aktivlik va o’z-o’zini tartibga solishning ayrim shart - sharoitlari yashiringan bo’lib,
bular umumiy aqliy qobiliyatlarni tarkib toptirishning
muhim ichki shartlaridan
biridir.
«Aqliy, intellektual tarbiya orqali bolalarda tabiatdan
berilgan aqliy kuchlar
sezgilar, ruhiy holatlar, biluvchanlik va faoliyat erkinligini rivojlantirish natijasida
insonda
mustaqil fikr yuritib, oldiga maqsad qo’ya olish hamda ko’zlagan
maqsadiga yetishish qobiliyati shakllantiriladi.
Ingliz mutafakkiri Jon Lokk o’zining «Tabiat qonuni borasidagi tajribalar»
nomli asarida: «Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi yetkazib berilmasa, u holda
tafakkur uchun hech qanday material berilmagan bo’ladi
va aql bilishni taraqqiy
ettirishi borasida tosh, yog’och, qum va hokazo qurilish materiallarisiz me’mor bino
qurishda qanchalik ish qila olsa, shunchagina ish bajaradi»-, deb ta’kidlaydi.
O’quvchilarning aqliy rivojlanishini diagnostika qilishda G.Gilьford, Ayzenk,
I.Rogov metodikalari va testlariga murojaat etish
hamda ularda bilishga oid
qiziqishlarini nvojlaritirishga qaratilgan motivatsion- qiziqarli tomonlariga ko’proq
e’tibor berish lozim.
Dostları ilə paylaş: