Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

3.
 
Ustaxonada о‘quvchining ish о‘rnini tashkil etish. 
Ish о‘rni deganda 
ustaxonaning bir о‘quvchi tomonidan о‘quv ishlab chiqarish ishlarini bajarish 
uchun zarur bо‘lgan asbob-uskunalar (dastgoh, stanok) va moslamalar maqsadga 
muvofiq joylashgan maydonchasi tushuniladi. Ish о‘rnini о‘quvchi ish vaqtida о‘z 
gavdasini ancha qulay tutib turadigan, ortiqcha harakatlar qilmaydigan darajada 
tashkil etilishi maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Ayniqsa, tiskilar о‘quvchining 
bо‘yiga qarab tо‘g‘ri balandlikda о‘rnatilishi katta ahamiyatga ega. Bu talablarning 
buzilishi ish natijalarining kamayishiga, tо‘g‘ri mehnat malakalarining sust tarkib 
topishga, ba’zan esa kasb kasalliklarining paydo bо‘lishiga olib keladi. 
О‘quvchining ish joylarida mavjud bо‘lgan ish va nazorat о‘lchov 
asboblarining miqdori va xillari yetarli holda bо‘lishi kerak. Masalan, pedagoglar 
mehnatini ilmiy asosda tashkil etish nuqtai nazaridan randa taxtani uzunasiga 
tiladigan yoysimon arra, iskana, metal qirqadigan dastarra va qaychi yoki nazorat 
о‘lchov asboblari-shtangensirkullari, mikrometrlar, 90-li gо‘niyalar va boshqa shu 
kabi asboblar har bir о‘quvchining ish joyida doimo turishiga nozaruriyat 
hisoblanadi. Gap shundaki, ish vaqtida ulardan foydalanish koeffitsiyenti juda past 
bо‘ladiki, shuning uchun bu asboblardan bir о‘quvchi emas, balki bir vaqtning 
о‘zida 2-3 о‘quvchi foydalanishi kerak. Shu munosabat bilan о‘quvchining ish 
joyini tashkil etishga xam yangi talablar qо‘yiladi. Barcha shaxsiy asboblar 
vazifasiga qarab ishlayotgan о‘quvchiga yaqin joyda dastgoh ustida turishi kerak. 
Kо‘pchilik foydalanadigan asboblar ishlayotgan о‘quvchilarning ish joylarida 
baravar uzoqlikka qо‘yilishi kerak. 
Dastgohlar turli ishlash operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishga imkon 
beradigan va mustahkam joylashtirilgan ish konstruksiyalaridan iborat bо‘lishi 
kerak. Masalan, bir о‘rinli slesarlik dastgohi 800-850mm (duradgorlik dastgohi 
750-780 mm) balandlikda о‘rnatilishi va u yog‘ochdan yoki metallardan 
tayyorlanishi lozim. Dastgoh о‘rnatiladigan stol taxtadan ishlanadi, ustiga qalinligi 


208 
1,5-2,0 mm qalinlikda pо‘lat tunuka qoplanadi va perimetri bо‘yicha 25x 25 mm li 
burchak qilib qoplanadi, dastgoh qulay о‘rindiqqa ega bо‘lishi, undan о‘quvchi 
instuktajlar va dam olishi vaqtida foydalanishi, yozuvlar, eskizlar tuzish uchun esa 
undan suriluvchi planshet ham bо‘lishi zarur. Dastgoh stolida aylanuvchi 
qurilmaga ega bо‘lgan paralel slesarlik tiskilari mustahkamlangan bо‘lishi zarur. 
Ish va kontrol о‘lchov asboblari dastgohning aniq joyida turishi lozim. Ish vaqtida 
о‘ng qо‘l bilan olinadigan asboblar (bolg‘a, egov, dastarra, metall qirqadigan 
qaychi va hokozolar) tiskilarning о‘ng tomonida muyyan tartibda joylashishi 
kerak. Ulardan chap qо‘l bilan olinadiganlari chap tomonda turadi. Kontrol о‘lchov 
asboblari dastgoh stolining oldi tomonida, о‘ng tomonga yaqin joyda turadi. Ish 
о‘rnidagi ana shunday tartib о‘quvchining butun ish vaqti davomida saqlanishi 
kerak. О‘qituvchi, usta о‘quvchilardan ish о‘rnini tashkil etish qoidalarigi amal 
qilishini doimo talab qilib turishi kerak. Ish asboblari, ayniqsa nazorat о‘lchov 
asbobi ish о‘rniga о‘yib qо‘yilishi mumkin emas, bunday hollarda ulardan 
foydalanish qiyin bо‘libgina qolmasdan, shu bilan birga notо‘g‘ri foydalanish va 
saqlash orqasida u tezda ishdan chiqadi. О‘quvchilarga ish о‘rnini tо‘g‘ri tashkil 
etish odatini singdirish uchun о‘qituvchi, usta ularning bajargan ishlariga baho 
qо‘yish vaqtida о‘quvchining butun mashg‘ulot davomida ish о‘rnini qanday 
tutganligini ham hisobga olish kerak. 
Dastgohlar konstruksiyalari sozlovchi qurilmaga ega bо‘lishi, ular yordamida 
dastgohlarni о‘quvchilarning bо‘yiga qarab moslash, shuningdek dam olish uchun 
qulay aylanuvi о‘rindiqlari, yozish va grafik ishlari uchun suriluvchi planshetlar 
bilan ta’minlanishi kerak. Xavfsizlik texnikasi bо‘yicha muhofaza turlari 
dastgohga mahkamlanishi va zarur bо‘lganda dastgoh stolga olib qо‘yilishi kerak. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin