4. Mehnat ta`limi jarayonida amaliy mashg’ulotalarni tashkil etish
bosqichlari.
Laboratoriya mashg’ulotlarida har bir dars jarayonini tashkil etish, uni olib
borish, darslarni tahlil va muhokama qilish, hamda muhokama qurollarini yozish
yo’l-yo’riqlari bilan tanishish uchun dastlabki laboratoriya mashg’ulotida har bir
217
talabaga bittadan mavzu beriladi va navbati bilan har bir dars o’tadi va qolgan
o’rtoqlari, metodika o’qituvchisi bilan birgalikda bu darsni tahlil etib boriladi. Dars
tugagach, metodist o’qituvchi rahbarligida o’tilgan dars muhokamasi o’tkaziladi.
Darsni kuzatish davrida qolgan lar ikki vazifani bajarishadi.
1.
Kuzatilayotgan darsda qatnashgan sinf o’quvchisi sifatida “o’qituvchi ”
topshiriqlarini bajaruvchi rolini o’ynaydi.
2.
Qolgan talabalar kuzatuvchi sifatida “o’qituvchi”ning darsini tahlil etib
boradi.
Dars o’tuvchi mashg’ulot boshlanishidan 1-2 kun oldin darsni olib borish
bo’yicha metodist o’qituvchidan kerakli yo’l-yo’riqlarni, metodik yordamni
maslahat sifatida olgan bo’lishi va dars rejasi hamda konspektni tayyorlab,
tasdiqlatishi zarur.
Dars davomida metodist o’qituvchi tomonidan hech qanday yo’l-yo’riq va
ko’rsatmalar berilmaydi.
Dars davomida o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni baholashda quyidagicha
yondoshilinishi kerak.
1.Oldingi mavzuni takrorlash va yangi mavzuni mustahkamlash hamda
amaliy ishlar jarayonida o’quvchilar o’qituvchidan metodik harakterdagi savollar
so’ralmaydi, lekin mavzu mazmuni so’ralib unga qo’yilgan baho metodikadan
qo’yiladigan bahoga teng kuchli deb qaraladi. Chunki darsni ilmiylik tamoyili
asosida tahlil eta bilish uchun uning mazmuni va mohiyatini talaba aniq bilishi
birinchi shart hisoblanadi.
2.O’qituvchi o’ziga yaqin (o’quvchi)ga qo’yiladigan bahoni yuqori yoki
past qo’yishi ham mumkin. Ammo dars muhokamasi davrida o’quvchiga qo’ygan
bahosini yetarlicha asoslab berishi talab etiladi. Aks holda bu o’tgan darsi uchun
o’zi oladigan bahosiga salbiy ta`sir etadi.
Dars tugashi bilan har bir dars tahlili varaqasining “fikr va mulohazalar”
grafasida fikr va mulohazalarini ifodalab bo’lgach, o’tilgan dars maqsadi, uning
yutuq kamchiliklarini hisobga olgan holda 5 ballik sistemada dars o’tuvchining
bahosini yozib qo’yishi talab etiladi.
218
Mehnat ta`limining barcha sinflar bo’yicha barcha mavzularni o’qitish
metodikasi bilan tugal ravishda tanishib chiqish uchun vaqt etarli emas. SHu
sababli ularning harakterli tomonlarini o’zida aks ettiruvchi ayrim bo’lim va
mavzular tanlanadiki, ko’pgina mavzular mazkur mavzu yoki bo’limda
ko’rsatilgan metodika asosida tashkil etiladi va o’tiladi.
Laboratoriya mashg’ulotlarining asosiy qismi dars tahlili hisoblanadi. Bunda
dars tahlili asosida dars o’tgan o’qituvchining yutuq va kamchiliklarini ko’rsatish
asosida ushbu mavzuni qanday o’qitish kerak ekanligi-metodik jihatdan ishlab
chiqiladi. Dars muhokamasi dastlab dars o’tgan o’qituvchining o’z dars oldiga
qo’yilgan maqsad va unga erishilganlik darajasi hamda ayrim kamchilik, yutuqlari
haqidagi so’zi bilan boshlanadi.
So’ngra har bir talaba o’z tahlilini bayon qilib darsni baholaydi. Dastlabki
3-4 talaba keyin chiqqan talaba tahlilda qatnashgan talaba lar fikrlarini ham tahlil
etib o’z izohini berishi talab etiladi.
Tahlil so’ngida dars o’tgan o’qituvchi talabaga so’z beriladi va ko’rsatilgan
kamchiliklar haqida o’z fikrini aytadi. So’ngra metodist o’qituvchi barcha
tahlillarni umumlashtirib darsni baholaydi va mazkur mavzuni o’qitishni qanday
tashkil etish va olib borish yo’l-yo’riqlarini tushuntirib beradi. SHu bilan bir
vaqtda dars muhokamasida qatnashga barcha talabalar ham baholanadi va
muhokama qaroriga imzo chekiladi.
Darslarni tashkil etish va olib borish bo’yicha yo’l-yo’riqlar
1.Dars davomida dars jarayonining boshqaruvchisi va javobgari ham sizning
o’zingiz.
2.Dars davomida o’qitvchiga berilgan barcha huquq va imtiyozlarga egasiz.
3.Darsni qat`iy oldindan belgilangan reja asosida olib boring. Ayrim holda
sharoit taqozosi bilan rejadan chetga chiqib ketish mumkin bo’lsa, darsdagi
sistemalilik va maqsaddan chetlashmaslikka harakat qiling.
4.Dars boshlanguni qadar barcha kerakli jihozlarni tayyorlab qo’ying.
5.Dars qismlari bo’yicha yo’l-yo’riqlar.
219
1) Salomlashish. Umuminsoniy qadriyatlarga suyangan holda mahalliy,
milliy-etnografik hususiyatlarni ko’zda tutgan holda amalga oshirilsin.
2) Davomatni aniqlash. Bu ishlarni amalga oshirishning bir necha xil
ko’rinishlari bo’lib, uni to’g’ri tarnlang. Bu varianlar:
a) jurnal orqali davomatni aniqlash;
b) navbatchi orqali davomatni aniqlash;
v) navbatchidan yo’qlar ro’yhatini talab etish yo’li bilan;
g) o’qituvchi tomonidan ko’z yugurtirish yo’li bilan;
d) oldingi mavzuni takrorlash jarayonida;
Bu ko’rinishlarni turli sharoitda turlicha qo’llash mumkin.
3) sinfning dars o’tishga tayyorgarligini tekshirishda ushbu darsni olib
borish uchun qanday jihozlar o’qituvchi uchun va o’quvchilar uchun zarur hamda
ularning mavjudligi, o’quv xonasining dars o’tishga tayyorligi (yoritilganlik,
sanitariya-gigienik va texnika xavfsizligi talablariga javob berishi) tekshiriladi.
Zaruriyat sezilsa, ular tartibga solinib, so’ngra dars boshlanadi.
4) oldingi mavzuni takrorlashdan maqsad faqat o’quvchilar bilimini
baholashdan iborat bo’lmay, balki yangi mavzuni o’rganishga zamin tayyorlash,
ta`lim jarayonida o’qitish shakl va metodlarini nechog’li to’g’ri tanlanganligini
hamda pedagogik faoliyatingizdagi ayrim kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlash va
bundan keyin bu kamchiliklarni yo’qotish maqsadlarida ham amalga oshiriladi.
Oldingi mavzuni takrorlashning ham bir necha ko’rinishlari mavjud bo’lib,
har bir mashg’ulot uchun ular turlicha ahamiyat kasb etadi. Oldingi mavzuni
takrorlash uchun tuzilgan savollar qisqa, tushunarli va aniq bo’lishi bilan bir
vaqtda har bir ketma-ket keladigan savollar bir-biriga mantiqan bog’langan,
izchillikda bo’lsin.
Ayrim hollarda o’quvchilar javoblari sizni qoniqtirmasa, oldingi dars o’z
vaqtida o’qituvchi tomonidan qisqacha takrorlanishi va yangi mavzuga bog’lanishi
talab etiladi. Bunday holning bir necha bor takrorlanishi ko’pincha o’qitish shakli
va metodlarining noto’g’ri tanlanganligi oqibatida kelib chiqadi. Shu sababli o’tish
shakl va metodlarini tanlashga jiddiy ahamiyat berish kerak.
220
Oldingi mavzularni takrorlashda vaqtdan o’ta unumli foydalanish
metodlarini qo’llash talab etiladi.
5) yangi mavzuning bayoni. Bunda ishlab chiqilgan reja bo’yicha o’quv
materialining o’quvchilarga etkazilishi talab etiladi. Yangi mavzu mazmuni
oldingi mavzu mazmuni bilan bog’lanishi talab etilsa-da har bir dars mashg’ulotida
o’quvchilarga etkaziladigan bilim, malaka va tushunchalar mohiyati jihatidan
yakunlangan, tugal bo’lgan umumiy ta`lim tizimining kichik bir qismi sifatida
bo’lmog’i kerak.
Dars mobaynida o’quvchilarga namoyish etiladigan ko’rgazmali qurollar,
natural ob`ektlar o’z vaqtida o’quvchilarga ko’rsatilishi talab etiladi. O’qitishning
texnikaviy vositalari qo’llanilishida ortiqcha shovqin yoki darsga xalaqit beruvchi
elementlar bo’lmasligi kerak. Har bir o’quv filmlari yoki magnitofon lentalari
mashg’ulotgacha eshitib yoki ko’rib chiqilgan bo’lib, dars davomida kerakli
vaqtdagina undan foydalanish tavsiya etiladi.
Dars davomida quyidagilarga ahamiyat berishingiz talab etiladi:
-
O’qituvchi sifatida tashqi ko’rinishingiz (kiyimlarning bejirimligi, soch va
soqollarning holati, kiyim tugmalari qadalganligi, ...)
-
Nutqingiz (nutqingizdagi ohang, tutilmay so’zlashingiz), hozirjavobligingiz,
fikrlarni sistemali va izchil bayon eta bilishingiz, tanlagan misollardan o’z o’rnida
aniq foydalanish hamda qo’llay bilishingiz;
-
Tushuntirishda mavzu mazmunini noma`lumdan ma`lumga, osondan
qiyinga, soddadan murakkabga tomon yo’nalishdagi izchillikning ta`minlanishi;
-
Chizma
va
eskizlarni
tayyorlashni
tushuntirish
usullarini
va
texnologiyasining tushunarli bo’lishiga;
-
bir vaqtning o’zida dars mazmunini bayon qilish va o’quvchilar faoliyatini
kuzatib borish qobiliyatingiz va uni amalda qo’llay bilishingiz;
-
Pedagogik nazokatni amalga oshirishda o’quvchilar bilan bo’lgan
muomalangiz, qat`iylik va samimiyligingiz turli holatlarda o’zingizni tuta
bilishingiz va uddaburonligingiz;
-
Ish jarayonini to’g’ri va aniq ko’rsata bilishingiz;
221
-
Darsni metodik jihatdan to’g’ri tashkil eta bilishingiz va amalga
oshirishingiz;
-
Ilmiylik tamoyili va ta`limning politexnik xarakterini nechog’lik amalga
oshira bilishingiz;
-
Ta`lim va tarbiya
бирлиги
tamoyilini amalga oshirishdagi faoliyatingiz;
-
Dars maqsadini to’g’ri tanlay bilishingiz va dars so’ngida bu maqsadga
erishganlik darajangiz;
-
To’g’ri va teskari aloqani to’g’ri va o’z o’rnida qo’llay bilishingiz;
-
Tanlangan metodlarni o’z o’rnida va samarali qo’llay olishingiz;
-
Darsni yakunlashingiz, asbob-uskunalarni o’z o’rniga joylashtirish va xonani
yig’ishtirish;
Yangi mavzuni mustahkamlashda ham oldingi mavzuni takrorlashdagi
metodlar va talablar qo’llanilishi mumkin. Bunda yangi mavzuni nechog’li
samarali o’qitganingiz o’z ifodasini topadi.
Shu sababli bu bo’limda o’quvchilar bilim va malakalarini baholash bilan bir
vaqtda kelgusi dars rejasi uchun dastlabki kerakli ma`lumotlarni olishingiz
mumkin.
7.O’quvchilarni baholash va uyga vazifa berishda bahoning ob`ektivligini
ta`minlashga harakat qiling. Baholashda kichik bir savol bilan o’quvchi bilimini
baholashdan chetlashing. Har bir nazariy darslarda kamida 4-5 o’quvchini
baholashga ulguring.
Amaliy mashg’ulotlarda esa 100% o’quvchilarni baholab borish talab etiladi.
Baholashda o’quvchining barcha faoliyatini hisobga olgan holda baholash
talab etilgan taqdirdagina ish o’rnini tashkil etishi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga
amal qilishi, savollarga to’g’ri va aniq javob berishi, hayotiy misollar keltira bilishi
asbob-uskunalardan to’g’ri foydalanishi, mehnat madaniyati va h.k.
O’quvchiga bu faktorlar hisobga olinayotganini tushuntirgan taqdirdagina
bahoning tarbiyaviy xarakteri ochiladi. Aks holda “keyingi darsda yana ham yaxshi
harakat qilgin, ishlagin, hozir “4” baho qo’yaman” deyish bilan bahoning
tarbiyaviy xarakteri ochilmaydi.
222
Albatta, bunday yondoshishda o’quvchi xulqiga beriladigan baho bilan
ilmiga beriladigan bahoni farqlash talab etiladi.
Darsda o’quvchining bilim va malakasiga baho beriladi. Uyga beriladigan
vazifa aniq bo’lib, kerak bo’lsa, qisqa yo’llanma berish talab etiladi.
Dars kuzatuvchi talabalar ikki vazifani bajarish haqida biz yuqorida so’z
yuritgan edik. Undagi birinchi vazifa o’qituvchi tomonidan tashkil etiladi va
boshqariladi. Ikkinchi vazifa dars tahlilini amalga oshirishdir.Dars tahlili mazmuni
jihatidan uch xil ko’rinishga ega:
Dars tahlili
№
Metodik tahlil
Psixologik tahlil
Pedagogik tahlil
1.
Darsning tuzilishi
Nutqi
Ta`lim va tarbiya
birligi
2.
Dars mazmuni
Diqqati
Pedagogik odobning
amalga oshirilishi
3.
O’qitish shakli
Fikrlash qobiliyati
Darsning sistemaliligi
va izchilligi
4.
O’qitish metodi
O’quvchilarga
tushuntirishdagi faoliyati
Didaktik qoidalarga
amal qilinganligi
5.
Dars maqsadi
Qobiliyati
6.
O’qitishda ko’rgazma qurollar
O’quvchi temperamentini
aniqlash va unga mos ravishda
yondashish
7.
O’qitishning texnik vositalari
O’quvchilar harakterini
aniqlash va unga mos ravishda
yondashilganligi
8.
Darsning ilmiyligi
9.
Darsning politexnik harakteri
10.
Ish ob`ektining tanlanilishi
11.
Ish jarayonini namoyish etish
12.
Xavfsizlik texnikasi va
sanitariya-gigienik qoidalarga
rioya qilish
13.
Usul va metodlardan to’g’ri va
o’rinli foydalanish.Psixologik
taxlil ilovada to’liqroq
yoritilgan.
Lekin dars tahlili jarayonida ular bir butun mujassamlashgan holda
ifodalanadi. Kuzatish natijalari dars jarayonida quyidagi jadvalga qayd qilib
boriladi .
223
9-jalval
№ Dars
o’tuv
chi
Sinfi
Fani
Mavzu
Sana
Darsning
borishi
Darsning
kamchiligi
Darsning
yutug’i
Fikr
va
muloh
azalar
Uyga
vazifa
O`qu
vchil
arni
bahol
ash
Jadvalni to’ldirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Darsning borishi: bu ustunni to’ldirishda o’qituvchining barcha faoliyatini
senariy sifatida yozish talab etiladi. Bunda o’qituvchi talabaning o’quvchilar bilan
salomlashishidan, ya`ni darsning tashkiliy qismidan tortib, xayrlashib chiqib
ketgunigacha, ya`ni dars yakunigacha bo’lgan faoliyati mazmuni va o’qituvchining
yozdirgan konspekti va chizmasi, o’qitish usul va metodikasi – barchasi batafsil
yoziladi.
Davomatni aniqlash qanday amalga oshirildi? Oldingi darsni takrorlashda
qaysi savollar berildi va uning qisqacha javobi qanday bo’ldi?
O’qituvchi qaysi shakl va metodlarda yangi mavzuni oldingi mavzu bilan bog’ladi
– barchasi batafsil bayon etilishi talab etiladi.
Shu tariqqa dars tuzilishining barcha qismlari to’liq yoritilishini talab etiladi.
Darsning kamchiligi: Bu ustunni to’ldirishda darsga qo’yilgan talabdan
o’qituvchi talabaning chetga chiqish hollari qayd qilib boriladi. Shuningdek, uning
faoliyatidagi sezgan ayrim kamchiliklaringizni barchasini yozib borasiz.
Darsning yutug’i: Bu ustunda o’qituvchining yuqori natijalariga erishganligi
sabablari bayon etiladi. Samarali noan`anaviy metodni ishlab chiqqanligi va uni
amalda qo’llashi yoki kichik elementlar usulini qo’llay bilganligi ham agar u
maqsadga erishish uchun kichik bir omil bo’la olsa darsning yutug’i bo’lishi
mumkin.
Lekin “salomlashdi”, “davomatni aniqladi”, “ko’rgazmali qurollardan
foydalandi”, “darsni yaxshi tushuntirdi” kabi ko’rsatmalarni darsni yutug’i sifatida
qarashimiz mumkin emas. Chunki bular o’qituvchining faoliyatida bajarilishi zarur
bo’lgan ko’rsatkichlar hisoblanadi.
224
Darsning yutug’i ularni qanday qilib amalga oshirilganligidan, uning
mohiyatidan izlanadi.
Fikr va mulohazalar: Bu ustunda sizning fikringiz bo’yicha ushbu mavzuni
qanday o’tsa bo’ladi, sharoitni hisobga olgan holda qanday shakl va metodlarni
qo’llash mumkin, ushbu mashg’ulotdagi qaysi ijobiy tomonlarini o’zlashtirib
olishni istaysiz, o’zingiz dars o’tganda qanday kamchiliklarga siz ham yo’l
qo’yishingiz mumkin edi, kabi masalalar yoritilib, darsni “5” ballik sistemada
baholab qo’yishingiz talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |