226
Mavzu:
“Metallarga ishlov berish asbob uskunalari, moslamalari va ulardan
foydalanish”.
Keysning asosiy maqsadi:
o’quvchilarga metallarga ishlov beruvchi asbob
uskunalar, ularni ishlatish, saqlash, ta`mirlashga doir ma`lumotlar berish.
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
O’quvchilar arra bilan ishlash, arrani ish holatida ishlatish qonun qoidalari,
qirqish
jarayonida arra holati, 90
0
daraja burchak ostida qirqish,
arralash
jarayonida qo’l va gavdaning holati,
trubalarni qirqish, arralash dastgohi,
metallarni
plita ustida qirqish, zubilo geometriyasi, bolg’a
bilan zarb berish
usullari, to’g’ri yuzali sirtlarni egovlash,
egovni ushlash qoidalari, egov turlari,
egovlangan sirtni tekshirish va h. ma`lumotlarga ega bo’ladi
hamda amaliy
ko’nikmalarga ega bo’ladi.
O’quvchilar keysni muvaffaqiyatli bajarishlari uchun bilishlari lozim
bo’lgan bilim va ko’nikmalar quyidagilardan iborat:
O’quvchi quyidagilarni bilishi kerak:
Arra, ishlov berish jarayonida harakat, zubilo, egov, truba, bolg’a, tekshirish
qoidalari.
O’quvchi quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak:
Arralash qonun qoidalari, plita
ustida qirqish, egovlash, sirtlarni tekshirish.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:
Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo’lib,
aniq topshiriqlar
asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob`ekti metallarga ishlov berish asbob
uskunalaridan foydalanish qonun qoidalarini egallashga yo’naltirilgan. Bu tashkiliy
keys bo’lib, ma`lumotlar topshiriqlar asosida tuzilgan. Hajmi o’rtacha
tizimlashtirilgan bo’lib, treningga mo’ljallangan.
Mavzu yuzasidan bilim va
ko’nikmalarni egallashga yo’naltirilgan. Didaktik maqsadlarga ko’ra keys
muammolarni taqdim qilish, ularni hal etish, tahlil etish va yangi tavsiyalar ishlab
chiqish va uni amaliyotga tatbiq etishga yo’naltirilgan.
Ushbu keysdan “Mehnat ta`limi” va “Kasb tanlashga yo’llash” fanlarini
o’qitishda foydalanish mumkin.