Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar 
1.
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash о‘qituvchisining о‘quv yiliga 
tayyorgarlik ishlari nimalardan iborat?
 
2.
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash о‘qituvchisi darsga tayyorgarlik 
jarayonida qanday ishlarni amalga oshiradi? 
 
3.
Asbob-uskunalarni ishga sozlash ishlarini tushuntirib bering. 
 
4.
Xom-ashyo, namuna, kо‘rgazmali qurollar va texnik vositalar qay yо‘sinda 
tayyorlanadi?
5.
Mehnat ta’limi о‘qituvchisining lavozim vazifalari nimalardan iborat? 
6.
О‘qituvchi qanday shaxsiy fazilatlarga ega bо‘lishi kerak? 
 
6.2. О‘quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash 
Reja: 
1.
О‘quv ustaxonasida
 
mehnatni ilmiy tashkil etish
 
2.
Ustaxonada о‘qituvchining ish о‘rnini tashkil etish
3.
Ustaxonada о‘quvchining ish о‘rnini tashkil etish 
4.
О‘quv ustaxonasida sanitariya-gigiena qoidalari va texnika xavfsizligi 
talablari 
Tayanch iboralar: 
Mehnatni ilmiy tashkil etish, ish о‘rnini tashkil etish, 
sanitariya-gigiena qoidalari, texnika xavfsizligi talablari. 
1.
 
О‘quv ustaxonasida mehnatni ilmiy tashkil etish. 
О‘quv ustaxonalari 
binosiga va asbob uskunalarni joylashtirishga oid talablar, qо‘shimcha 


202 
maktablarning yangi mazmunda ta’lim berishga о‘tishi faqat ta’lim darajasini va 
sifatini 
oshirishnigina 
emas, 
balki umuman 
maktablarning 
va о‘quv 
ustaxonalarining mehnat va kasb ta’lim uchun moddiy-texnika bazasini tubdan 
yaxshilashni obyektiv ravishda zarurat qilib qо‘ydi. 
Pedagoglar mehnatini ilmiy asosda tashkil etish deganda о‘quvchilar bilan 
olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarida о‘qituvchi va о‘quvchilar tomonidan oz 
vaqt, kuch va mablag‘ sarflangan xolda eng yuqori natijalarni qо‘lga kiritish uchun 
ta’lim jarayoniga tadbiq qilinadigan va ilmiy jihatdan asoslangan tashkiliy metodik 
tadbirlar majmuasini tushunish kerak. 
О‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarga tatbiq qilinganda pedagoglar 
mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda quyidagi tadbirlarni bajarish nazarda 
tutiladi: Sanitariya-gigena va о‘quv pedagogika talablariga tо‘la javob beradigan 
о‘quv ustaxonalari va xizmat kо‘rsatuvchi mehnat xonalarini tashkil etish. 
Barcha rejalashtiruvchi hujjatlar (taqvimiy mavzuli rejalar, о‘quv ishlab 
chiqarish ishlari rо‘yxati va x.) aniq ishlab chiqilishi, mehnat ta’limi dasturiga 
tо‘la-tо‘kis javob berishi, tanlab olingan ish turlari esa muayyan didaktik 
izchillikda murakkablik darajasiga qarab joylashtirilishi va ularni о‘quvchilar 
tayyorlash uchun asoslangan vaqt xajmi belgilangan bо‘lishi kerak. О‘quv ishlab 
chiqarish ishlarining rо‘yxatlarining ham о‘quvchilarni ham ish joylariga 
almashlab qо‘yish jadvallari xam yaxshilab bezatilgan va о‘quvchilar kо‘radigan 
qilib osib qо‘yilishi kerak. Shu yerning о‘zida oddiy va sanitariya kunlaridagi 
navbatchilarning jadvali va muntazam bajariladigan ishlarning rо‘yxati osib 
qо‘yiladi. 
О‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar vaqtida о‘qituvchi darslar orasida 
tanaffus berishi, о‘quvchilarga ustaxonani yaxshilab shamollatish va mehnat 
faoliyatini davom ettirish uchun ustaxonadan chiqib turishlarini taklif qiladi. О‘quv 
ustaxonalaridagi asbob-uskunalar va inventarlarning saqlanishi uchun ularning xar 
biriga bir о‘quvchi biriktirilib qо‘yiladi. U ana shu asboblarning yaxshi saqlanishi 
va qasddan uzilmasligi uchun о‘qituvchi jamoa oldida javob beradi. Yaxshi tashkil 
etilgan о‘quv ustaxonasi navbatdagi mashg‘ulotga tayyorgarlik kо‘rish uchun 


203 
unchalik kо‘p vaqt talab qilmaydi. Mehnat ta’limi о‘qituvchisi uchun bu narsa juda 
muhimdir, chunki uning vaqti tig‘iz bо‘ladi. 
Shu sababli pedagoglar mehnatini ilmiy asosda tashkil etish nuqtai nazardan 
о‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotlarning tо‘g‘ri tashkil etilishi mehnat va kasb 
ta’limi о‘qituvchisi uchun о‘quv vaqtidan anchagina tejab qolish imkonini beradi. 
О‘quv va shaxsiy vaqtni tejashda mehnat ta’limi о‘qituvchisining shaxsiy 
kutubxonachada zarur qо‘llanmalar, о‘quv darsliklari, ilmiy-metodik adabiyot 
maxsus va sо‘rovnoma adabiyoti: gazeta va jurnallar, dasturning ma’lum 
mavzulari bо‘yicha gazeta va jurnallaridan qirqib olingan maqolalar solingan 
papkalar mavjud bо‘ladi. 
Navbatdagi mashg‘ulotga tayyorlanishda ayrim faktlar, fikrlar, misollar, 
qoidalar, zarur kitoblarning qisqa annotatsiyalari yozib qо‘yiladigan kartochkalar 
katta foyda beradi. Bunday kartochkalar kun sayin tuzib boriladi. Ular dastur 
mavzulari bо‘yicha xillarga ajratiladi, kartotekalarga muayyan tartibda 
joylashtiriladi, mehnat bо‘yicha navbatdagi mashg‘ulotlarga tayyorlanishda yaxshi 
didaktik material bо‘lib xizmat qiladi, eng muhimi esa tayyorgarlik kо‘rishda 
vaqtni tejaydi. 
Kо‘rsatma qurollari uchun mо‘ljallangan yashikda plakatlar, sxemalar, 
jadvallar chizmalar namunali tartibda va sistemada saqlanish kerak. 
О‘quv 
ustaxonalaridagi 
mashg‘ulotlarning 
о‘ziga 
xos 
xususiyati 
о‘quvchilardan ham, shuningdek usta, о‘qituvchidan ham nazorat-о‘lchov 
operatsiyalarini bajarish va mehnat usullarini kо‘rsatish vaqtida diqqat bilan nazar 
tashlashni talab qiladi. 
Bu jihatdan tо‘g‘ri burchakli shakldagi ustaxonalar bir qancha jiddiy 
kamchiliklarga egadir: asbob-uskunalar (dastgohlar)ning 7-8 qator qilib ketma-ket 
joylashtirilishi (dastgohlarning sо‘ngi qatori bilan о‘qituvchining ish joyi 
о‘rtasidagi oraliq taxminan 10-11 metrni tashkil qiladi) eshitishni, ayniqsa 
о‘qituvchining tushuntirayotgan va kо‘rsatayotgan mehnat usullarini kо‘rishni 
qiyinlashtiradi, ustaxona devorlari bir tomonlama yoritilishi natijasida yorug‘likni 
sust qaytarishi, quyosh nurlarining tо‘g‘ri tushush soatlarida kо‘zni qamashtiruvchi 


204 
yoritish zonasining haddan tashqari kattaligi (50dan ortiq) kо‘zning tez charchab 
qolishiga va shu tufayli xatolarning kо‘payishiga olib keladi, bir tomonlama 
yoritish natijasida doskaga doimiy yoritish shu’lalarining tushib turishi unda 
yozilgan narsalarning yon tomondan kо‘rinishini ayniqsa qiyinlashtiradi va nihoyat 
xonada tо‘g‘ri burchaklarning mavjudligi toza havo oqimiing kelishini tugatib 
qо‘yadi, natijada uning intensiv almashinib turishi keskin kamayadi. 
Asbob-uskunalar, dastgohlarning uch, tо‘rt qatorli joylashuvi (ularning oxirgi 
qatori 5,5-7,0 m uzoqlikda bо‘ladi) о‘qituvchining о‘quvchilar bajarayotgan 
mehnat harakatlarini kuzatishga, binobarin, ular yо‘l qо‘yadigan kamchiliklarni 
tuzatish uchun shoshilinch choralar kо‘rishga ham imkon beradi. 
Bunday ustaxona va kabinetning maydoni (80-90 m

ga yaqin) 25-30 uskuna 
birligini sig‘diribgina olmasdan, shu bilan birga bu yerda о‘qituvchining dastgohi 
(stanok yoki tikuv mashinasi), stol va stul bilan jihozlangan bо‘lishi kerak. U 
kamida 20 о‘quvchidan iborat guruhga mо‘ljallanadi. Bu ustaxonalarda faqat 
sleserlik va duradgorlik ishlarini muvaffaqiyatli egallash uchun shart-sharoit 
yaratilib qolmasdan, balki dasturning materiallariga mehanik ishlov berish va 
elektrotexnika ishlari mavzularini о‘tish uchun ham zarur shart-sharoitlar 
yaratilgan bо‘ladi. Xilma-xil markadagi mexanik asbob-uskunalarning va 
modellarning miqdori har bir ustaxonada 19 taga yetadi. 
Xizmat kо‘rsatish mehnati kabineti о‘quv dasturini muvaffaqiyatli о‘tish 
uchun barcha zarur narsalarga ega bо‘ladi. О‘quv ustaxonalari uchun barcha zarur 
narsalarga ega bо‘ladi. О‘quv ustaxonalari uchun xarakterli bо‘lgan asbob-
uskunalar bilan bir qatorda kabinetda oyoq bilan ishlaydigan 4 ta tikuv mashinasi 
bо‘ladi. 
Kattaligi 3,5 x 1,4 m li katta yoyiq stol (unda “Pazandalik” bо‘limini о‘tish 
vaqtida stol tuzatish uchun foydalanish mumkin), maneken, uchta dazmol taxtasi, 
shuncha elektr dazmol, tryumo, kо‘rsatish taxtasi, kiyim turadigan joy ham bо‘ladi. 
Kabinetga shifonyer, kir yuvish mashinasi, pilesos, pol yuvish moslamasi, 
tasviriy san’at asarlari va xilma-xil gullar qо‘yiladi. 


205 
Nihoyat, uch yoki tо‘rt kamforkali gaz plitasi, ularning har biri yonida 
zagotovka stollari va sovuq hamda issiq suv keladigan kranlarga ega bо‘lgan 
rakovinalar, xolodilnik, idishlar uchun shkaf, oshxona inventarlari mavjud bо‘ladi. 
Har uchala о‘quv xonalari bir-biri bilan keng, yorug‘ va yaxshi jihozlangan 
vestibyul bilan birlashtirilgan, bu yerda jurnallar qо‘yiladigan stolchalar, 
о‘quvchilarning dam olish uchun qulay bо‘lgan о‘rindiqlar bо‘lishi kerak. 
Ustaxonalar va kabinetda о‘quvchilar ish о‘rnining tabiiy yoritilishi ikki yoki, 
hatto uch tomonlama bо‘ladi. Derazalarning katta kо‘zlaridan о‘tib turadigan 
quyosh nurlari xonalarga turli burchaklar ostida tushadi, ichki devorlarning 
yо‘nalishi har xil bо‘lganligi sababli ular aks etadi va tarqaladi, xonaning hamma 
qismini yaxshi yoritadi. Bu esa о‘lchovlar vaqtida xatolarning kamroq bо‘lishiga 
imkon beradi. 
Bunday ustaxonalarlarning har tomonlama yoritilganligi kunning har qanday 
vaqtida doskasining yaxshi kо‘rinishning ta’minlaydi, undagi shu’lalar kamayadi 
va yonlaridagi buyumlarning soyasi tushmaydi. Quyosh nurlarining tо‘g‘ri 
yо‘nalishi natijasida bu xonalarda tо‘g‘ri burchak shaklidagi xonalarga nisbatan 
quyosh nurining kо‘zni qamashtirishi keskin qisqaradi. 
Besh burchakli ustaxona binosida sof havo oqimining yetarli darajada 
almashinib turishi ta’minlanadi, yaxshi tushib turadigan tabiiy yorug‘lik bu 
xonalarni shinam qiladi, bu esa kayfiyatga yaxshi ta’sir kо‘rsatadi, qulay mehnat 
sharoitini vujudga keltiradi. Bunday tipdagi ta’lim bо‘linmalari mehnat ta’limning 
psixofiziologik va sanitariya-gigena talablariga, shuningdek MEHNAT TA’LIMI 
O’QITISH METODIKASI (mehnat ilmiy asosida tashkil) о‘quvchilariga tо‘la-
tо‘kis javob beradi. О‘quvchilarning ish о‘rnini tо‘g‘ri tashkil etish mehnatni 
osonlashtirishning, 
uning 
unumdorligini 
oshirishning, 
buyumlar 
sifatini 
yaxshilashning va yuksak mehnat madaniyati kо‘nikmalarining singdirishning 
asosiy talablar quydagilardir: ish о‘rni о‘quvchining bо‘yiga muvofiq kelishi, 
mustahkam va yetarli darajada barqaror bо‘lishi, zarur va yaxshi ishlaydigan, shu 
bilan birga ishda qulaylik tug‘diradigan asboblar bilan ta’minlangan (qо‘lga va 


206 
о‘quvchilarning jismoniy kuchiga muvofiqlashtirilgan), shuningdek foydalanishi 
uchun qulay tartibda joylashgan bо‘lishi kerak. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin