Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


«Aql» kategoriyasini pedagogik diagnostika doirasida talqin qilinishi. 2



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə48/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

1. «Aql» kategoriyasini pedagogik diagnostika doirasida talqin qilinishi.
2. O’quvchilarning aqliy rivojlanishini diagnostika qilish
3. Ta’lim jarayonida yoshlarning intellektualligini va mustaqil fikrlay olish
qobiliyati darajasini diagnostika qilish.
Tayanch so’zlar: aql, assotsiativ test, ekspressiv test, intellekt, idrok, metod
«Aql» kategoriyasini pedagogik diagnostika doirasida talqin qilinishi. 
Ayrim ilmiy adabiyotlarda «aql», «intellekt», «ilmga chanqoqlik» tushunchalari
bilan bir xil ma’noda ishlatiladi. Aslida pedagogik diagnostika nuqtai nazaridan
ushbu tushunchalar o’rtasida mohiyatan farq bor.
Aql - (lotin tilida: “rationahs ”, yunoncha: “ nus”, “fronesis arab tilida: “al- aql”-
“asoslangan maqsadga muvofiq”)- inson uchun o’ylash, fikrlash, anglash va
xotirlash, xulosa chiqarish imkonini beradigan qobiliyati, noyob manaviy xodisa.
“Aql” va “aqliy faoliyat” haqidagi fikrlar qadimgi yunon falsafasiga borib taqaladi.
“Aql” tarozisi Aflotun va Arastu falsafasida keng ishlatilgan. Arastu nazariy va
amaliy aqlni “nus” va “fronesis”, “sust va faol” shakllarga ajratadi. Arastu talqiniga
ko’ra, aql avvaliga ilk moddiy negizga o’xshab shaklsiz bo’lgan va voqelikni idrok
qilish jarayonida doimiy faol aql shakllanib, taraqqiy etib borgan hamda voqelikni
anglashning samarali vositasiga aylangan. O’rta asrlardagi SHarq falsafiy
tafakkurida aql to’g’risidagi ta’limotlar, Aflotun, Arastu va Plotinning falsafiy
merosida ta’sirlangan va shakllangan. Masalan, G’azzoliy Alloh va ilohiylik bilan
bog’liq masalalarni tla-to’kis idrok etishga aql ojiz ekanini ta’kidlaydi. CHunki
Allohni, g’ayb ilmlarini faqat naql va ilohiy tuyg’u orqali bilish mumkin, inson o’z
aqli bilan hamma narsaning mazmun mohiyatiga etishga imkoni bo’lganida vahiy
orqali zarur ilohiy ko’rsatmalar kelishiga hojat qolmagan bo’lar edi. G’azzoliy “Aql


o’zining ojiz va notavonligini tushunib yetish uchungina kerak xolos”


14
,- degan
xulosaga keladi. Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida: “Kalom aqlning cheksiz
imkoniyatlarini inkor etmaydi, chunki uningcha, Allohning o’zi oliy aql va
donishmandlikning yagona sohibidir. Uning aqli oldida oddiy insonning aqli ojizdir.
SHunday ekan, Allohning aqli va Alloh to’g’risidagi bilim bir-biridan tubdan farq
qiladi. Ammo inson aqlining mavqeyi muximdir. Aql tufayli inson o’z his-
tuyg’ularini, olingan xabarlarni muayyan tartibga keltiradi, ularing chin yoki
yolg’on ekanini aniqlaydi. Xoliq tomonidan yaratilganni (xaqni) bilib boradi Lekin
kishi muammolar mohiyatiga chuqur kirib borar ekan, unda aqlning imkoniyatlariga
shubha paydo bo’la boshlaydi. Bu esa, iymon-e’tiqod uchun xavflidir”
2
. Tasavvuf
tariqatlari aqlning imkoniyatlarini, zohiriy jarayonlarini bilish bilan chegaralab
qo’yadi botinni, Haqni anglashga faqat qalb, qalbning holati da’vo qila oladi”, deb
uqtiradi tariqat namoyondalari. Ibn Rushd falsafasida: “Aql tarozisi muhim
maqomga ega. Ularga ko’ra inson aqli dastavval sust aql ko’rinishida namoyon
bo’ladi. U ashyo va hodisalarni bilish jarayonida orttirilgan aql sohibiga aylanadi.
Bunday holatda uning qarshisida g’ov bo’lishi mumkin emas. Jonli mulohaza oddiy
narsa va hodisularning muhim bo’lmagan xossa va xususiyatlari (aksidenstiya-
araz)ni kashf etish bilan chegaralansa, aql esa, aksincha, ularing tub mohiyatini
anglashni maqsad qilib qo’yadi. Aqlning qarshisida o’tmish, hozirgi davr va kelajak
bab-barobardir, aql makon va zamonda cheksizdir”.
Abu Nasr Forobiyning fikricha: “Ezgu fikr, donishmandlarning durdona
g’oyalariga mangulik muhri bosilganidek aql ham abadiydir”. Alisher Navoiy
asarlarida “aql" tushunchasi bilan bog’liq quyidagi iboralarni uchratamiz: “Aql ahli
14
Абдуллаева Ш.А., Зайнитдинова M.A., Халикова Г.И. // Педагогические взгляда суфиев. История
педагогики - Тош кен т: Фан ва ахборот технология лари, 2017,-98-с
Ирисов А. Абу Али ибн Синонинг фалсафий карашлари.-Душанбе: Ирфон, 2006.-78-бет.
Абдуллаева Ш.А.. Зайнитдинова М.А., Халикова Г.И. /7 Педагогические взгляда суфиев. История
педагогики - ТошкентФан ва ахборит технологи ялари, 2017-106-с.
Абдуллаева Ш.А . Зайнитдинова М.А., Халикова Г.И. // Педагогические взгляда суфиев. История
псдагогики- Тошкент Фан ва ахборит гехнологиялари, 2017.-112-с.
Зунунов А. Абу Наср Фаробийнинг псдагогик карашлари //.Педагогика тарихи –Тошкен.
Маънавият, 2008.-79- бет.


- hushyor ong egalari; aql dehqoni-tajriba va mulohaza egasi, tajribali ongli kishi;


aql ko’yi - aql idrok yo’li; aql mezoni-ong, aqlning o’lchovi tarozisi; aql
muhandislari- donishmandlar, olimlar, bilimdonlar; aql oldida - ongli tushunish
bo’yicha, aqlan; aql piri-tafakkur ustozi-farosatli kishilar; aql sarrofi - aql zargari,
aqlning baholovchisi aql o’yini-miya, fikru xayol; aql xirmoni- aql mujassamligi;
aql chirog’i- aqlning kuchi, aqlning quvvati; aql eshigi - aqlning yo’li, ongli yo’l;
aql o’ti-zehn o’tkirligi, hushyorlik; aql hushi-bunga izoh hojat Aql hisobi-ong
doirasi, chegarasi. Aqldan begona-telba; aqli javohirshunos- yetuk, komil va
so’zning yashirin sirlarini yaxshi tushunadigan noziktaob kishilarning idroklisi; aqli
zoyil-aqli ketgan kishi; aqlizulmoniy-xira aql, o’tmas zehn, aqli kuni-eng yetuk aql,
aqli maslabatbin-maslahat ko’rsatuvchi, to’g’ri yo’l va to’g’ri fikrga yo’llovchi aql.
Aqli musharraf-sof, sharafli aql; aqli mustaqim-ikkilanmaydigai. To’g’ri aql egasi
qat’iy fikrli odam; aqli musohib-fahm farosatli kishi; aqli oz - aqldan adashiroq; aqli
saloh-to’g’ri, sog’lom fikr, aqli sarkash-itoatsiz, o’jar, qaysar, bo’yin tovlovchi aql;
aqli sitamkori-jabr-zulum qiluvchi, jafo yetkazuvchi. Aqlu fahmi hurdadoi-nozik
aql-fahm; aqli xudbin-faqat o’zini o’ylaydigan shaxs; aqli xurdabin-sezgir, nozik aql
va h.k. Alisher Navoiy «aql» tushunchasini «bilimdonlik»dan kengroq ta’riflab,
“aql” so’zining darajasi va sifatini ajratadi. Ushbu sifatlardan eng muhimi va
ijobiylari bevosita bilimdonlikka aloqadordir. Demak, aqlning o’zi bitta, lekin
odamlarning aqliy darajasi ko’pdir, barcha odamlar aqlga ega ekanliklari bilan bir
xildir, lekin ular aqliy darajasiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Yer yuzida qancha
odam bo’lsa, hammasi aql darajasi bilan o’zgalardan farq qiladi. Dunyoda nekbin
aql egalari va xudbin aql egalari bor. Nekbin aql egalaridagi aql insoniyatga ezgulik
keltiradi, xudbin aql egalaridagi aql esa faqat o’z egasiga naf keltiradi. Aql bobidagi
misollarni boshqa mutafakkir va allomalar asarlandan ham ko’plab keltirish
mumkin. O’rta asrlarda SHarq mamlakatlari falsafasida “Aql al-faol” degan
tushuncha qo’llangan, U islom dunyosida hozir ham muomalada Forobiy, Ibn Sino,
Ibn Rushdning falsafiy ta’limotlarida Aql al-faol olamning vujudga kelishida-
dunyoviy aql shaklida birinchi sabab-Allohdan kelib chiqadi. Bu dunyoviy aql
insondagi individual aqlning yuzaga kelishi va rivojiga ta’sir etib turadi. Har bir


inson aqli o’z navbatida dunyoviy aql bilan birlashishga intiladi. Insonning shaxsiy


aqli olamni borgan sari chuqurroq bilib, bir necha bosqichlarni bosib o’tadi. U
mutlaq bilimlar, ya’ni olamning ibtidosi va asosi haqidagi bilimlarni
o’zlashtirgandan so’ng dunyoviy aql bilan birlashadi; uni boyitadi. SHaxsiy aqliy
bilim bilan boyigan dunyoviy aql yana inson aqlining rivojiga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. SHarqning ilg’or mutafakkirlari “Aql al-faol” ta’limoti asosida aqlning
qudratini, uning ob’ektiv mazmunini, olam taraqqiyotidagi ahamiyatini isbotlashga
harakat qiladi. Dunyoviy aql bilan inson shaxsiy aqlining munosabati haqidagi
ta’limot jamiyat ma’naviy madaniyatining uzluksiz boyib borishii, inson aql-
zakovatining ilm-ma’rifatga qo’shgan hissasi bilan mangulikka erishishi, har kim
tirikligida kelgusi avlodlarga ilm-madaniyat sohasida meros qoldirishi uchun
intilishi zarurligi haqidagi fikrlarni ifoda etadi. Hozirgi zamon falsafiy tafakkurida
ratsionalizm (Aqlga urg’u berish) va sensualizm (jonli mushohadaparastlik) kabi
yo’nalishlar bir-biridan farq qiladi. Aql bilan jonli mushohadani bilish jarayonining
zarur bosqichi va vositalari sifatida talqin etish va ulardan samarali foydalanish
muhimdir. Bugungi kunda inson aqlini o’rganish,u bilan bog’liq sir-sinoatlarni
tadqiq etishga nihoyatda katta ahamiyat berilmoqda. Dunyoda globallashuv
jarayonlari, axborot oqimi muttasil kushayayotgan hozirgi davrda faqat aql-idrok,
ezgu g’oyalarga e’tiqod va yuksak ma’naviyat insonning asl tabiatini saqlab qolishi
mumkin ekani tobora yaqqol ayon bo’lmoqda.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin