Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


O’quvchilarga ahloqiy tarbiya haqida tushunchalar berib borish



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə53/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

2.O’quvchilarga ahloqiy tarbiya haqida tushunchalar berib borish. 
3. O’quvchilarni tarbiyasida axloqiy tarbiyaning o’rni va roli. 
Tarbiya jarayoni:
1) muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama
o’stirish, uning ongi, xulq-atvori, dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni;
2) o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etilib,
aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayoni.
Tarbiyalash:
1) o’quvchini tarbiyalab voyaga yetkazish, ulg’aytirish;
2) shaxsni tarbiyalash yo’lida amaliy pedagogik harakatlarni, faoliyatni tashkil
qilish.
Tarbiyalanganlik – o’quvchida axloqiy fazilatlar, mehnat ko’nikmalari hamda
hayotiy tajribaning shakllanganligi yoki rivojlanganligi. SHaxsning tarbiyalanganlik
darajasi – o’quvchining axloqiy fazilatlar, mehnat ko’nikma-malakalari hamda
hayotiy tajribaga egaligining muayyan ko’rsatkichi.
SHaxs tarbiyalanganlik darajasining ko’rsatkichi – o’quvchining muayyan darajada
axloqiy fazilatlar, mehnat ko’nikma-malakalari hamda hayotiy tajribaga egaligining
o’lchovi.
Pedagogik jarayonda, shuningdek, tarbiyaning faoliyat sifatidagi darajasi ham
belgilanadi. Mohiyatiga ko’ra, tarbiyaning muayyan darajasi – o’qituvchi, ota-
onalar, kattalar yoki mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan pedagogik faoliyat
samaradorligining asosiy ko’rsatkichi sanaladi.


SHaxsning muayyan yosh davrlari tarbiyaning ma’lum darajasini ifodalaydi.


Masalan, maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchisi muayyan axloqiy
fazilatlarga ega bo’lsa ham hali ularda mehnat ko’nikmalari yetarlicha
rivojlanmagan bo’ladi. Ammo u shu yoshda kattalar va tengdoshlari bilan ijobiy
munosabatda bo’lish, salomlashish, minnatdorchilik bildirish, iltimos qilish, o’ziga
yoqmagan holatlarni ayta olish ko’nikmalariga ega bo’ladi.
Tarbiya darajasining dinamik holati, ya’ni, o’quvchining axloqiy fazilatlari, mehnat
ko’nikma-malakalari hamda hayotiy tajriba “hajmi”ning ko’payib borayotganligi
uning shaxsida ijobiy o’zgarishlar sodir bo’layotganligini, borliqqa, atrofdagilarga
va o’ziga nisbatan qadriyat sifatida yondashayotganligini anglatadi.
Ta’limda ma’lum ma’lumot darajasiga ega bo’lishning aniq vaqt chegarasi,
muddati (boshlang’ich sinf – boshlang’ich ma’lumot olish uchun, umumiy o’rta
ta’lim – o’rta ma’lumotga ega bo’lish uchun, o’rta maxsus ta’lim – o’rta maxsus
ma’lumotga ega bo’lish uchun, oliy ta’lim – oliy (kasbiy) ma’lumotga ega bo’lish
uchun) belgilanadi. Tarbiyada ta’limdan farqli ravishda shaxsda ma’lum sifatni hosil
qilish uchun muddat, vaqt chegarasi belgilanmaydi. Ayrim sifatlar shaxsning 80-90
yoshida ham hosil bo’lishi mumkin. Ba’zan shaxsda keksalikda ham avval ega
bo’lgan ijobiy sifat o’rnida salbiy odatlar, yoki aksincha, salbiy illatlar o’rniga
ma’naviy-axloqiy xislat namoyon bo’ladi.
Buning sababi tarbiyalovchi vaziyatlar, ichki (shaxsning hayotiy intilishlari,
maqsadlari, tamoyillari, borliqqa, atrofdagilar va o’ziga bo’lgan munosabati) hamda
tashqi (jamiyatda shakllangan qarashlar, ularning rasman yoki norasman tan olinishi,
shaxs mansub bo’lgan mikromuhitdagi psixologik holat, shaxslararo munosabatlar
va boshqa) omillarning shaxs tarbiyasiga ko’rsatayotgan ta’siri bilan izohlanadi.
SHaxsni tarbiyalash jarayoni umr bo’yi davom etadi. SHunday bo’lsa-da,
shaxsni tarbiyalashda “qiyin o’tish davri” hisoblanadigan o’smirlik davri alohida
o’rin tutadi. Binobarin, aynan shu yosh davrida o’quvchi shaxsida hayotiy
maqsadlar, intilishlar, ijtimoiy qarashlar shakllanadi.


O’smirlikning “qiyin yosh davri” bo’lishi o’quvchi organizmida kechadigan


keskin fiziologik o’zgarishlar va uning shaxsga psixologik ta’siri bilan bog’liq. SHu
sababli oilada, ta’lim muassasalarida o’smir bilan ishlashga yanada jiddiy
yondashishga e’tibor qaratiladi. Bunda o’quvchi shaxsi, uning xatti-harakatlari va
faoliyatiga nisbatan oqilona pedagogik talablarni qo’yish, ularning izchil bo’lishiga
erishish muhim ahamiyatga ega. Har qanday pedagogik talab keskin taqiqlar va
cheklovlardan xolis bo’lishi lozim. Qolaversa, imkon qadar unga qo’yilayotgan
talabning o’quvchi tomonidan qabul qilinishi borasida fikrini bilish muhim.
O’quvchining fikri, o’qituvchi, ota-onalar va mutaxassislarning yondashuvlari
o’zaro qiyosiy o’rganilgan holda tarbiyaviy faoliyat rejalashtirilishi zarur. Tarbiya
jarayonida imkon qadar har bir o’quvchi uchun individual yondashuv bo’lishi kerak.
Zero, o’quvchilar turlicha psixologik xarakter, fizologik imkoniyat (ayniqsa, mehnat
ko’nikma, malakalarini shakllantirishda inobatga olinadi), hayotiy maqsadlar,
shuningdek, muayyan darajada ma’naviy-axloqiy fazilatlar, hayotiy tajribaga ega
ekanliklari e’tiborga olinadi.
Pedagogik diagnostika yordamida o’quvchi shaxsning tarbiyalanganlik darajasiga
oid ma’lumotlarga ega bo’lish “Individual rivojlanish dasturi”ni ishlab chiqish,
ma’naviy-axloqiy fazilatlar, hayotiy tajribaning dinamik o’sishini kuzatib borishga
yordam beradi. Boshlang’ich nazorat yordamida qo’lga kiritilgan o’quvchining
rivojlanganlik darajasiga oid ma’lumotlar pedagogik diagnostikada oraliq va
yakuniy nazorat muddatlarini belgilash, tarbiyalovchilik faoliyatini rejalashtirish
hamda tarbiya jarayonini izchil kuzatib borish uchun imkoniyat yaratadi.
Ta’lim jarayonida bo’lgani kabi tarbiyada ham yakuniy nazorat natijalari
boshlang’ich nazoratning natijalari bilan o’zaro taqqoslanadi. Ular o’rtasidagi farq
tarbiyaviy faoliyat samaradorligini belgilashga xizmat qiladi.
O’quvchining tarbiyasini tashkil etayotgan o’qituvchi, eng avvalo, tarbiya va ta’lim
maqsadlarini ajratib olishi zarur. Tarbiya jarayonida o’quvchini intellektual
rivojlantirish asosiy maqsadga aylanmasligi kerak. Zero, agar to’g’ri rejalashtirilsa
va oqilona tashkil etilsa, o’quvchini intellektual rivojlantirish ta’lim jarayonida


ta’minlanadi. Eng muhimi, tarbiya jarayonida o’quvchining yosh va psixologik


xususiyatlarini, fiziologik-jismoniy imkoniyatlarini inobatga olishdir.
Odob-axloq - shaxsning o’ziga va dunyoga nisbatan munosabatlaridagi xatti
harakatlarining belgilangan, aniqlangan usuli bo’lib, sabab tasavvurlar va
qarashlarni qamrab oladi, ya’ni shaxs shakllanadigan manba hisoblanadi.
Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishidagi o’rni nihoyatda beqiyosdir. Irsiy
belgilarning rivojlanishi insoniy-ijtimoiy muhitda yashashga bog’liqligiga ko’plab
misollar keltirish mumkin. Inson bolasi, agar ijtimoiy-insoniy muhitda emas, boshqa
muhit, aytaylik hayvonlar muhitiga tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim
biologik ko’rinishlari saqlanar, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-harakat bo’lmaydi.
(1920 yilda Hindistonlik doktor Singx Midnapur bo’ri uyasidan topib olgan
qizchalar Kamola va Amola hayoti bunga misol bo’ladi). Yoki Daniel Defoning
“Robinzon Kruzo” asaridagi bosh qahramon - Robinzon yashagan orol sohillariga
uning xaloskor kemasi yelkan otmaganida edi, u shaxs sifatida degradatsiyaga
uchragan bo’lardi. Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o’rni muhim
bo’lib, Alisher Navoiy - shoir, Eynshteyn- fizik, Ulug’bek-astronom, Ibn Sino-tabib
bo’lib tug’ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, iste’dodga
aylanishida ijtimoiy muhit, ta’lim -tarbiya muhim o’rin egallaydi. Davlatimizning
barkamol inson tarbiyalash borasidagi siyosatida ham shaxs shakllanishida
muhitning o’rni muhimligi ko’rsatiladi.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin