Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə57/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

Kasbiy ma’lumotlar berish: o’quvchilarga zamonaviy ishlab chiqarishning
turlari, mehnat bozori haqida tushunchalar berish hamda kasblarning odamlarga
qo’yadigan talablari hakidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish; kasb-hunar ta’limi
muassasalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashning asoslarini yaratish.
Kasbiy maslahatlar berish: o’quvchi-yoshlarni qiziqishlari, moyilligi, tug’ma
layoqati, qobiliyati, ko’nikmalari, oilaviy muhit, hududiy shart-sharoitlar, o’quvchi
va ota-onalarning istak va xoxishlari, kasbga qo’yiladigan talablardan kelib chikib,
malakali kasbiy maslahatlar berishni tashkil etish asoslarini ishlab chiqish.
Kasbiy tashxis: shaxsning individual psixologik va fiziologik xususiyatlari, yoshi,
bilim darajasi, ko’nikma va malakalarini xisobga olgan xolda yakuniy tashxis
qo’yish (tashxis materiallari maxfiy xisoblanib, u fakat o’quvchi va uning ota-onasi
bilan muhokama etiladi), o’quvchining kasbiy moyilligini aniqlash, shaxsning
yo’nalganlik darajasini baxolash.
Kasbga yo’naltirish: psixologik, psixo-fiziologik va tibbiy tashxis natijalari asosida
shaxsning psixologik, psixo-fiziologik va fiziologik xususiyatlariga mos keladigan
kasbiy tayyorlov yo’nalishlari to’g’risida unga tavsiyalar berish; jamiyat ehtiyoji va
mehnat bozori talablari asosida ularning o’z qiziqishlari, qobiliyatlari va
sog’liqlariga mos bo’lgan kasb-hunarlarni tanlashlariga ko’maklashish; o’rnatilgan


me’yoriy talablar asosida shaxsni o’zi tanlagan aniq bir kasbga loyiqlik darajasini


aniqlash.
Kasbiy moslashuv: shaxsning mutaxassis bo’lib yetishishi, undagi tegishli ijtimoiy
va kasbiy sifatlarning shakllanishi, faol ijodiy mehnat qilish, berilgan ko’rsatma va
talablarning bajarilishi xamda yuqori kasbiy malakaga erishishiga imkon yaratuvchi
tadbirlar tizimini yaratish, turdosh kasblar ichidan shaxsga maqbul bo’lgan kasbni
tanlashida ko’maklashish.
Mazkur Nizomda kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining ishtirokchilari aniq
belgilab quyilgan, bular quyidagilar:
• o’quvchilar;
• ota-onalar;
• ta’lim muassasasi;
• kasbga yo’naltiruvchi;
• kasb-hunarga yo’naltirish xizmati mutaxassislari;
• o’qituvchilar;
• sinf raxbari;
• maktab shifokori;
• kutubxona mudiri;
• jamoat tashkilotlari;
• kasb-hunar ta’limi muassasalari;
• korxonalar;
• mehnat organlari;
• hududiy boshqaruv organlari (xokimlik);
• maxalliy o’z-o’zini boshqaruv organlari;


• ommaviy axborot vositalari.



Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin