Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Amaliy mashg‘ulotlarga qо‘yiladigan umumiy talablar



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

2. Amaliy mashg‘ulotlarga qо‘yiladigan umumiy talablar.
Amaliy 
mashg‘ulot jarayonida dastur mavzusining mazmuni ochib berilgan, mehnat ta’limi 
va tarbiyaning maqsadlari va vazifalari amalga oshiriladi. Demak, amaliy 
mashg‘ulot deganda о‘quvchilarning о‘quv materialini faol, ongli va mustaxkam 
о‘zlashtirilgan maqsadida mehnat о‘qituvchisi rahbarligida amalga oshiriladigan 
ham jamoa, ham yakka holda ish turlarini о‘z ichiga oladigan о‘quv mehnat 
faoliyatini aniq tashkil etishni tushunish kerak. 
Mehnat sohasidagi amaliy mashg‘ulotlar turli xilda bо‘lishi, ya’ni yangi 
texnik-texnologik ma’lumotlarni mehnat operatsiyalarini о‘rganishga, bilimlarni, 
mehnat kо‘nikmalari va malakalarini mustahkamlashga, nazorat-tekshirish ishlar
korxonalarga ekskursiyalar о‘tkazish va hokazolarga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar 
bо‘lishi mumkin. Lekin о‘quv ustaxonalarida о‘tkaziladigan amaliy 
mashg‘ulotlarning turlari xilma-xil bо‘lishiga qaramasdan, ularning hammasi 
quyidagi umumiy talablarni qondirish lozim: 
1) Mashg‘ulotning maqsadi hamda vazifalari aniq va ravshan ifodalangan 
bо‘lishi lozim. 
2) Mashg‘ulotning tarkibini didaktik jihatdan ketma-ket (bilim kо‘nikma, 
malaka, mahorat) va о‘quv materialining mazmuniga tо‘liq javob beradigan 
bо‘lishi kerak. 


215 
3) Amaliy ishlarning obyektini tо‘g‘ri tanlanishi, ijtimoiy foydali qiymatga 
ega bо‘lishi va о‘rganiladigan mehnat operatsiyalari va usullarining talablariga 
muvofiq kelishi zarur. 
4) Mashg‘ulotning foydalaniladigan mehnat ta’limi metodlari dars talablariga 
va о‘quv materialining mazmuniga tо‘liq javob berish lozim. 
5) О‘quv ustaxonalarida mashg‘ulotning tashkiliy-metodik tuzilishi о‘quv 
о‘quvchilar bilan jamoa va yakka holda ish olib borishni nazarda tutish kerak 
6) Mehnat ta’limi bо‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda о‘tkaziladigan ta’lim 
ishlari tarbiyaviy tavsifga ega bо‘lishi, ya’ni maktab о‘quvchilarida qayta kо‘rish 
ma’naviy sifatlarni tarkib topishiga yordam berishi lozim. 
Mehnat sohasidagi amaliy mashg‘ulotlar turlarining xilma-xilligiga 
qaramasdan, ulardagi umumiy didaktik elementlarni ham ta’kidlab о‘tish kerakki, 
bular- о‘quvchilarni navbatdagi о‘quv materialini о‘zlashtirish uchun jalb qilishga 
qaratilgan 
mashg‘ulotlarni uyushtirish; о‘quvchilar ilgarigi mashg‘ulot 
о‘zlashtirgan bilimlar, mehnat kо‘nikmalari va malakalarining darajasini tekshirish 
yangi materialni tushuntirish va mehnat operatsiyalarini hamda amaliy ishlarni 
bajarish vaqtida va mehnatida usullarini kо‘rsatib berish; о‘quvchilarning yangi 
mavzuga oid operatsiyalari va ishlarni bajarish vaqtida ularning bilimi, mehnat 
usullari darajasini aniqlash; mehnat usullarini mashqlari bilan mustahkamlash va 
ularni dastlabki mehnat kо‘nikmalari darajasiga yetkazish. Bunda mehnat 
о‘qituvchisining puxta nazorot qilishga erishish; amaliy topshiriqning mustaqil 
bajarilishi va о‘tgan mashg‘ulotning natijalariga yakun yasashdan iborat. 
Yuqorida sanab о‘tilgan elementlar amaliy mashg‘ulotning tarkibini tashkil 
etadi. Shunday qilib, amaliy mashg‘ulot tarkibi deganda didaktik elementlarning 
qat’iy izchilligi va о‘zaro bog‘lanishidagi nisbatni tushinish kerak, ular esa 
mashg‘ulot maqsadlari va о‘quv materiallarining mazmuni taqozo qiladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin