Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


O’quv muassasalarida tahsil oluvchilarning intellektuallik darajasi quyidagi



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə51/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

O’quv muassasalarida tahsil oluvchilarning intellektuallik darajasi quyidagi 
yo’nalishlar bo’yicha farqlanadi va hisobga olinadi: 
jismoniy kamolotga erishganlik yo’nalishi;
intellektual yo’nalish (differensiyalash qobiliyati, miqdor va ko’plikni
tushunishning darajasi, xotiraning rivojlanish darajasi;
mehnatga munosabati (vazifani bajarishga tayyorgarligi, diqqat va chidamni
boshqara olishi) ;
ijtimoiy yo’nalish (tarbiyachilardan hissiy mustaqilligi, guruh bilan munosabatga
kirisha olish) vah.k.
Bolalarning bilim olishga tayyorgarligi quyidagilar orqali tadqiq qilinadi:
shifokor tekshiruvi orqali, maktabga tayyorgarlikni aniqlovchi test o’tkazish orqali,
test jarayonida bolalarning xulqini kuzatish orqali, oldingi rivojlanishi haqida
axborot to’plash va uni o’rganish orqali, bolarning ota-onalari bilan suhbat orqali.
Insonning intellektual rivojlanishini o’rganish hozirgi kunning muhim
masalalaridan bo’lib kelmoqda. Bu borada juda ko’plab ilmiy ishlar qilindi,
tadqiqotlar olib borilmoqda. Lekin mazkur masalarii o’rganishda hanuzgacha
yuksak natijaga erishilganicha yo’q.
Intellektual rivojlanish nazariyalari. Intellektual rivojlanishning quyidagi
15
Ин
ICH
ками К. Педагогическая диагностика. - Москва: Педагогика, 1991.-С - 168 .


nazariyalari mavjud: o’quv nazariyasi, psixometrik nazariya, kognitiv nazariya (yoki


axborot tahlili).
O’quv nazariyasini Torandayk asoslagan bo’lib, u intellektni bilim egallash
qobiliyati sifatida qaraydi. Bu nazariyada turli bilimlarni egallsh jarayonining
quyidagi bosqichlari keltiriladi: signallarni oddiy egallash, operativ taxlil;
muammoni yechishning qoida va yo’llarini egallash. Psixometrik nazariya o’quv
nazariyasidan ahamiyatliroq bo’lib hisoblanadi. U turli omillarni analitik tarzda
o’rganadi. Statistika metodi kabi psixometrik nazariya omillarni tahlil qilish alohida
individual turli ko’rsatkichli va bir-biri bilan bog’liq omillarni guruhlaydi. Keyin bu
omillar unda mujassamlashgan vazifalarni hisobga olgan holda verbal
interpretatsiya qilinadi.
Pedagogik diagnostika va uning metodlari o’quvchi-yoshlarning bilimini, fikr-
mulohaza yurita olishlarini, ish bilan harakatning birligi hamda tarbiyalanganlik
darajalarini o’rganib, ulardagi ijobiy fazilatlarni takomillashtirish va salbiy
xislatlarni yo’qotish uchun zarur bo’lgan korrektsion ishlarni amalga oshirishga
imkon beradi.
Bugungi kunda o’quvchilariting intellektual rivojlanishini aniqlashda
J.J.Piajening
“Bolaning
aqliy
rivojlanishlarini
diagnostika
qilish”,
L.S.Rubinshteynning “Modellashtirilgan pertseptiv harakatlarini egallab olish
darajasini
aniqlash”,
M.E.Bershadskiyning
“Ko’rgazmali-obrazli tafakkur
harakatlarini tashxislash”, E.G’ozievning “Mantiqiy tafakkur harakatlarini
shakllantirish” kabi metodikalari muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilarda aqliy darajani (IQ) aniqlaydigan maktab testi (SHTUR-
ADAMT) ham bugungi kunda mashhur testlardan biri bo’lib hisoblanadi. Bu test
maktab yoshidagi o’quvchilarning aqliy rivojlanishini tashxis qilish uchun
mo’ljalllangan. Uning tarkibi bir necha subtestlardan iborat topshiriqlar mavjud
bo’lib, ular: «bilimdonlik», «analogiya («o’xshashlik»)», «klassifikatsiya»
(tasniflashtirish), «umumlashtirish», «sonli qatorlar»ni o’z ichiga kamrab oladi. Test
o’zaro ekvivalent bo’lgan A va B shakllardan iborat.
SHaxsning ob’ektiv va sub’ektiv tomonlariga qarab tadqiq qilish metodikalarini


tanlash joizdir. Bunda proektiv testlar (shaxsni tadqiq qilishning yaxlit holda


o’rganish usullari majmuasi) bo’lib proektsiya (tasvir, aks, soya kattalashtirish
ma’nolarida) natijalarini pedagogik diagnostika bilan izohlashga asoslanadi. (Misol
uchun shaxs biron bir holatda voqelikni o’zicha o’zining xislatlariga mos idrok qilib
o’zida tasavvur hosil qiladi).

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin