Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti norposhshaxon voxidova


O’quvchilarning axloqiy tarbiyalanganligi ko’rsatkichlari va mezonlari



Yüklə 373,4 Kb.
səhifə54/75
tarix24.12.2023
ölçüsü373,4 Kb.
#193705
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org

O’quvchilarning axloqiy tarbiyalanganligi ko’rsatkichlari va mezonlari. 
Inson tarbiyasi va uning tarbiyalanganlik darajasi o’z davrining ilmiy-amaliy
mezonlari bo’yicha tadqiq etishlik ko’p asrlik fan tarixiga ega. Insoniyatning yer
yuziga kelishidan e’tiboran kishilar muayyan sotsiumning a’zosi tariqasida
shaxslararo munosabatga kirishishi, muloqot o’rnatishi, muomala odobiga rioya
qilishi lozim, deb belgilanishi tarbiyalanganlik o’lchovlarining vujudga kelishiga
sabab bo’lgan. Taraqqiyot, ijtimoiy ong, aql-zakovat, qulaylikk intilish hissi
tarbiyalanganlikning ham harakatlantiruvchisi, ham mexanizmi, ham zarurat


ekanligini ta’kidlovchi omil bo’lib xizmat qilgan va bundan keyin ham ko’p


funktsional vazifani ado etaveradi.
Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan
qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi.
O’zbek xalqining ko’p asrlik milliy-ma’naviy, madaniy qadriyatlarni, uning odob-
axloqini belgilab beruvchi Qur’oni Karim, Hadisi SHariflar, imom Buxoriy, imom
Termiziy, Bahouddin Naqshband, az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Ahmad
Yassaviy, So’fi Olloyor, Sulaymon Boqig’oniy kabi mutaffakkirlarning bebaho
merosini; Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Al Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mahmud
Qoshg’ariy, Yusuf Xos Hojib, Axmad Yugnakiy, Mirzo Ulug’bek, Amir Temur,
Bobur, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi allomalarning jahon fani va
madaniyati xazinasiga qo’shgan ulug’, bebaho hissalarini tadqiq etish va shu asosda
yosh avlodni tarbiyalash muxim ahamiyat kasb etadi. Axloq-ma’naviyatning o’zagi,
inson axloqi shunchaki salom-alik, yaxshi muomaladangina iborat emas. Axloq-bu,
avvalo insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik demakdir. Ajdodlarimiz komil inson
haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, SHarqona axloq Kodeksini ishlab
chiqqanlar. Ko’hna tariximizning qaysi davrini eslamaylik, din har doim odamlarni
o’z-o’zini idora etishga, yaxshi xislatlarni ko’paytirib, yomonlaridan xalos
bo’lishiga chorlagan. Har bir insonga, oila, jamoa, xalqqa rahnamo bo’lgan.
Kishilarni og’ir sinovlarga bardosh berishga, yorug’ kunlarga intilib yashashga
da’vat qilgan, ishontirgan. Bunday da’vat o’z navbatida odamlarga kuch-quvvat
bag’ishlagan, irodasini mustahkam qilgan, bir-biriga mehr-oqibatini oshirgan.
O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlarning
ma’naviy kiyofasini shakllantirishda, ularni ilm-ma’rifatli, diyonatli, yuksak axloqli
bo’lishlari bilan birga, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta o’zlashtirib
olishlariga katta ahamiyat berilmokda. O’zbekiston Davlati fuqarosining ma’naviy
qiyofasini belgilovchi fazilatlar-vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy g’urur,
mehnatsevarlik, baynalminalchilik kabilar maktab va o’qituvchining faol
ishtirokida, tarbiyaviy ta’siri ostida shakllanadi. O’qituvchilik kasbi o’z mohiyatiga


ko’ra axloqiy xarakterga ega. SHuning uchun ham, avvalo, muallimning o’zi


umuminsoniy va milliy qadriyatlarini puxta o’zlashtirib olishi va axloq bobida
shaxsan ibrat bo’lishi zarur. Demak, inson tarbiyasi va uning tarbiyalanganlik
darajasi o’z davrining ilmiy amaliy mezonlari bo’yicha tadqiq etishlik ko’p asrlik
fan tarixiga ega. Insoniyatning yer yuziga kelishidan e’tiboran kishilar muayyan
sotsiumning a’zosi tariqasida shaxslararo munosabatga kirishishi, muloqot
o’rnatishi, muomala maromiga rioya qilishi lozim, deb belgilanishi tarbiyalanganlik
o’lchovlarining vujudga kelishiga sabab bo’lgan.
Tarbiyalanganlik-jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo’ysunish va
o’zgalarning nafratini qo’zg’atadigan hatti-harakatlardan o’zini tiya bilishdir.
Abdulla
Avloniyning
fikricha:
“xulq-nafsning suvrati” bo’lsa, Hamza
Hakimzodaning ta’riflashicha: «Axloq xulqni jamidur. Axloq ikki qism bo’lur. Biri
axloqi husniya (yaxshi xulqlar), ikkinchisi axloqi zamimayomon xulqlar)dur. Axloqi
husniya insoniyat olarnining bir gulshanidirki, anda hayo, hilm, saxo, qanoat, rizo,
shukr, sabr, tavba, sidq, tavozou, ajz, faqrga o’xshash adolat gullari bila muzayyan
va muattar o’lur. Axloqi hamima bir sho’razordurki, oni aksincha jafo, zulm, hasad,
kibr, kufr, tamao, g’azab, nifoq, gazab, bo’hton, g’iybat, buixl, xiyonat, isrof, hirs,
fitna, hosil; bunga o’xshash turiu qabohat nimarsadan boshqa shaylar
ko’karmaslar»1. Demak, tarbiyalanganlik barcha ijobiy xulqlarni o’zida
mujassamlashtirib, salbiy xulqlardan forig’ bo’lish demakdir.
Tarbiyalanganlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat, deb hisoblaydi
mutafakkir Alisher Navoiy: — jahl chiqqanda o’zini bosa olish; har bir ishni
qilganda «etti o’lchab bir kesish”; sir saqlay olish, mulohaza qilib, ayrim gaplarni
aytish; — doimo ishonch bilan yashash va olg’a intilish; andisha chegarasidan
chiqmagan holda dadil bo’lish; — bir ishni boshlagandan keyin uni oxiriga
yetkizmay quymaslik — topgan-tutganini tejab-tergab sarflash va hokazolar. Az-
Zamaxshariyning fikricha, tarbiyalanganlikning o’nta nishonasi farqlanadi: —
birinchisi - xalq to’g’ri deb topgan narsani noto’g’ri deb qaramaslik; — ikkinchisi
— o’z nafsiga erk bermaslik; — uchinchisi —birovdan ayb qidirmaslik; —


to’rtinchisi — yomonlikni yaxshilikka yo’yishlik; — beshinchisi — agar gunohkor


uzr surasa, uzrini qabul qilish; — oltinchisi — muxojirlar hojatini chiqarish; —
yettinchisi — el g’amini yeyish; — sakkizinchisi — o’z aybini tan olish; —
to’qqizinchisi — el bilan ochiq yuzli bo’lish; — o’ninchisi — odamlar bilan shirin
muomalada bo’lish. «Xushxulqli, yaxshi tarbiya ko’rgan kishi yaqinlari, yoru
do’stlari uchun misli o’chmas chiroqdir deb yozadi. Demak, har bir tarbiyachi
birinchi navbatda o’z faoliyatini va unda ko’zda tutilgan maqsadni aniq tasavvur eta
olishi muhim.

Yüklə 373,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin