20-rasm. Oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica)ning nerv sistemasi va jinsiy organlarining
tuzilishi: a) nerv sistemasi: 1-halqum oldi nerv tuguni; 2-qorin va yon nerv tomirlari; 3-komissuralar;
b) jinsiy organlari: 1-urug„donlar; 2-sariqdon yo„li; 3-laurerov kanali; 4-ootip; 5-urug„ qabul qilgich;
6-tuxumdon; 7-sirrus; 8-sirrus xaltasi; 9-sariqdon; 10-bachadon; 11-melis tanachasi; 12-urug„ yo„li; v)
1-urug„donlar; 2-sariqdonlar; 3-laurerov kanali; 4-ootip; 5-urug„ qabul qiluvchi; 6-tuxumdon; 7-bezlar;
8-qo„shilish organlarining xaltasi(sumkasi); 9-sariqdon bezlari; 10-bachadon; 11-melis tanachasi; 12-
urug„ yo„llari.
Tuxumdoni bitta; urag„donlardan keyinroqda joylashadi. Tuxumdon ootip deb
ataladigan xaltachaga ochiladi. Ootipga urg„ochilik jinsiy bezlarining yo„li ochiladi.
Tananing ikki yonida juda ko„p pufakchalar shaklidagi sariqdonlar joylashgan.
Tananing oldingi va keyingi qismidan chiqadigan sariqdon yo„llari bitta ko„ndalang
nayga birlashadi va ootipga kelib qo„shiladi. Ootipdan uzun egri-bugri bachadon
boshlanadi. Bachadon yetilgan tuxum hujayralar bilan to„lgan bo„lib, jinsiy kloakaga
ochiladi. Ootipga urug„ qabul qilgich va qisqa laurerov nayi ham ochiladi. Bundan
tashqari ootipni mayda po„choq bezlari ham o„rab turadi.
Yetilgan tuxumlar ootipga tushib urug„lanadi. Buning uchun kuyikish organi
bachadonga kiritiladi. Urug„lar bachadondan urug„ qabul qilgichga va undan ootipga
o„tadi. Laurerov nayi orqali ootipdagi ortiqcha urug„ hujayralari chiqarib turiladi.
Sariqdon hujayralarining sitoplazmasida zahira oziq modda glikogen to„planadi.
Sariqdon hujayralari tuxum hujayrani o„rab oladi. Sariqdon hujayralari ajratadigan
maxsus modda bu hujayralar sirtida qattiq po„choq hosil qiladi. Yetilgan tuxum
bachadonga tushadi u joydan tashqi muhitga chiqib ketadi.
1
2
3
7
6
5
4
3
2
1
1
12
11
10
9
8 7
8
12
5
6
3
11
4
10
9
2
a)
b)
v)
Barcha trematodalar xo„jayin almashtirish yo„li bilan rivojlanadi. Ular ikki yoki
uch xo„jayin orqali taraqqiy etadi. Necha xo„jayin ishtirokida rivojlanmasin barcha
trematodalarning birinchi oraliq xo„jayini suvda yoki quruqlikda yashovchi
mollyuskalar hisoblanadi. Mollyuskalar uchramaydigan hududlarda trematodalarning
ontogenezi to„xtaydi. O„zbekiston hududida suv mollyuskalari orqali rivojlanuvchi
trematodalar odatda, ikki xo„jayinli (birinchi–oraliq xo„jayin-mollyuskalar, ikkinchisi–
asosiy, yoki definitiv xo„jayinlar-umurtqalilar), quruqlikda yashovchi mollyuskalar
orqali rivojlanuvchilari – uch xo„jayinli bo„ladi.
Trematodalarning taraqqiyoti, ya‟ni ontogenezi o„z ichiga 4 bosqichni oladi, ya‟ni
embriogoniya, partenogoniya, sistogoniya va maritogoniya.
Ikki xo„jayinli trematodalarda embrional taraqqiyot bosqichi suv muhitida, nam
sharoitda kechadi. Bu bosqichda tuxum ichida 1- avlod lichinka – kiprikli miratsidiy
yetiladi, bu lichinka tuxum qopqoqchasini ochib tuxum ichidan suvga o„tadi. Bunday
miratsidiyda ikkita oddiy ko„zcha, bosh nerv tuguni, protonefridiyalar, muskul qavatlar
rivojlangan bo„ladi. Unda ichak va jinsiy apparat bo„lmaydi. Shunday qaraganda
trematodalarning 1 - avlod lichinkasi – miratsidiyning tuzilishi ancha murakkab va ko„p
jihatdan turbellyariyalarni eslatadi. Miratsidiy ichaksiz bo„lganligi tufayli oziqlana
olmaydi, shuning uchun uning umri juda qisqa bo„ladi (36 soatgacha). Shu orada u
suzib yurgan holda o„zining oraliq xo„jayini-mollyuskalarni qidiradi va faol holda uning
tanasini teshib kiradi. Buning uchun ular tana uchidagi xartumcha va maxsus bezlar
shirasidan foydalanadi.
Mollyuskaning
jigarida
kiprikchalari,
ko„zchalari,
nerv
tugunlari,
protonefridiyalarini yo„qotib, 2- avlod lichinka – xaltasimon sporotsista-ga aylanadi.
Shu paytdan boshlab trematodalarning partenogoniya taraqqiyot bosqichi boshlanadi.
Sporotsistalar ichagi bo„lmagan holda tana yuzasi bilan xo„jayin tanasidan yerigan
moddalarni shimib oziqlanadi. Sporotsistadagi tuxum hujayralari otalanmasdan,
partenogenetik yo„l bilan ko„payib, ko„plab 3- avlod lichinka – rediylarni hosil qiladi.
Rediylar sporotsistalar ichidan ajralib chiqadi. Partenogenetik yo„l bilan ularning
tuxum hujayralaridan 4 - avlod lichinkalar – dumli serkariylar rivojlanadi. Serkariylarda
ikkita so„rg„ich, ikki shoxli ichak, protonefridiyalar yetilgan bo„ladi. Shu darajaga
yetgan serkariylar rediylarni yorib mollyuskalarning maxsus teshigidan suvga chiqadi.
Shu bilan trematodalarning partenogoniya taraqqiyot bosqichi tugab, sistogoniya
taraqqiyot bosqichi boshlanadi. Bunda serkariylar suv o„tlariga va boshqa qattiq
substratlarga, ayrim hollarda suv yuzasida o„zining sistogenli bezlaridan ajralib chiqqan
yelimsimon modda bilan yopishib, yumaloq shaklga keladi va maxsus qobiqlarga
o„raladi, dumini yo„qotib, sista-adoleskariy hosil qiladi.
Adoleskariylar trematodalarning 5 - avlod lichinkasidir. Maritogoniya taraqqiyot
bosqichida o„tlarga yopishgan yoki suvdagi bunday yuqumli adoleskariylar asosiy
xo„jayinlar (barcha umurtqalilar, shu jumladan, barcha qishloq xo„jalik hayvonlari,
odamlar) organizmiga og„iz orqali tushgach, oshqozonda va ichakda ularning qobiqlari
yerib, ajralib chiqqan lichinkalar o„zlarining parazitlik qilish joylariga tushadi va asta-
sekin maritaga, ya‟ni voyaga yetgan trematodaga aylanadi. Bunday trematodalardan
suvga ajralib chiqqan tuxumlarda rivojlangan miratsidiylar yuqorida ko„rsatilgan
taraqqiyot bosqichlarini bosib o„tadi.
So„rg„ichlilar sinfidan odam va mahsuldor hayvonlarga ko„proq Fasciolata,
Paramphistomata,
Heterophyata,
Echinostomatata
va
Schistosomatata
kenja
turkumlarning vakillari katta ziyon yetkazadi.
Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari. Jigar qurtlari
Fasciolidae oilasiga kiradi. Jigar qurti odatda mayda va yirik shoxli mollarda, ba‟zan
boshqa hayvonlar va odamlarning jigarida hamda o„t yo„llarida parazitlik qiladi.
Dunyoda Fasciolidae oilasiga 8 ta tur kiradi. Respublikamizda chorva mollarida
fastciolalarning asosan 2 ta turi, ya‟ni oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) va gigant
jigar qurti (Fasciola gigantica) parazitlik qiladi.
Oddiy jigar qurti bargsimon shaklda bo„lib, voyaga yetganlarining tanasi 30–40
mm uzunlikka, eni esa 12–13 mm ga teng. Bunday fassiolalarning rangi kulrang va
biroz qo„ng„ir bo„lsa, jigar to„qimalarida parazitlik qiluvchi yosh trematodalar oq,
sutsimon ko„rinishga ega va ular tanasining uzunligi odatda 18–19 mm dan oshmaydi.
Gigant jigar qurtining tanasi bo„yiga cho„zilgan, eni esa qisqa bo„ladi. Ularning
jigar o„t yo„llarida parazitlik qiluvchi voyaga yetganlarining tana uzunligi 30 mm dan
70 mm gacha bo„lib, eni esa 6–11 mm. Jigar to„qimalarida parazitlik qiluvchi mazkur
turga oid yosh trematodalarning uzunligi 1–2 mm dan 30 mm gacha bo„lib, eni 0,2–5,0
mm ni tashkil qiladi. Ushbu trematoda oddiy jigar qurtiga nisbatan yuqori patogenli
hisoblanadi.
Fassiolalarning tuxumlari oval shaklida, sariq-tilla rangda bo„lib, bitta qutbida
qopqoqchasi mavjud. Oddiy jigar qurti tuxumlarining o„lchami 0,12–0,15 mm ga teng.
Gigant jigar qurtining tuxumlari esa biroz yirikroq bo„ladi.
Fassiolalar biogelmint bo„lib, ular asosiy va oraliq xo„jayinlar ishtirokida
rivojlanadi. Asosiy xo„jayin vazifasini o„txo„r sutemizuvchilar, oraliq xo„jayin
vazifasini esa Lymnaeidae oilasiga mansub chuchuk suv qorin oyoqli mollyuskalari
bajaradi. O„zbekistonda chuchuk suvlarda yashaydigan qorinoyoqli mollyuskalardan
kichik chuchuk suv shilliqqurti (Lymnaea truncatula) oddiy jigar qurtining oraliq
xo„jayini hisoblanadi. Gigant jigar qurtining oraliq xo„jayini doirasi esa ancha keng
bo„lib, uning rivojlanishi L. auricularia, L. bactriana, L. subdisjuncta va L. impura kabi
mollyuska turlari ishtirokida o„tadi. Ushbu turlarga oid mollyuskalar ko„pincha yer osti
suvidan paydo bo„lgan doimiy va vaqtinchalik suv havzalari (ko„llar, suv qochirish
kanallari, buloq suvlari)da tarqalgan. Ularni shuningdek, barcha sug„orish
shoxobchalarida ham yetarli darajada uchratish mumkin. Hozirgi vaqtda fasciolalarning
oraliq xo„jayinlari sifatida 18 turga kiruvchi chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari
aniqlangan.
Jigar qurti nihoyatda serpusht, bitta jigar qurti bir hafta davomida bir
milliontagacha tuxum qo„yishi mumkin. Tashqi muhitda qulay sharoit bo„Iganda 17–18
kunda usti mayda kiprikchalar bilan qoplangan, harakatchan lichinka–miratsidiy chiqadi
(21-rasm).
21-rasm. Oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) ning taraqqiyot sikli sxemasi:
1-jinsiy voyaga yetgan shakli (marita); 2-asosiy xo„jayinlari; 3-tuxum; 4-miratsidiy; 5-oraliq
xo„jayini-mollyuska; 6-sporotsista; 7-yosh rediy; 8-yetilgan rediy; 9-serkariy; 10-adoleskariy;
11-o„tga yopishgan adoleskariylar.
Miratsidiylar 2–3 kun suvda erkin suzib yuradi va keyingi rivojlanishi uchun
oraliq xo„jayini-qorinoyoqli mollyuskalarni topib, xartumi orqali mollyuska
chig„anog„ini teshadi va uning ichiga kiradi. So„ngra bu lichinkalar mollyuska jigariga
o„rnashib, kiprikli ustki qavatini tashlab, qopga o„xshash shaklga ega bo„lgan keyingi
lichinkalik davri - sporotsistaga aylanadi. Sporotsista ichidagi embrion hujayralari
partenogenez (otalanmasdan) yo„li bilan ko„payib, lichinkaning navbatdagi
generatsiyasi-rediylarni hosil qiladi. Rediyning kalta xaltaga o„xshash ichagi bo„ladi.
Bitta sporotsistada 10–15 ta rediylar yetiladi. Sporotsista yorilib, rediylar mollyuska
tanasiga chiqadi. Rediylar murakkabroq tuzilgan bo„lib, ularda og„iz, shoxlanmagan
to„g„ri ichak, ichki qismida esa tuxum (embrion) hujayralari bo„ladi. Bunday rediylar
sporosista po„stini yorib chiqib, mustaqil ravishda rivojlanishini davom ettiradi.
Rediylar mollyuska ichida 2–2,5 oy yashaydi. Cho„ziq shakldagi rediylar ham
partenogenetik yo„l bilan ko„payib, jigar qurtining navbatdagi lichinkalik davri –
serkariylarni hosil qiladi. Serkariylar rediylardan keskin farq qilib, ularning tanasi
tuxum shaklida, 2 ta so„rg„ichi, ya‟ni og„iz va qorin so„rg„ichi, 2 shoxchaga bo„lingan
o„rta ichagi, anchagina rivojlangan ayiruv organlar sistemasi, jinsiy organlar
boshlang„ichi va orqa uchida lichinkaga xos organ muskulli dumi bo„ladi. Serkariylar
ana shu dumi orqali suvda suzadi.
Demak, serkariylar ma‟lum darajada voyaga yetgan jigar qurtiga o„xshaydi.
Serkariylar rediy tanasidagi teshik orqali mollyuska tanasidan suvga chiqadi. Serkariylar
ham miratsidiylar singari oziqlanmaydi. Ma‟lum vaqt (24–48 soat) suvda suzib yurib,
1
10
4
3
7
8
6
11
9
5
2
so„ngra yumaloqlanadi, dumi tushib ketadi va o„zidan chiqqan po„stga, ya‟ni sistaga
o„ralib, adoleskariy deb ataladigan keyingi lichinkalik davriga aylanadi. Adoleskariylar
suv ustida suzib yuradi yoki ko„pincha suv o„tlariga yopishgan holda suv ostiga cho„kib,
uzoq vaqt tiriklik xususiyatini saqlab qoladi. Adoleskariy yuqumli (invazion) holat
hisoblanadi. Ular o„t va suv orqali asosiy xo„jayinlari (umurtqali hayvonlar yoki odam)
organizmiga o„tadi. Xo„jayini ichagida sistaning qobig„i eriydi, yosh parazit hayvonning
ichak devorlariga yopishib qon kapillyarlari orqali jigar o„t yo„llariga o„tadi va u yerda
jinsiy voyaga yetib, yuqoridagi hayot jarayoni yana takrorlanadi.
Shunday qilib, miratsidiyning mollyuska organizmiga kirib serkariyga
aylanishiga qadar 60–90 kun kerak bo„ladi. Partenogenetik yo„li bilan ko„payib, bitta
miratsidiydan 600–800 tagacha serkariylar yetishib chiqadi. Asosiy xo„jayini
organizmiga kirgan adoleskariylar 2,5–4 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi va ular asosiy
xo„jayinlar organizmida o„rtacha 10–12 oydan 3–5 yilgacha, ba‟zan esa 10 yildan ortiq
hayot kechiradi.
Fastciolalar O„zbekistonning barcha viloyatlarida uchrab, sug„oriladigan, tog„
oldi va tog„li hududlarida hamda suv havzalari mavjud bo„lgan yaylovlarda tarqalgan.
Oddiy jigar qurti zoogeografik belgilari bo„yicha kosmopolit tur hisoblanadi,
shunga ko„ra u barcha mamlakatlarda tarqalgan. Uning tur areali doirasida bir-biridan
morfologik va biologik xususiyatlari bilan farq qiluvchi populyatsiyalari mavjud
(yapon, amerika va avstraliya shakllari).
Gigant jigar qurti O„zbekistonning Xorazm viloyati va Qoraqalpog„iston
Respublikasidan tashqari barcha hududlarda tarqalgan.
Gigant jigar qurti kosmopolit emas, dunyoning faqatgina issiq iqlimli
mamlakatlarida tarqalgan. Ushbu tur fastsiola hozirgi paytda O„zbekistonning barcha
hududlarida uchraydi. U Qoraqalpog„iston Respublikasi va Xorazm viloyatida
fastsiolyozning yagona qo„zg„atuvchisi hisoblanadi. Boshqa viloyatlarda esa oddiy jigar
qurti bilan aralash holda uchraydi.
Jigar qurti keltirib chiqaradigan kasallik fastciolyoz deyiladi. Bu kasallik
qo„zg„atuvchilari ko„proq sersuv to„qayzorlarda, chuchuk suvlari ko„p bo„lgan
yaylovlarda keng tarqalgan. Ayniqsa, yaylovlarni almashtirmasdan kasal hayvonlarni
bir joyning o„zida uzoq vaqt boqilsa fassiolyoz keng tarqaladi. Chunki kasal hayvon o„z
tezagi bilan uzluksiz parazit tuxumlarini chiqarib turadi.
Jigar qurti asosan qon va jigar to„qimasi bilan oziqlanib, o„z xo„jayiniga katta
ziyon yetkazadi. Bu parazit jigardagi o„t yo„ilarida ohak to„planishi va uning bekilishi
tufayli jigarda og„ir kasallik tug„diradi. Hayvonlarning ishtahasi pasayib, ozib ketadi va
ichi o„tadi. Yosh mollarning o„sishi sekinlashadi, sigirlarning sut mahsuloti kamayadi.
Surunkali fastsiolyozda qoramolar va qo„ylarning jag„ ostida, ko„krak qismida shishlar
paydo bo„ladi. Ba‟zan bola tashlash ham kuzatilishi mumkin. Kasallik davolanmasa
o„lim bilan tugaydi.
Bu kasallik O„zbekistonda ham keng tarqalgan bo„lib, mahsuldor mollarning
35,9–65,5 % fassiolyoz bilan kasallangan.
Fassiolyoz barcha yoshdagi qishloq xo„jalik hayvonlarida parazitlik qiladi.
Hayvonlarning kasallanishi bahor oylaridan boshlanadi, yoz va kuzda fastciolalar bilan
zararlanish kuchayadi, qish oylarida ham davom etadi.
Fassiolyozning kechishi va uning klinik belgilari parazitlik qiladi-gan fastciolalar
soniga, yoshiga, turiga, hayvonning fiziologik holatiga, saqlanish va oziqalanish
sharoitiga bog„liq.
Fassiolyoz bilan kasallangan chorva mollarini davolash uchun ularga fassiolalarni
o„ldiradigan va ularni hayvon tanasidan haydab chiqaradigan dorilar (antigelmintlar)
beriladi. Shunday preparatlarga uglerod IV-xlorid, geksaxlorparaksilol, filiksan,
geksaxloretan, dertil «O», «B», geksixol, asemidofen, faskoverm, disalan, bitionol va
boshqalar kiradi. Hayvonlarga fastciolyoz yuqtirmaslik uchun, avvalo, yaylov va suv
manbalarida jigar qurti lichinkalarining tarqalishiga yo„l qo„ymaslik, fastciola
yuqishidan saqlash, tezaklarni zararsizlantirish, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini
tartibga solish, botqoqliklarni quritish, fastciola lichinkalari bilan zararlangan
mollyuskalarning biotoplarini mis kuporosi, dixlosalitsilanilid, ammiak selitrasi eritmasi
bilan ishlash, yaylovlarni almashtirish va boshqa chora-tadbirlarni ko„rish kerak.
Odamlar ham fastciolyoz bilan kasallanishi mutnkin. Bunda odamlar tasodifan
jigar qurtining ko„zga ko„rinmas lichinkalari (adoleskariylari) bor bo„lgan hovuz, ko„l
va xalqob suvlarni ichganda yoki har xil suv o„tlarini yuvmasdan iste‟mol qilganda
ularni o„zlariga yuqtiradi. Masalan, Fransiyaning Lion shahri yaqinida 500 dan ortiq
kishi fastciolyoz kasalligi bilan og„rigan. Olimlarning tekshirishicha, bu odamlar
botqoqlikda o„sadigan krestsalat o„tini iste‟mol qilib, kasallikni o„zlariga yuqtirganlar.
Umuman, odamlar bu kasallik bilan og„rimasligi uchun, avvalo, oqmaydigan suvni
qaynatmasdan ichmasliklari, suv va botqoqliklarda o„suvchi o„tlarni yaxshilab yuvib
iste‟mol qilishlari kerak. Kasallangan odamlar albatta, xlorksil preparati bilan
davolanishlari lozim.
Hamma so„rg„ichlilarning hayot sikli ham jigar qurtinikiga o„xshamaydi.
Ko„pchilik so„rg„ichlilar uchun suv shillig„i birinchi oraliq xo„jayin hisoblanadi.
Ularnnng suv shillig„i tanasidan chiqqan serkariy lichinkasi ikkinchi oraliq xo„jayin (har
xil mollyuskalar, baliqlar, itbaliq, suv hasharotlari lichinkalari va boshqa hayvonlar)
tanasiga o„tib, o„z rivojlanishini davom ettiradi. Serkariy ikkinchi oraliq xo„jayinda
dumini yo„qotib, yupqa tiniq po„st bilan o„raladi, ya‟ni sista hosil qiladi. Parazit bu
davrda metaserkariy deyiladi. Agar metatserkariyli hayvonni boshqa biror yirikroq
hayvon oziq bilan birga yeydigan bo„lsa, uning tanasida parazit voyaga yetadi.
Lantsetsimon ikki so„rg„ichlisi (Dicrocoelium lanceatum) ning tuzilishi va
biologik xususiyatlari. Lantsetsimon ikki so„rg„ichlisi ham jigar qurti kabi chorva
mollari va boshqa umurtqali hayvonlarda, ba‟zan esa odamlarning jigar va o„t
yo„llarida, o„t qopida parazitlik qiladi. Bu so„rg„ichlining tanasi jarrohlik
pichoqchasi(lantset)ga o„xshaganligi uchun lantsetsimon ikki so„rg„ichlisi deb ataladi.
Tanasi cho„ziq, uzunligi 5–15 mm keladi. So„rg„ichlari bir-biriga yaqin joylashgan.
Tuzilishi jihatidan jigar qurtiga o„xshasada, ayrim farqlari ham bor. Jumladan, ular
tanasining cheti bo„ylab joylashgan naysimon ko„rinishdagi ichaklari shoxlanmay
gavdasining oxirida ko„r o„simta bilan tugaydi. Yumaloq shakldagi 2 ta urug„doni qorin
so„rg„ichining orqasida, undan keyin bir dona yumaloq tuxumdoni joylashgan.
Lantsetsimon ikki so„rg„ichlining rivojlanish siklida uchta xo„jayin qatnashadi.
Asosiy xo„jayini har xil umurtqali hayvonlar va ba‟zan odam, birinchi oraliq xo„jayini
quruqlikda yashovchi Xeropicta avlodiga mansub qorinoyoqli mollyuskalar va
qo„shimcha, ya‟ni ikkinchi oraliq xo„jayini Formica va Proformica avlodlariga mansub
chumolilar hisoblanadi (22-rasm).
22-rasm. Lantsetsimon ikki so„rg„ichlisi (Dicrocoelium lanceatum)ning tuzilishi va taraqqiyot
sikli: 1-voyaga yetgan shakli; 2-asosiy xo„jayinlari; 3-tuxumi; 4-birinchi oraliq xo„jayini va 5-9-
lichinkalik taraqqiyoti (5-miratsidiy; 6-7-sporosistalar; 8-serkariy; 9-serkariy tugunchalari); 10-
ikkinchi oraliq xo„jayin-chumoli; 11-metatserkariy.
Jinsiy voyaga yetgan trematodalar jigarning o„t yo„llari va o„t qopiga tuxum
qo„yadi. Tuxum o„t suyuqligi bilan 12-barmoqli ichakka tushib, hayvon tezagiga
aralashib tashqariga chiqadi. Uning tuxumi ichida yetilgan miratsidiy bo„lib, u tuxum
qobig„idan tashqariga chiqolmaydi va uni tuxum bilan birgalikda mollyuska yutadi.
Uning ichagida tuxumdan yetilgan miratsidiy jigarga o„tib, onalik sporotsistaga,
keyinchalik qiz sporotsistaga, ulardan dumli serkariylar paydo bo„ladi. Serkariylar
yetilgandan keyin mollyuska o„pkasiga o„tadi va u yerdan nafas yo„llariga keladi.
Mollyuskaning nafas yo„llarida serkariylar 100–300 nusxadan to„planib, shilliq
tugunchalar hosil qiladi. Bu tugunchalar mollyuskalarning nafas yo„llari orqali
tashqariga chiqib, o„simlik va boshqa narsalarga yopishib qoladi.
Parazit lichinkalarining mollyuska tanasida rivojlanishi 82 kundan 6 oygacha
davom etadi.
Ikkinchi oraliq xo„jayini – chumoli serkariylari bor shilliq qopchalarni, ya‟ni
to„plam sistalarni yeb, ularni o„zlariga yuqtiradi. Chumolilar organizmida 26–62 kundan
keyin serkariylar metaserkariylarga aylanadi. Asosiy xo„jayinlari (chorva mollari va
boshqa umurtqali hayvonlar) suv va o„simliklar bilan birga zararlangan chumolilarni
yutib yuborish orqali parazitlarni o„zlariga yuqtiradi. Odam ham xuddi shu yo„l bilan
1
11
10
9
8
7
6
3
5
4
9
2
zararlanishi mumkin. Asosiy xo„jayini organizmiga o„tgan metaserkariylar jigar va o„t
yo„llarida taraqqiy etib, 1,5–3 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi.
Nashtarsimon ikki so„rg„ichlilar keltirib chiqaradigan kasallik dikrotselioz
deyiladi. Bu kasallik chorva mollari o„rtasida deyarli hamma joyda uchraydi.
O„zbekistonda ham bu parazit deyarli barcha viloyatlarida (Xorazm viloyati va
Qoraqolpog„iston Respublikasidan tashqari) qayd etilgan.
Respublikamizda chorva mollarning dikroselioz bilan kasallanishi ko„pincha tog„
va tog„oldi mintaqalarida kuzatiladi. Chunki bu mintaqalarning iqlim sharoitlari oraliq
xo„jayinlarning yashashi va ko„payishi uchun qulaydir. Bunday joylarda katta yoshdagi
qo„ylar dikroselioz bilan 93 % gacha, 1–2 yoshdagi qo„ylar esa – 87 % gacha va bir
yoshgacha bo„lgan qo„zilar - 66 % gacha kasallanganligi kuzatilgan. Birinchi oraliq
xo„jayini – mollyuskalarning parazit lichinkalari bilan zararlanish darajasi 5-5,8 % ni
tashkil qiladi. Lansetsimon ikki so„rg„ichlarning ikkinchi, ya‟ni qo„shimcha xo„jayini-
chumolilarning zararlanish darajasi 28-43 % ni tashkil qilib, ayrim chumolilarda
metaserkariylar soni 250 tagacha boradi. Bitta qo„y jigaridagi parazitning soni 50
mingtagacha borishi mumkin, bunday paytda kasallik og„irlashib hayvonni hatto
o„limga olib keladi.
Dikroseliyning tuxumlari tashqi muhit ta‟sirlariga ancha chidamli. Tezak ichida
bo„lgan tuxum hayotchanligini bir yilgacha saqlab qolishi mumkin. 23°C dan -50°C
gacha bo„lgan sovuqqa bir necha soatdan bir kungacha chidashi mumkin. Dikroseliozda
kasallik belgilari uncha xarakterli emas. Hayvon kuchli zararlanganda (10-15 ming
nusxa) oriqlash, ko„krak sohasida shishlar paydo bo„lishi, ovqat hazm qilish
jarayonining buzilishi va mahsuldorlik pasayishi, ayrim hollarda hatto o„lim bo„lishi
kuzatiladi.
Dikroseliozni davolash va uning oldini olish uchun avvalo, kasal-langan chorva
mollarni geksaxlor-paraksilol, geksixol, fevendazol, getolin va boshqa dorilar bilan
degelmintizatsiya qilinadi. Yosh mollarni dikrotseliy tarqalgan yaylovlarda boqmaslik,
vaqti - vaqti bilan yaylovlarni almashtirib turish va oraliq xo„jayinlariga qarshi kurash
chora - tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Dikroseliylar fastsiolalarga nisbatan antgelmintiklarga ancha chidamli, shu
sababli hayvonlar bir oy ichida qayta gijjasizlantiriladi.
Dikroseliozning kuchli, tor doiradagi o„chog„larini kuz oylarida shudgor qilib
tashlash va donli ekinlar ekish maqsadga muvofiqdir.
Hayvonlar orasida o„lim kuzatilsa, ularni bog„lab boqishga o„tish yoki
yaylovlarni almashtirish zarur. Bu vaqtda kasallangan hayvonlarni davolash maqsadida
majburiy gijjasizlantirish o„tkaziladi. Kasallik belgilari qayta namoyon bo„lsa,
gijjasizlantirish takroriy o„tkaziladi.
Dikroselioz bo„yicha nosog„lom bo„lgan xo„jaliklarda hayvonlar rejali asosda
yiliga ikki marta-noyabr va dekabr-yanvar oylarida gijjasizlantiriladi.
Qo„y qo„ralari va molxonalarda maxsus go„ng saqlaydigan joylar tashkil qilish va
ularni dala maydonlariga faqat biotermik usulda qayta ishlangandan so„ng chiqarish
zarur.
Dostları ilə paylaş: |