Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

 
Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar 
1.
О‘quv ustaxonasida
 
mehnatni ilmiy tashkil etish deganda nimalarni 
tushunasiz?
 
2.
Xizmat kо‘rsatish mehnati xonasi qanday jihozlanishi kerak? 


211 
3.
Tо‘g‘ri burchakli shakldagi ustaxonalar qanday jiddiy kamchiliklarga ega? 
4.
Besh burchakli ustaxona binosi qanday afzalliklarga ega?
5.
Ustaxonada о‘qituvchining ish о‘rni qanday tashkil etiladi? 
6.
Ustaxonada о‘quvchining ish о‘rni qanday tashkil etiladi?
7.
О‘quv ustaxonalari qanday sanitariya-gigiena qoidalariga mos bо‘lishi 
kerak? 
8.
О‘quv ustaxonalari qanday texnika xavfsizligi talablariga javob berishi 
kerak? 
6.3. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash darslarida amaliy 
mashg‘ulotlarni tashkil etish 
Reja: 
1.
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash darslarida amaliy mashg‘ulotlarni 
tashkil etishda о‘qitish shaklini tanlash
  
2. Amaliy mashg‘ulotlarga qо‘yiladigan umumiy talablar
3. Amaliy­laboratoriya tadqiqoti 
Tayanch iboralar: 
amaliy mashg‘ulot, о‘qitish shakllari; kombinatsiyali 
dars; о‘quv sexlari, mehnat ta’limining tashkiliy shakllari, operatsiyalarni 
о‘zlashtirish darsi, kompleks ishlarni bajarish darsi, nazorat-tekshirish sinov darsi, 
individual о‘qitish, instruktaj, aralash dars, instruktor, shtat ish о‘rni, ixtisoslik. 
1. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash darslarida amaliy 
mashg‘ulotlarni tashkil etishda о‘qitish shaklini tanlash.
О‘qitish shakli 
deganda о‘quvchilarining aniq mashg‘ulot (dars) dan kо‘zda tutilgan maqsadga 
erishishi uchun mehnat talimi о‘qituvchisi rahbarligida о‘quv materialini ongli va 
faol ravishda puxta о‘zlashtirishga qaratilgan о‘quv tarbiya faoliyatini tushunmoq 
kerak. Shundan keyin mehnat ta’limida foydalanadigan xilma-xil shakllar 
masalasini oydinlashtirish zarur. О‘quvchilarning о‘quv ustaxonasidagi о‘quv 
mehnat talimi ishlarining assosiy shaklidan biri dars yoki amaliy mashg‘ulotdir. 
О‘quv mehnat ishi sifatidagi darsning asosiy belgisi: о‘quvchilar tarkibining 
doimiy va ularning bilim (tayyorgarlik darajasi) taxminan bir saviyada bо‘lishi, 


212 
mashg‘ulotning qat’iy jadval asosida, о‘quv ishlari uchun belgilangan ma’lum vaqt 
davom etishi mehnat ta’limi о‘qituvchining bevosita rahbarligi, uning xilma-xil 
о‘qitish metodlaridan foydalanish darsni frontal, zveno va individual shaklda olib 
borish imkoniga ega bо‘lishdan iborat deyish mumkin. 
Shunday qilib, dars о‘qitish jarayoniga tashkiliy aniqlik kiritadi hamda 
mehnat ta’limi va boshqa fanlar darslarini navbatlashtirib tashkil etishga
binobarin, о‘quvchilarning yuqori unumdorligi bilan о‘qishini hamda dam olishini 
ta’minlashga imkon beradi. Lekin, mehnat texnika ta’limi tizimida о‘quvchilarga 
mehnat qilish yuzasidan qо‘yilgan vazifalarni hal etish uchun faqat ayrim darslarni 
yaxshi tashkil etishni о‘zigina kifoya qilmaydi. Tо‘g‘ri va uyg‘un tashkil 
etilgandagina darsning mazmuni va tо‘la maqsadga muvofiq ochilishi mumkin. 
Bundan tashqari, ishlab chiqarish ta’limi maqsadlari va vazifalariga muvofiq 
ravishda quyidagiga о‘xshash har xil dars turlarini qо‘llash mumkin: 
1) Kombinatsiyali (о‘qitish jarayonining hamma zvenolarini о‘z ichiga olgan) 
dars: 
2) Operatsiyalarni о‘zlashtirishga (ayni operatsiyaga oid ish mehnat 
priyomlarini о‘rganishga) bag‘ishlangan dars: 
3) Kompleks ishlarni bajarishga (konkret buyum tayyorlash munosabati bilan 
ilgari о‘rganilgan operatsiyalarni texnologik kompleks tarzida birlashtirishga) 
bag‘ishlangan dars: 
4) Nazorat-tekshirish sinov, topishiqlari va malaka olishga bag‘ishlangan dars 
(chorak oxirida,yarim yillik, о‘quv davrida). 
Ayrim dars shaklidagi ishlab chiqarish ta’limi asosan о‘quv ustaxonasida 
tashkil etilishini e’tiborga olib shuni ham ta’kidlash kerakki, о‘quvchilar 
bajaradigan ishlarning xarakteriga qarab darsni tashkil etish shakli ham tanlanadi 
(ish­dars, frontal – butun sinf uchun, zveno, individual va aralash tur). 
Masalan, о‘quvchilarning hammasi bir xil ishni bajaradigan bо‘lsa (bolg‘a, 
tayyorlash, kalit yasash va hokozo). Darsning frontal shaklini qо‘llash mumkin. Bu 
xolda о‘qituvchi о‘quvchilarning hammasi uchun bitta umumiy instruktaj beradi va 


213 
hamma о‘quvchilarga nisbatan qо‘yiladigan umumiy talablar asosida buyumni 
tayyorlash texnalogiyasining tо‘g‘ri bajarilishini kuzatib boradi. 
О‘quvchilar bajaradigan ishlar mazmuni (tayyorlash texnologiyasi) bir-biriga 
yaqin, lekin xarakteri, ya’ni konstruksiyasi boshqa-boshqa bо‘lgan hollarda darsni 
zvenolarga bо‘lib tashkil etish ma’qul, masalan, tokarlik stanogini yig‘ish 
(murakkab mahsulot vositasida о‘rgatib-о‘qitish)da о‘qituvchi ishni uzellarga 
ajratadi (uzatishlar qutisi, tezliklar qutisi, keyingi skoba va shunga о‘xshash ) va 
har bir uzelni 2-3 kishilik zvenoga topshiradi. Yig‘ish operatsiyalariga oid hamma 
umumiy ma’lumotlarni о‘qituvchi frontal instruktaj tarzida о‘quvchilarga aytib 
beradi, har bir uzelning о‘ziga xos ma’lumotlarini esa har bir zvenoning о‘ziga 
aytadi. О‘qitishning bu shaklidan foydalanganda о‘qituvchining ish hajmi, ayniqsa 
joriy instruktajda, frontal formadagidan kо‘ra ancha ortadi. Biroq bundagi xilma-
xil ishlar sonining kо‘p bо‘lishi (stanokning turli uzellari), о‘quvchilarda 
professional ilmlarning о‘sishigagina emas, balki politexnik bilimlari doirasining 
kengayishiga ham yordam etadi. 
Individual (yakka tartibda) о‘qitish shaklini sinfdagi kо‘pchilik о‘quvchilar 
konstuksiyasi har xil, mazmunan esa bir-biriga yaqin bо‘lgan ishlarni 
bajarganlarida qо‘llash mumkin. Bu xil ishlar, masalan: о‘quv ustaxonasi uchun 
xilma-xil mayda buyurtmalardan, yoki dona hisobi uncha katta bо‘lmagan turli-
tuman detallar (tokarlik yoki parmalash stanoklari detallari) bо‘lishi mumkin. 
Bunday hollarda о‘qituvchi tayyorlanishi kerak bо‘lgan buyumlarning tayyorlanish 
texnologiyasi tahlil qilib chiqib, о‘quvchilarga frontal instruktaj tarzida umumiy 
belgilarni (ma’lumotlarning) va yakka shaklni qо‘llaganda aytiladigan 
ma’lumotlarni oldindan ajratib qо‘yadi. Bunda individual tarzda aytiladigan 
ma’lumotlar kо‘proq bо‘ladi. Kо‘rinib turibdiki, darsni individual shakl asosida 
tashkil etganda, о‘qituvchi kо‘proq tayyorgarlik kо‘rishi kerak bо‘lar ekan, bunda 
darsning induvidual shakli va induvidual instruktajdan iborat ikkita tushunchani 
bir-biridan farq qilish zarur. Induvidual instruktajni har qanday shaklda tashkil 
etilgan darsda qо‘llash mumkin, lekin bu ishning xajmi frontal dars shaklida 
kamroq, induvidual shakldagi darsda esa kо‘proq bо‘ladi. 


214 
Nihoyat, aralash shakldagi dars yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan uchchala dars 
shakllarining elementlaridan tarkib topadi. 
Shuni ham ta’kidlab о‘tish kerakki, dastur materialining mazmuniga, ixtisos 
xarakteriga va boshqa faktorlarga qarab, ishlab chiqarish ta’limida boshqa tashkiliy 
shakllarni ham qо‘llash mumkin. Masalan, о‘quvchilar brigadasi shaklidagi 
о‘qitish ishlab chiqarish sharoitida,dars shaklini qо‘llash mumkin bо‘lmagan 
hollarida qо‘llash maqsadga muvofiqdir. Bu shakldagi ta’lim kо‘pincha kо‘mir 
koni shaxtyorlarini tayyorlashda, metallurglar, ximiklar va qishloq xо‘jaligiga 
tegishli kо‘pgina ixtisos ishchilarini tayyorlashda qо‘llash mumkin. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin