fazilatlari. 
Pedagog-bu yuqori madaniyat va ma’naviyatli mehnat ta’limi 
yuzasidan mutaxassis. U о‘z kasbini va fanini, tegishli sohaga oid fan va texnikani 
hamda ishlab chiqarish texnologiyasini, umumiy va kasbiy pedagogika hamda 
ruhshunoslik, umumiy ta’lim va tarbiya ishining uslubiy asoslarini zamon 
talabalari darajasida bilishi kerak. 
О‘quv jarayonida о‘qituvchi rahbarlik vazifasini bajaradi. Bu umumiy qoida 
mehnat ta’limi о‘qituvchisiga ham ta’luqlidir. Mehnat ta’limida vaqtning asosiy 
qismini о‘quvchilarning mustaqil amaliy ishlari egallashi о‘qituvchining rolini 
yanada oshiradi. Chunki hamma narsa о‘qituvchi tomonidan oldindan puxta 
о‘ylansa va yaxshi rejalashtirilsagina о‘quvchilar mustaqil ishlay olishlari mumkin. 
 


198 
Mehnat ta’limi о‘qituvchisining lavozim vazifalari quyidagilardan iborat: 

о‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, mahorat va malakasini 
rivojlantirish; 

tanlangan kasb va ixtisosligi о‘quv fanlari bо‘yicha chuqur bilimlarni, 
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; 

ta’lim jarayonida о‘qitishning samarali usullari, vositalari va shakllarini, 
yangi pedagogik texnologiyalarni keng qо‘llash; 

о‘qitadigan fani bо‘yicha darsdan tashqari ishlarni, tо‘garak 
mashg‘ulotlarni tashkil qilish; 

о‘quvchilarni bilim sifati, о‘zlashtirish darajasi va davomatini nazorat 
qilish; 

о‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash; 

о‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash; 

о‘quv xonalarini jahon standartlari va dizayn talablari darajasida 
jihozlashda qatnashish; 

ilg‘or pedagogik tajribalarni о‘rganish va qо‘llash; 

muntazam ravishda malakasini oshirish. 
Mehnat ta’limi о‘qituvchisi bundan tashqari mutaxassisligi bо‘yicha ishlab 
chiqarish texnologiyalarini, iqtisod asoslari, ishlab chiqarish va boshqarishni 
tashkil etish asoslarini bilishi kerak. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin