KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma’- naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini yaxshi tasavvur qilamiz”. Demak, bugungi kun o‘qituvchisi o‘z ustida tinimsiz mehnat qiladigan, har tomonlama keng fikrlaydigan, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali qo‘llay oladigan ijodkor shaxsga, yoshlarning yuragiga chuqur kirib boradigan yuksak fazilatlar egasiga aylanishini hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan, hozirgi kunda o‘qituvchining pedagogik mahoratini yanada oshirish muammosi davr talabidir.
Demokratik huquqiy jamiyat qurish jarayonida o‘qituvchining o‘rni, vazifalari yosh avlodni tarbiyalash ishiga javobgarligi muhim ahamiyatga ega. Olib borilayotgan islohotlarning ijobiy natijalar berishini yetuk va malakali mutaxassislar ta’minlaydi. Ularni voyaga etkazish, ta’lim–tarbiya berish, o‘qituvchiga yuklatilgan talablarning kun sayin ortib borishi, ularni hal etish vazifasi o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z pedagogik mehnati jarayonida qator ta’lim– tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. U avvalo ta’lim muassasalari o‘quv jarayonining asosiy tashkilotchisi.
O‘qituvchi ta’lim – tarbiya jarayonida hamda darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchilarning porloq kelajagi uchun javobgar shaxsdir. Ushbu ulkan mas’uliyat ijobiy natijalar berishi uchun o‘qituvchi, avvalo, o‘zining pedagogik mahoratiga tayanadi. Pedagogik mahorat shunday bir malakalar yig‘indisidirki, uning natijasi o‘qituvchi mehnatida va o‘quvchilar xulqi, odobi, tarbiyasida, kelajakda yetuk mutaxassis kadr bo‘lib yetishishida o‘z aksini topadi.
Pedagog faoliyatini ilmiy tashkil etish birinchi navbatda o‘zining ijodiy imkoniyatlariga ishonish demekdir. O‘qituvchi ta’lim jarayonini to‘la tasavvur etishi kerak, uning, qonuniyatlarini, bolani bilish imkoniyatlrin yaxshi anglashi kerak.